V bob. Mexanika sexini rejalashtirishda hisoblarni bajarish


Uzluksiz ishlovchi liniyadagi dastgohlar sonini aniqlash


Download 82.83 Kb.
bet4/9
Sana09.02.2023
Hajmi82.83 Kb.
#1182048
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
5 MAVZU

5.3. Uzluksiz ishlovchi liniyadagi dastgohlar sonini aniqlash


Ishlab chiqarishning oqim bo‘yicha usuli, asosan, ommaviy va yirik seriyali ishlab chiqarishlar uchun o‘ziga xosdir. Ishlov berish uchun jihozlar yoki yig‘ish uchun ish joylari texnologik jarayon ketma-ketligi bo‘yicha joylashtiriladi. Operatsiyalar vaqti detalni ishlab chiqarish taktiga moslashtiriladi.


Ommaviy ishlab chiqarishda bir predmetli to‘xtovsiz ishlovchi oqim bo‘yicha liniya xarakterlidir. Seriyali ishlab chiqarishda o‘zgaruvchan-oqimli yoki ko‘p predmetli guruhli oqimli liniyalar qo‘llaniladi. O‘zgaruvchan-oqimli va ko‘p predmetli guruhli oqimli liniyalarning farqi, ularning birinchisi boshqa detalni tayyorlashga o‘tganda, qayta sozlanadi va ishlab chiqarish takti har xil detal uchun har xil bo‘ladi, ikkinchisi esa liniyada bir vaqtni o‘zida yoki ketma - ket har xil detallar tayyorlanadi yoki yig‘iladi va qayta sozlanmaydi, ya’ni ishlab chiqarish takti bir xil qoladi yoki o‘zgaradi.
Oqim bo‘yicha liniya mexanizatsiyalashgan yoki avtomatlashgan bo‘lishi mumkin.
Avtomatlashgan liniyada avtomatik jihozlarda ishlov berish yoki yig‘ish mexanizatsiyalashgan bo‘ladi, ya’ni uning tarkibiga avtomatlashgan pozitsiya va ishchi o‘rni kiradi.
Uzluksiz – oqim bo‘yicha liniyadagi dastgohlar soni har bir operatsiya uchun aniqlanadi (avtomatlashgan liniyada har bir o‘rin uchun). Bunda dastgohlarning hisobiy soni quyidagicha aniqlanadi:


, (5.23)

bu yerda - donabay vaqt (dastgoh hajmi) min., u quyidagilarning yig‘indisidan iborat bo‘ladi:


,
bu yerda -asosiy vaqt;
-operatsiyani bajarishdagi yordamchi vaqt (o‘rnatish, mahkamlash, keskichni yaqinlashtirish, uzoqlashtirish, detalni yechish uchun sarflangan vaqt);
- ish joyiga texnik xizmat qilish vaqti (bitta detal uchun) (keskichni aylantirish, sozlash, moslash va boshqalar);
- ish joyiga tashkiliy xizmat qilish vaqti (dastgohning ishga tayyorlash, tozalash, moylash, kesuvchi asbobni olish va boshqa);
- belgilangan reglament bo‘yicha dam olish vaqti;
- liniyadagi detal yoki buyumni ishlab chiqarish takti, min.
Amalda texnik me’yorlash quyidagi formula bilan ham aniqlanadi:


, (5.24)

bu yerda -operativ vaqtga nisbatan yo‘qotilgan vaqt foizi;


- operativ vaqt.
-donabay vaqtning qolgan tashkil etuvchi vaqtlarni foizlarda ifodalaydi.
kattaligi dastgohlarni sozlash murakkabligiga qarab operativ vaqtning 6-10% atrofida, avtomatlashgan liniyalar uchun 18% gacha bo‘ladi.
ni olingan qiymati eng yaqin katta songacha yaxlitlanadi, ya’ni, bunda berilgan operatsiya uchun hisobiy dastgohlar soni Sx aniqlanadi.
6.1-jadval

Download 82.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling