V bob. Mexanika sexini rejalashtirishda hisoblarni bajarish


Download 82.83 Kb.
bet1/9
Sana09.02.2023
Hajmi82.83 Kb.
#1182048
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
5 MAVZU

V BOB. MEXANIKA SEXINI REJALASHTIRISHDA HISOBLARNI BAJARISH




5.1. Ishlab chiqarish taktini aniqlash




Detallarga mexanik ishlov berish texnologik jarayonini loyihalashda (oqimli, oqim bo‘yicha-ommaviy, oqim bo‘yicha-seriyali ishlab chiqarish uchun) oqim liniyasi uchun detallarni tayyorlash takti, yani liniyada detallarni tayyorlash vaqti aniqlanishi kerak.
Oqimli-ommaviy ishlab chiqarishda detallarni ishlab chiqarish takti ti.ch ning qiymati quyidagicha aniqlanadi:


, min (5.1)

bu yerda Fd.x.v- bir dastgohning 1 smenada yil davomida ishlashining haqiqiy vaqt fondi, soatda (kelgusida to‘liq ko‘rib chiqiladi);
m- ish smenalari soni;
D- ushbu liniyada yil davomida ishlov beriladigan bir xil turdagi detallar soni.
Oqim bo‘yicha – seriyali ishlab chiqarishda dastgohlarning yetarli yuklanishini ta’minlash maqsadida bir necha xil o‘lchamli va shakli turli xil bo‘lgan detallarga ishlov beriladi. Bunda dastgohning bir xil turdagi detalga ishlov berishdan boshqasiga qayta sozlash uncha murakkab emas yoki umuman talab etilmaydi. Bu holda bunday detallar guruhiga almashuvchi partiya bilan ishlov beriladi. Ishni bunday tamoyil bo‘yicha tashkil qilish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
1. Konstruktiv va texnologik belgilari bo‘yicha va detallarni guruhlarga ajratish.
2. Bir turdagi detallar guruhi uchun o‘ziga xos texnologik jarayon ishlab chiqish.
3. Alohida jarayon uchun o‘ziga xos texnologik moslama ishlab chiqish, u holda bunday liniya uchun ishlab chiqarish takti quyidagicha aniqlanadi:


, min, (5.2)


bu yerda D1, D2, . . .Dp – ushbu liniyada yil davomida ishlov beriladigan turli detallar soni;
ks-liniyani bir turdagi detalga ishlov berilganidan so‘ng ikkinchi turdagi detalga ishlov berish uchun qayta sozlashga sarflangan vaqtni hisobga oluvchi koyeffitsiyent (taxminan ks ≈ 0,95).



Download 82.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling