В. Umurzakov, G. Abdurahmanova, S. Xolmuratov
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
cover MexSot Kaf 10.KORXONADA KADRLAR SIYOSATI 10ta
Dastlabki ma’lumotlar
Metall konstruksiyalarni ishlab chiqarish va sotish bilan Shug‘ullanuvchi kompaniya bozorda olti yildan buyon faoliyat yuritmoqda. Tarkibida: bosh ofis (37 kishi), ishlab chiqarish inshootlari (490 kishi), omborxona (26 kishi), yirik shaharlardagi kompaniyaning 5 ta filiali (39 kishi) mavjud. Kompaniya yuqori sur’atlar bilan rivojlanmoqda, ishlab chiqarish miqdori o‘sgan sayin personal xarajatlari ham oshib bormoqda. Bir vaqtning o‘zida so‘nggi yarim yil davomida sotish bo‘limining xodimlari va boshqaruvning o‘rta bo‘g‘inidagi menejerlarning qo‘nimsizligi oshishi kuzatila boshladi (tegishlicha 23 foizdan 46 foizgacha). Rahbariyat bu vaziyatdan xavotirda edi: korxonadan ketganlar raqobatdagi kompaniyalarga ishga joylashdilar. Personalni boshqarish tizimi auditini o‘tkazish yuzasidan qaror qabul qilindi. Shu jumladan, personalni baholash tizimi ham tahlil qilindi. Natijada quyidagilar aniqlandi: 1. Tashkilot rahbariyati e’lon qilinayotgan kadrlar siyosati doirasida baholashni personalni boshqarish tizimining bir qismi hisoblagan, ammo uning boshqa qismlari bilan bog‘liqligini aniq ko‘rsatmagan. 2. Kadrlar xizmati rahbar xodimlar va mutaxassislarni amaldagi qoidalar asosida attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etgan. Kadrlar xizmati boshlig‘i yangi baholash texnologiyalarini o‘zlashtirishga intilmaydigan iste’fodagi harbiy kishi edi. U attestatsiya to‘g‘risida namunaviy qoidani (hujjatni) tayyorlagan va shunga asosan 48 personalni baholash o‘tkazilgan. 3. Attestatsiya to‘g‘risidagi qoidalar, uning natijalari, rahbar va mutaxassislar so‘rovini tahlil qilish davomida baholash jarayoni rasmiylashtirildi va ish jarayonining mehnattalabligi aniqlandi. 4. Tarkibiy bo‘linma rahbarlari ularning baholovchilarga qaratilgan tavsiyalariga e’tibor bermaganligiga ishonch hosil qilib, attestatsiya jarayoni bevosita ish jarayonidan alohida deb hisoblay boshlaganlar. Ularning attestatsiya qilish maqsadi - faqat bo‘ysunuvchi xodimlar bo‘yicha hisobda yanglishishni ko‘rsatishdan iborat. Ular, o‘z navbatida, attestatsiyadan ijobiy natija ola olmay, mavjud personalning har bir toifasi uchun faoliyatni alohida baholash mezonlari ishlab chiqilmagan deb, xulosa chiqardilar. Attestatsiya ish haqi, malakani oshirish va karera oshishi uchun emas, balki navbatdagi «tanbeh» uchun qo‘llanilgan, degan xulosaga kelindi. 2. «SWOT-tahlil» korxonaning mavjud ichki va tashqi imkoniyatlaridagi kuchli, zaif tomonlari, bo‘lajak zaxiralari, xavf-xatarlar va sezilarli taxdidlardan kelib chiqib tayyorlanuvchi strategik rejalashtirish uslubi. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling