В. Umurzakov, G. Abdurahmanova, S. Xolmuratov
Tajribadan misol. Birinchi voqea
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
cover MexSot Kaf 10.KORXONADA KADRLAR SIYOSATI 10ta
Tajribadan misol. Birinchi voqea Aholi uchun keng iste’mol mollarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan 50 mas’uliyati cheklangan jamiyati mahsulot assortimentini doimo kengaytirgan holda faoliyat yuritib kelmoqda. Korxonaning rivojlanish imiji, maosh miqdorining oshib borishi sezilarli darajada, ammo kadrlar qo‘nimsizligi so‘nggi paytlarda ko‘paydi, quyi va o‘rta bo‘g‘in menejerlari xodimlarning katta qismini tashkil etadi. Korxona rahbariyatini bu muammo xavotirga solmoqda, chunki menejerlarning tez-tez o‘zgarib turishi oddiy personalning ish sifatiga salbiy ta’sir eta boshladi. Top-menejerlar rahbar kadrlar zaxirasi bilan ishlash muammosi bo‘yicha maxsus yig‘ilishda to‘plandilar. Muammolar bo‘yicha menejerlarga berilgan savollar quyidagicha: Korxonaning rahbar xodimlarida mavjud asosiy muammolar nimalardan iborat? Sizning fikringizcha, rahbar kadrlar zaxirasi o‘zi nima? Rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish korxona kadrlar siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadimi? Rahbar kadrlar zaxirasini yaratish maqsadlari qanday? Zaxira bilan ishlashning eng muhim prinsiplari nimalardan iborat? Korxonaning maqsad va strategiyalari, tashqi va ichki muhitidan kelib chiqib, birinchi navbatda qaysi lavozimlarga zaxira tayyorlash kerak? Zaxira bilan ishlash va uni tashkil etish hamda tezkor ishlashi uchun javobgarlikni kimning zimmasiga yuklash kerak? Zaxiraning tuzilishi qanday bo‘lishi kerak va uning asosida nima bo‘ladi? Muayyan lavozimlarga zaxirani shakllantirish manbalari qanday? Zaxira qanday lavozimlar uchun shakllanishi mumkin? Rahbarlik lavozimlariga qancha zaxira xodim tayyorlanishi kerak? Zaxiraga nomzodlar bo‘yicha takliflarni kim kiritishi mumkin? Turli boshqaruv darajalarida yuqori lavozimlarga da’vogar bo‘lishi uchun xodimlar qanday fazilatlarga ega bo‘lishlari lozim? 51 Zaxira qanday shakllanishi kerak, uni shakllashtirishning asosiy bosqichlari nimalardan iborat? Zaxiradagi shaxs qanday huquqlarga ega bo‘lishi kerak? Zaxiradagilarning rejalashtirilgan lavozimini egallashga tayyorgarlik darajasini qanday aniqlash mumkin? Zaxirani tayyorlashning asosiy shakllari qanday? Nomzod xodim zaxira tarkibida qancha vaqtgacha bo‘lishi mumkin? Rahbar kadrlar zaxirasi bilan ishlash kim nazorat qiladi? Rahbar kadrlar zaxirasi bilan ishlash tartibi va izchilligini qaysi hujjatlarda belgilash kerak? Ular kerakmi o‘zi? Bundan keyin, korxonaning kadrlar bo‘limi rahbar kadrlar zaxirasiga bag‘ishlangan kadrlar siyosati to‘g‘risidagi hujjat bilan tanishib, muhokamaga tayyorlandi. Uni quyida keltiramiz. “Rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish” kadrlar siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Zaxirani shakllantirishning asosiy maqsadi boshqaruv ishlari uchun va Shu asosda korxonani boshqarishning izchilligi, uzluksizligi, samaradorligini belgilash, Shuningdek, uning barqaror rivojlanishi uchun tayyorlangan xodimlar guruhini shakllantirishdan iborat. Rahbar kadrlar zaxirasi o‘z professional, ishchanlik va shaxsiy fazilatlari bilan eng yuqori darajali bo‘sh rahbarlik lavozimlarini egallashga qodir, maxsus shakllangan va tayyorlangan xodimlar guruhidir. Zaxirani tuzish maqsadi quyidagilardan iborat: xodimni yangi lavozimga moslashtirish muddatini ixchamlashtirish; korxona xodimlari orasida sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish; avlodlar o‘rtasida ziddiyatning asta-sekin o‘zgarishi, buning natijasida korxonadagi ishlab chiqarish texnologiyalari va madaniyatni saqlash imkoni bo‘ladi. Korxonaning strategiyasi ichki kadrlar hisobiga rahbar kadrlar zaxirasini tayyorlashga qaratilgan. Korxonaning rahbari zaxira bilan ishlash uchun shaxsiy javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi, zaxira bilan ishlashni tashkil etish rahbarning o‘rinbosarlaridan 52 biriga topshiriladi. Aniq lavozim yoki ba’zi lavozim guruhlariga zaxirani shakllantirish manbalarini korxona rahbari (uning o‘rinbosarlari), tarkibiy bo‘linma boshliqlari, Shu jumladan, kadrlar xizmati boshlig‘i belgilaydi. Korxonadagi zaxira mutaxassis va rahbarlar sonidan, Shuningdek boshqa korxonalardagi boshqaruv xodimlarining quyi, o‘rta va yuqori bo‘g‘in lavozimlari hisobidan shakllanadi. Xodimlarning lavozim o‘sishi istiqbollariga qarab zaxira tezkor va strategik mo‘ljallarga bo‘linishi mumkin. Tezkor zaxirada rivojlanish salohiyati kamroq bo‘lgan va lavozim o‘sishi cheklangan xodimlar shakllantiriladi. Strategik mo‘ljalga esa istiqbolda rivojlanish salohiyatiga ega bo‘lgan zaxiradagi xodimlar kiradi. Zaxira tarkibi, rejalashtirilgan lavozimni egallashga tayyorgarlik darajasiga ko‘ra, shartli ravishda uch turga bo‘linishi mumkin: tayyor mutaxassis, istiqbolli mutaxassis va maxsus lavozimlar uchun mutaxassis. Kadrlar xizmati zaxiradagilarning keyingi ta’lim tizimini ishlab chiqadi. Korxonada zaxiradagilardan doimiy rivojlanishga qaratilgan yuqori darajali manfaatini saqlab qolish uchun muayyan choralar ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim. Xodimlar faol zaxira tarkibidan, odatda,chiqarilmaydi, balki muayyan lavozimga faol zaxira bo‘lish muddati ishchan, maqsadga muvofiqligi, unga kiritilgan shaxslarni mansab pog‘onalaridan ko‘tarish va ma’lum yoshga erishish istiqbollari bilan belgilanadi. Zaxiradan qat’iy chiqarish harakatlari uchun asoslar quyidagicha: – zaxirada bo‘lgan shaxsni intizomiy, ma’muriy va axloqiy javobgarlikka tortish; – attestatsiya komissiyasining xodim egallab turgan lavozimiga mos emasligi to‘g‘risidagi xulosasi; – egallab turgan lavozim bo‘yicha ishining qoniqarsiz natijalari; – ishdan bo‘shatish, mansabli (xizmat) ishga o‘tish va zaxirada qolish imkonini bermaydigan boshqa holatlar. Xodimni zaxira tarkibidan chiqarish to‘g‘risidagi qaror korxona rahbari yoki 53 uning oliy kollegial organi – ishlab chiqarish va texnologik kengash, kengash, pedagogik kengash va h. (ko‘pchilik ovozi bilan) tomonidan qabul qilinadi. Zaxira bilan ishlashni nazorat qilish doimiy ravishda amalga oshiriladi va korxonaning kollegial organi yig‘ilishida korxona rahbarining o‘rinbosari, kadrlar xizmati rahbari, tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari tomonidan tayyorlangan hisobotlarni tinglash yoki zaxira bilan ishlash to‘g‘risidagi analitik xatlar shaklida har yili jamoaga e’lon qilib boriladi». Korxonaning kadrlar siyosati to‘g‘risidagi hujjatda rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish to‘g‘risida bo‘limiga asosan kadrlar xizmati zaxira bilan ishlash to‘g‘risida alohida nizomni tayyorlaydi. (Hujjatdan parchalar keltiramiz.) Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling