В. Umurzakov, G. Abdurahmanova, S. Xolmuratov


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/105
Sana16.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1501066
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   105
Bog'liq
cover MexSot Kaf 10.KORXONADA KADRLAR SIYOSATI 10ta

 
TASDIQLAYMAN 
Korxona direktori
Imzo_______ 
Sana___________ 
 
1.7. Korxonada rahbar kadrlar zaxirasi bilan ishlash to‘g‘risidagi nizom 
1. Umumiy qoidalar 
1.1. Rahbar kadrlar zahrasini shakllantirish va u bilan muntazam ishlashni 
tashkil etish korxona kadrlar siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. 
1.2. Zaxirani shakllantirishning asosiy maqsadi boshqaruv ishlari uchun va Shu 
asosda korxonani boshqarish tizimining izchilligi, uzluksizligi, boshqaruv 
samaradorligini oshirish, Shuningdek uning barqaror rivojlanishi uchun tayyorlangan 
xodimlar guruhini shakllantirishdan iborat. 


54 
Zaxirani yaratish maqsadlari quyidagilardan iborat: 
xodimni yangi lavozimga moslashtirish muddatini ixchamlashtirish; 
xodimlarda korxona va uning jamoa a’zolariga nisbatan sadoqat tuyg‘ularini
shakllantirish va mustahkamlash; 
avlodlar 
o‘rtasidagi 
munosabatlarda 
nizolarsiz, 
bosqichma-bosqich 
o‘zgarishlarni amalga oshirib borish, natijada korxonadagi an’analar, urf-odatlar
innovatsion texnologiyalarga intilish va jamoa madaniyatini saqlab qolish. 
1.3. Zaxira bilan ishlashning asosiy tamoyillari quyidagilardan tashkil topadi: 
yuksak professional daraja, ishchanlik harakatlari, shaxsiy fazilatlar va yoshiga 
doir zaxira tarkibidagi nomzodlarga ko‘rsatilgan talablarga mosligi; 
zaxira tarkibidagi nomzodlarning zamonaviy sharoitlarda boshqaruv faoliyatiga 
tayyorgarligi, kasbiy, ishchan, shaxsiy fazilatlarni atroflicha o‘rganish va 
baholashning xolisonaligi; 
nomzodlarni zaxira tarkibiga kiritishda kollegiallik va oshkoralik, mehnat 
jamoasining fikrini hisobga olish; 
ishning uzluksizligi va zaxira bilan ishlash jarayonini nazorat qilishning 
muntazamligi; 
zaxiradagilarni faol holatga keltirish; 
real va qobiliyatli zaxirani tayyorlash uchun rahbar va uning o‘rinbosarlari 
mas’uliyatliligi; 
turli sabablarga, Shu jumladan, jinsi, millati, dini, oilaviy sharoitiga ko‘ra 
zaxiradagilarni kamsitishga yo‘l qo‘yilmaslik. 
1.4. Korxonada rahbar kadrlar zaxirasi bilan ishlash to‘g‘risidagi nizom rahbar 
kadrlar zaxirasi bilan ishlashning o‘ziga xos asosiy tarkibiy elementlari, tartibi va 
izchilligini belgilaydi.
1.5. Rahbar kadrlar zaxirasi o‘z kasbiy darajasi, ishchanligi va shaxsiy fazilatlari 
bilan eng yuqori darajali vakant rahbarlik lavozimlarini egallashga qodir, maxsus 
shakllangan va tayyorlangan xodimlar guruhidir. 


55 

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling