V sinf tarix fanidan savol-javoblar tarixiy manbalar 1


– ALOQA VOSITALARINING IXTIRO ETILISHI


Download 97.14 Kb.
bet18/38
Sana05.11.2023
Hajmi97.14 Kb.
#1749287
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   38
Bog'liq
5-sinf tarixdan hikoyalar savol-javob

24 – ALOQA VOSITALARINING IXTIRO ETILISHI

  1. Telegraf birinchi bo’lib nechanchi yilda yaratilgan? 1832-yilda

  2. Telegraf birinchi bo’lib kim tomonidan yaratilgan? Rus olimi P.Shilling

  3. P.Shilling yaratgan qurilma ma’lumotlarni qanday ko’rinishda uzatgan? Nuqta va tire (chiziq)

  4. Kim birinchi bo’lib foydalaniladigan maxsus alifbosi bo’lgan telegrafni yaratgan? Amerikalik olim S. Morze

  5. Birinchi bo’lib foydalaniladigan maxsus alifbosi bo’lgan telegraf nechanchi yilda yaratgan? 1837 yilda 10

  6. S. Morze yaratgan alifbo tarixga qanday nom bilan kirgan? Morze alifbosi

  7. Hozirgi kunda Morze alifbosidan nimada foydalaniladi? Dengiz halokati ro’y berganligi haqidagi xabarni berish chog’ida

  8. Dengiz halokati ro’y berganligini anglatuvchi belgi qaysi? “SOS”

  9. Dastlabki telefon apparatini kim yaratgan? A.Bell

  10. Dastlanki telefon apparati nechanchi yilda yaratilgan?1876-yilda

  11. A. Bell qayerda tug’ilgan? Angliyada. Amerikada yashagan

  12. Dunyoda birinchi rafioni kim yaratgan? A.S. Popov

  13. Dastlabki radio qaysi shaharda namoyish qilinadi? Peterburgda

  14. A.S.Popov dastlab radio to’lqinini necha metrga yetkazadi? 250 metrga. 45 km, nihoyat 150 km ga yetkazadi

  15. Radio to’lqini sekundiga necha km tezlikda harakatlanadi? 300 ming km

  16. “Faks” so’zining ma’nosi nima? “Bajar”

  17. “Radio” so’zining ma’nosi nima? “Tarqataman”

25 – MAKTAB ILM-O’CHOG’I

  1. “Maktab” so’zining ma’nosi nima? Arabcha, O’qish joyi

  2. “Pedagog” so’zining ma’nosi nima? “Bola yetaklovchi kishi”

  3. “Pedagog” so’zi qaysi tildan olingan? Grekcha

  4. Ilk maktablar qaysi davlatlarda tashkil topgan? Misr, Bobil, Xitoy, Hindiston, Yevropada Gretsiya va Rimda

  5. Dastlabki maktablar qanday joylatda faoliyat ko’rsatgan? Ibodatxonalarda

  6. Bolalarni yoshiga qarab sinflarga bo’lib o’qitish va dars mashg’ulotlarini jadval asosida tashkil etish nechanchi asrda va kim tomonidan amalga oshirilgan? XVII asrda Yan Komenskiy

  7. Yan Komenskiy qayerlik bo’lgan? Chexiyalik

  8. Yurtimizda arab alifbosi nechanchi asrda joriy etilgan? VIII asrda

  9. Yurtimizda tashkil etilgan dastlabki ta’lim-tarbiya maskanlari nima deyilgan? Maktabxona

  10. Yurtimizda o’g’il bolalar uchun dastlabki maktabxonalar qanday joylarda tashkil etilgan? Masjidlarda, qiz bolalarniki esa ayol muallimalarning uyida

  11. Yutimizda dastlabki maktabxonalarda o’g’il bolalarni o’qitadigan muallimlar nima deyilgan? Domla

  12. Yutimizda dastlabki maktabxonalarda qiz bolalarni o’qitadigan muallimalar nima deyilgan? Otinoyi yoki otinbibi

  13. Yurtimizda dastlabki maktabxonalarga bolalar necha yoshdan qabul qilingan? 5-6, ba’zan 6-8 yoshdan

  14. Yurtimizda dastlabki maktabxonalarda o’qish necha yil davom etgan? 5-8 yil

  15. Yurtimizda dastlab madrasalarda kimlar tayyorlangan? Davlat boshqaruvi xizmatchilari va diniy ulamolar

  16. Yurtimizdagi dastlabki madrasa nechanchi asrda ochilgan? X asrda

  17. Yuritmizdagi dstlabki madrasa qaysi shaharda ochilgan? Buxoroda

  18. Yurtimizdagi dastlabki madrasalarda o’qish necha yil davom etgan? Talabalarning iqtidoriga qarab 7-12 yil

  19. Xorazmshohlar davlatini nechta sulola boshqargan? To’rtta

  20. Xorazmda ma’muniylar sulolasi hukm surgan davr? 995-1017-yillar

  21. Xorazmda ma’muniylar sulolasining so’nggi hukmdori kim bo’lgan? Ma’mun ibn Ma’mun

  22. Ma’mun ibn Ma’mun qanday nomdagi ilm-fan markaziga asos soladi? “Dorul hikma va maorif”

  23. “Dorul hikma va maorif”ga nechanchi yilda asos solinadi? 1004-yilda

  24. “Dorul hikma va maorif” yana qanday nom bilan yuritiladi? Ma’mun akademiyasi

  25. Ma’mun akademiyasi allomalarining shiori qanday bo’lgan? “Ilm – insonlar hojatini chiqarmoqlikka xizmat qilsin”

  26. Ma’mun akademiyasi necha yil faoliyat ko’rsatgan? 14 yil

  27. Ma’mun akademiyasi nechanchi yilda o’z faoliyatini to’xtatgan? 1017-yilda

  28. O’zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimovning Xorazm Ma’mun akademiyasini qaytadan tashkil etish to’g’risidagi farmoni nechanchi yilda e’lon qilinadi? 1997-yilda

  29. Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi nechanchi yilda nishonlanadi? 2006-yilda

  30. Mashxur olimlar to’planadigan ilm-fan markazi nima deyiladi? Akademiya

  31. Ilm-fanning bir necha sohasini to’la egallagan shaxs nima deyiladi? Alloma

  32. Dunyo haqidagi bilimlar yig’indisi nima deyiladi? Fan


Download 97.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling