V sinf tarix fanidan savol-javoblar tarixiy manbalar 1


– BUYUK DAHOLAR KASHFIYOTLARI


Download 97.14 Kb.
bet21/38
Sana05.11.2023
Hajmi97.14 Kb.
#1749287
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   38
Bog'liq
5-sinf tarixdan hikoyalar savol-javob

28 – BUYUK DAHOLAR KASHFIYOTLARI

  1. Yevropada ilm-fan nechanchi asrdan taraqqiy eta boshlaydi? XVI asrdan

  2. Nikolay Kopernik qayerlik olim bo’lgan? Polshalik

  3. Jordano Bruno va Galileo Galileylar qayerlik olimlar bo’lgan? Italiyalik

  4. Grek olimi Ptolomey qanday qoidani fanga kiritgan? Yer – olam markazidir

  5. Ptolomey nechanchi asrda yashagan? Milodiy II asrda

  6. Ptolomey qoidasini xato ekanligini birinchi bo’lib kim isbotlagan? Nikolay Kopernik

  7. Nikolay Kopernik necha yil kuzatishlar olib borgan? 30 yil

  8. Qaysi olim yer bir sutkada o’z o’qi atrofida bir marta, bir yilda esa Quyosh atrofida bir marta aylanib chiqishini isbotlab bergan? Nikolay Kopernik

  9. Olamning markazi Quyosh ekanligini qaysi olim isbotlab bergan? Nikolay Kopernik

  10. Nokolay Kopernikning astronomiyaga oid asari qaysi? “Osmon jismlarini aylanishi haqida”

  11. Qaysi olimning fikricha, olam cheksizdir. Olam son-sanoqsiz yulduzlardan iborat. Ularning har biri Yerdan ancha uzoqda joylashgan Quyoshdir? Jordano Bruno

  12. Jordano Bruno nechanchi yilda ruhoniylar tomonidan gulhanda kuydiriladi? 1600-yilda

  13. Osmon jismlarini birinchi bo’lib o’zi yaratdan teleskopda kuzatgan olim kim? Galileo Galiley

  14. Galileo Galiley nechanchi yilda ruhoniylar taqibiga uchraydi? 1633-yilda

29 – TURKISTON MA’RIFATPARVARLARI

  1. Ta’lim va tarbiya orqali kishilarning bilimi va onggini oshirish yo’lida qilinadigan harakat nima deyiladi? Ma’rifat

  2. Yurtimizda ma’rifatparvarlik harakati qachon vujudga keladi? XIX asr oxiri XX asr boshlarida

  3. Yurtimizda ma’rifatparvarlik harakati qanday nom olgan? Jadidchilik harakati

  4. “Jadid” so’zining ma’nosi nima? Arabcha, yangi, yangilik tarafdori

  5. Turkiston jadidchilik harakatining yirik namoyondalari kimlar? M.Behbudiy, Abdulla Avloniy, Munavvar Qiri Abdurashidxonov

  6. M.Behbudiy nechanchi yilda tavallud topgan? 1875-yilda

  7. M.Behbudiy qayerda tavallud topgan? Samarqandda

  8. M.Behbudiy tomonidan chiqarilgan darsliklar qaysilar? “Savod chiqarish kitobi”, “Qisqacha umumiy geografiya”, “Aholi gegrafiyasiga kirish”, “Islom tarixi”

  9. M.Behbudiyning sahna asari qaysi? “Padarkush”

  10. M.Behbudiy qanday nomdagi gazeta chiqargan? “Samarqand”

  11. M.Behbudiy qanday nomdagi jurnal chiqargan? “Oyna”

  12. Zamon ilmi va fanidan bebahra xalq boshqalarga poymol bo’lur. Bu fikr kimga tegishli? M.Behbudiy

  13. A.Avloniy nechanchi yilda tavallud topgan? 1878-yilda

  14. A.Avloniy qayerda tavallud topgan? Toshkentda

  15. A.Avloniy qaysi tillarni yaxshi bilgan? Arab, fors, rus

  16. A.Avloniy qaysi fandan dars bergan? Ona tili va adabiyot

  17. A.Avloniy qanday nomdagi darsliklarni yozgan? “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”. “Turkiy guliston yoxud axloq”

  18. A.Avloniy qanday nomdagi teatr jamoasini tuzgan? “Turon”

  19. A.Avloniyning “Teatr” jamoasida Behbudiyning qaysi asari sahnalashtirilgan? “Padarkush”

  20. Munavvar Qori Abdurashidxonov nechanchi yilda tug’ilgan? 1878-yilda

  21. Munavvar Qori Abdurashidxonov qaysi shaharda tug’ilgan? Toshkentda

  22. Munavvar Qori Abdurashidxonov qachon yangi usul maktabini tashkil etadi? 1901-yilda

  23. Munavvar Qori Abdurashidxonov qanday nomdagi darsliklarni yaratgan? “Tovush chiqarib o’qish usuli”, “O’qish kitobi”, “Yer yuzi” (Geografiya), “Islom tarixi”

  24. Munavvar Qori Abdurashidxonov nechanchi yilda otib tashlanadi? 1931-yilda

  25. Toshkentda “Shahidlar hotirasi” yodgorligi qachon ochiladi? 2000-yilda

  26. Toshkentda “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyi qachon barpo etilgan? 2002-yilda

  27. Ziyoli bu – ma’rifat, ilm tarqatuvchi

  28. Boshqa davlatga qaram mamlakat nima deyiladi? Mustamlaka

  29. Erkin fikrlovchi kishilarni quvg’in qilish, jismonan yo’q qilish nima deyiladi? Qatag’on


Download 97.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling