В. Umurzakov, G. Abdurahmanova, S. Xolmuratov
Zaxiraning tuzilishi, tarkibi va manbalari
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
cover MexSot Kaf 10.KORXONADA KADRLAR SIYOSATI 10ta
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Zaxirani shakllantirish bosqichlari.
3. Zaxiraning tuzilishi, tarkibi va manbalari.
3.1. Zaxiraning tuzilishi korxona tuzilishiga muvofiqlashgan holda belgilanadi 57 va korxonaning kadrlar reestriga (nomenklaturasiga) kiritilgan lavozimlardan tashkil topadi. Kadrlar reestriga asosan korxona rahbari tomonidan tasdiqlanuvchi o‘zgartirish uchun zaxira tashkil etiladigan lavozimlar ro‘yxati tuziladi. 3.2. Zaxirani aniq lavozimlarga yoki bir xil lavozim guruhlariga shakllantirish manbalarini korxona rahbari (yoki uning o‘rinbosarlari), tarkibiy bo‘linmalar boshliqlari, shuningdek, kadrlar xizmati boshliqlari belgilaydi. Korxonadagi zaxira mutaxassis va rahbarlari sonidan, shuningdek, boshqa tashkilotlardagi boshqaruvning quyi, o‘rta va yuqori bo‘g‘in lavozimlaridan shakllanadi. 3.3. Zaxira quyidagilar uchun shakllanishi mumkin: muayyan rahbarlik lavozimiga; bir xil darajadagi bo‘g‘in rahbarlik lavozimlariga; boshqaruv tizimining bir xil darajadagi lavozimlariga. 3.4. Korxona kadrlar reestrining rahbarlik lavozimlariga bo‘lgan zaxira nomzodlar mavjudligidan kelib chiqib, odatda, eng kamida ikki nomzoddan iborat yetib belgilanadi. 3.5. Zaxiraga nomzodlar bo‘yicha takliflar korxona tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari, boshqa mansabdor shaxslar, attestatsiya komissiyasi tomonidan yozma shaklida kadrlar xizmatiga kiritiladi. Ushbu xujjatlar ishlab chiqarish faoliyati, ishbilarmonlik faolligi natijalari, shaxsiy fazilatlarni ish sharoitida namoyon etish xususiyatlari, Shuningdek zaxiraga nomzodning anketa ma’lumotlari aks ettirilgan bevosita rahbar tomonidan tayyorlangan ishlab chiqarish bo‘linmalari (xizmatlari) tavsifnomasini o‘z ichiga oladi. Zaxira tarkibiga kiritish to‘g‘risidagi takliflar xodimlar tomonidan ham kiritilishi mumkin. 4. Zaxirani shakllantirish bosqichlari. 4.1. Kadrlar zaxirasi bilan ishlash uchta asosiy blokdan iborat: kadrlar zaxirasini shakllantirish; 58 zaxiraga kiruvchi xodimlarni taxmin qilingan lavozimda ishga tayyorlash; xodimni mavjud vakant yuqori lavozimlarga tayinlash. 4.2. Bu ish bloklari, o‘z navbatida, quyidagi bosqichlarga bo‘linadi. bosqich – korxona rahbari tomonidan kadrlar reestrini tuzish to‘g‘risida qarorni qabul qilish va unga asosan lavozimlar ro‘yxatini nomma-nom shakllantirish to‘g‘risida, ularni o‘zgartirish uchun zaxira tuziladi. Bu bosqichda rahbarlar tarkibida mumkin bo‘lgan o‘zgartirishlarni prognoz qilish, rahbarlik lavozimlarining zaxira bilan ta’minlanganligini aniqlash o‘z ichiga oladigan zaxiraga bo‘lgan talab tahlil qilinadi. Bunday tahlilning natijasi zaxiraga bo‘lgan kasbiy va malakaviy talabni aniqlashdir. II bosqich – rahbarlik lavozimlariga zaxira tarkibiga nomzodlarning malakaviy va shaxsiy xususiyatlarga taalluqli bo‘lgan dastlabki (majburiy, minimal) maqbul talablarni ishlab chiqish. III bosqich – zaxira manbalarini aniqlash, turli shakl, usullardan foydalanish asosida dastlabki zaxirani ko‘rsatish va shakllantirish hamda uni tanlov komissiyasiga taqdim etish. IV bosqich – zaxira tarkibiga eng yaxshi nomzodlarni tayinlash to‘g‘risidagi qaror tanlov komissiyasi tomonidan baholanishi va qabul qilinishi. V bosqich – individual professional rivojlanish dasturi asosida (mustaqil o‘qish) rejalangan, eng yuqori rahbarlik lavozimni egallash uchun rahbar kadrlar zaxirasini o‘qitishni tashkil etish. VI bosqich – zaxiradagilarni eng yuqori darajadagi vakant lavozimga tayinlash. 4.3. Zaxira tarkibiga nomzodlarni saralash va tanlab olish bosqichiga ko‘ra zaxiradagi shaxslar dastlabki va qat’iy zaxiraga ajratiladi. Dastlabki zaxira zaxiraga kiritish uchun tanlovda ishtirok etishi uchun ko‘rsatilgan xodimlar tarkibidir. Qat’iy zaxira – bu zaxiraga kiritish uchun tanlov komissiyasi tomonidan tavsiya qilingan va korxona rahbari qarori bilan zaxira tarkibiga kiritilgan xodimlar tarkibi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling