V bob. Mexanika sexini rejalashtirishda hisoblarni bajarish


Oqim bo‘yicha yig‘ish liniyasida ish o‘rnilarini hisoblash


Download 82.83 Kb.
bet7/9
Sana09.02.2023
Hajmi82.83 Kb.
#1182048
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
5 MAVZU

5.4. Oqim bo‘yicha yig‘ish liniyasida ish o‘rnilarini hisoblash


Oqim bo‘yicha yig‘ish liniyasida ish o‘rnilarini har bir yig‘ish operatsiyasi uchun uning mazmuni, donabay vaqt td va ishlab chiqarish taktiga ti.ch asosan quyidagi formula yordamida hisoblanadi:




, (5.28)

bu yerda -yig‘ish joyidagi ishchilarning hisobiy soni;


I- ushbu ish o‘rnidagi ishchilar soni.
Yig‘ishdagi ish joylari kasrli son bo‘lsa, u eng yaqin katta butun songa yaxlitlanadi.
Bitta ish o‘rnida yig‘uvchilar soni ko‘paysa ish o‘rinlari soni va oqim bo‘yicha liniya uzunligi kamayadi.
Konveyerda yig‘ishni bajarish uchun konveyerning tezligini va turini aniqlash kerak. Konveyerning hisobiy tezligi quyidagicha aniqlanadi:

, (5.29)

bu yerda -konveyer qadami, u ikkita yig‘ilayotgan mahsulotlarning o‘qlari orasidagi masofaga teng, mm:



bu yerda -yig‘ilayotgan mashsulotning siljish yo‘nalishi bo‘yicha gabarit uzunligi, mm;
- yig‘ilayotgan mahsulotlar orasidagi masofa, mm.
Bu masofa yig‘ishni qulayligini ta’minlashi kerak.
To‘xtovsiz harakatlanuvchi konveyerlarda tezlik katta gabaritli buyumlar uchun (avtomobil, traktor) 0,5-5,5 mGʻmin va o‘rtacha o‘lchamli qismlar, apparatlar, priborlar uchun 0,3-1,5 mGʻmin bo‘ladi.
Agar hisobiy tezlik x ko‘rsatilgan tezliklardan katta bo‘lsa, ishni ikki yoki undan ortiq parallel konveyerlarda yig‘ish taktiga mos ravishda tashkil qilish kerak.
Agar hisobiy tezlik ko‘rsatilgan tezliklardan kichik bo‘lsa, yig‘ishni davriy harakatlanuvchi konveyerda bajarish kerak. Yig‘ishdagi ish o‘rnini bir tekis yuklanishini ta’minlash uchun yig‘uvchi operatsiyaning miqdori tanlangan yig‘ish taktiga mos kelishi bilan, ya’ni yuklanish koyeffitsiyenti orqali aniqlanadi:


, (5.30)

bu yerda M»yig- yig‘ish joyidagi ishchilarning hisobiy soni;


Myig-qabul qilingan ishchilarning hisobiy soni.
Davriy harakatlanuvchi konveyerda bajariladigan operatsiyalar uchun ish o‘rnilari soni, konveyerdagi yig‘ilayotgan buyumni siljishiga ketgan qo‘shimcha ts vaqtni hisobga olib aniqlanadi, chunki siljish ish o‘rnidagi hamma operatsiyalar bajarilgandan keyin amalga oshadi,
, (5.31)

mahsulotning siljish vaqti siljish tezligi Vs ga bog‘liq: . Uzun konveyerlarda og‘ir mahsulotlar yig‘ishda siljish tezligi 5mGʻmin, mayda mahsulotlar va qismlar uchun 15-20 mGʻmin gacha bo‘ladi.


Konveyerda umumiy ish o‘rinlari soni quyidagi formula yordamida aniqlanadi:


, (5.32)

bu yerda n-konveyerdagi yig‘ish operatsiyalari soni, bunga nazorat operatsiyasi ham qo‘shiladi;


Mrez – rezerv postlar soni, ular mahsulotni modernizatsiya qilish jarayonida kerak bo‘ladi va u ning 5-10% ini tashkil qiladi.
Uncha katta bo‘lmagan yig‘ma birliklari uchun oqim bo‘yicha liniya qo‘llanilmaydi. Bu holda yig‘ish uchun kerakli ish o‘rnilari quyidagi formula bilan yordamida aniqlanadi:

, (5.33)

bu yerda Tyig – mahsulotni yig‘ishning ish hajmi, min;


N-ishlab chiqarishni yillik dasturi;
-ish o‘rnining bir yildagi samarali vaqt fondi, soat;
I-bitta ish o‘rnidagi ishchilar soni.



Download 82.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling