Bizning ma’lumotlarimiz: “Uzum market” MChJ, TIN 309376127.
Transport kompaniyasi keltirganda tovarni olib qoluvchi bilan aloqaga chiqish uchun telefon raqami haqida ma'lumotni shaxsiy kabinetning veb-saytidagi biznesni qo'llab-quvvatlash chatidan so'rash mumkin.
Diqqat! Tovarlarni omborga yetkazib berishda quyidagi talablarning bajarilishini nazarda tutuvchi tezkor tekshiruv o'tkaziladi:
Bitta qabul qilish va topshirish dalolatnomasida ko'rsatilgan tovarlar bir qutiga joylashtirilgan;
Qabul qilish dalolatnomasi ikki nusxada chop etilgan va imzolangan - biri qutining ichida, ikkinchisi qutining yon tomoniga yopishtirilgan perfo-faylda;
Qabul qilish va topshirish dalolatnomasida 35 tadan ko'p bo'lmagan SKU turlari kiritilgan bo'lishi kerak;
Tovar va idishlar toza bo'lishi, mahsulotlar changdan tozalangan bo'lishi kerak. Ombor steril hudud hisoblanadi.
6.6 Tovarlarni tayyorlash markazi
Tovarlarni tayyorlash markazi manzili:
O’zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Mirobod tumani, Yangi Qo’yliq ko’chasi, 22.
Geolokatsiya va "UZUM" yozuvli belgisiga e'tibor bering
TTMga tovarlar har kuni soat 09:00 dan 21:00 gacha qabul qilinadi
Hamkorlarimiz e'tiborni eng muhim narsaga - o'z mahsulotlarini yaxshilashga qaratishlari uchun biz o'zimizning Tovarlarni tayyorlash markazimizni (TTM) yaratdik. Markaz tez, samarali va minimal haq evaziga quyidagi vazifalarni bajaradi:
Tovarlarni tekshirish va sifat nazorati;
Brifga muvofiq mahsulotni qadoqlash;
Shtrix-kod va teglarni joylashtirish/yopishtirish;
Tovarlarni qabul qilish uchun barcha kerakli hujjatlarni tayyorlash, schyot-fakturani yaratish;
Tovarlarni omborga topshirish;
Ombordan olib chiqish, xatoli tovarlarni tekshirish va tuzatish;
Mahsulot yorlig'ini joylashtirish (mahsulotlarga QR kodingizni yopishtirish).
Do'stlaringiz bilan baham: |