В. Umurzakov, G. Abdurahmanova, S. Xolmuratov


 Zaxira bilan ishlashni tashkil etish


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/105
Sana16.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1501066
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   105
Bog'liq
cover MexSot Kaf 10.KORXONADA KADRLAR SIYOSATI 10ta

2. Zaxira bilan ishlashni tashkil etish.
2.1. Zaxiradagi kadrlar bilan ishlash, uning sifat tarkibi va foydalanish 
samaradorligiga shaxsiy javobgarlikni korxona rahbari o‘z zimmasiga oladi. 
Zaxira bilan ishlashni tashkil etish rahbar o‘rinbosarlaridan biriga topshiriladi. 
2.2. O‘z kasbiy darajasi, ishchanligi va shaxsiy fazilatlari bilan rahbarlik lavozimlarini 
egallashga qodir nomzodlarni tanlash bo‘yicha ishni korxonadagi rahbar kadrlar zaxirasini 
shakllantirish bo‘yicha tadbirlarni tanlov komissiyasi olib boradi. Tanlov komissiyasini 
tuzish, ishlash va hay’at tarkibi korxona rahbarining qarori bilan belgilanadi. Tanlov 
komissiyasining tarkibiga korxonadagi rahbar xodimlar va yuqori malakali 
mutaxassislar kiradi. Tanlov komissiyasining soni besh kishidan kam bo‘lmasligi lozim. 
Komissiyaning a’zolari qabul qilinuvchi qarorning xolisonaligi va axborotni sir tutish
uchun javobgar. Tanlov komissiyasi raisi kadrlar bilan ishlashni tashkil etish uchun 
korxona rahbarining o‘rinbosari yetib tayinlanadi, raisning o‘rinbosari esa korxona
kadrlar xizmatining rahbari bo‘lishi shart. Tanlov komissiyasi yig‘ilishilarning 
davriyligi zaxirani yangilash zaruriyatini hisobga olib, kadrlar xizmati rahbarining 
taklifiga binoan belgilanadi. Tanlov komissiyasining yig‘ilishlari tarkibdagi 
a’zolardan uchdan ikki qismi hozir bo‘lganida o‘tkaziladi. 
Tanlov komissiyasi faoliyatining tashkiliy-texnik jihatlari kadrlar xizmati 
hisobidan amalga oshiriladi. 
2.3. Kadrlar xizmati korxonadagi personalga tezkor rahbarlik qiladi va zaxira 
bilan bevosita doimiy ishlaydi, shu jumladan: 
zaxirani shakllantirish bo‘yicha barcha joriy ishni rejalashtiradi va tashkil etadi;
rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish bo‘yicha tanlov komissiyasining ishini 
tashkillashtiradi; 
zaxiradagilarni ro‘yxatga olish yoki ro‘yxatdan chiqarish, Shuningdek yangi 
lavozimga taklif qilish to‘g‘risida takliflarni kiritadi; 
zaxira bilan ishlash bo‘yicha tadbirlar rejalarining bajarilishini nazorat qiladi va 
muvofiqlashtiradi; 


56 
zaxiraga olingan shaxslarning mehnat faoliyati natijalarini tahlil qilib boradi va 
baholaydi; 
zaxiradagi shaxslarni o‘qitish, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, stajyorlikni 
tashkil qilish va hokazo professional rivojlanish shakllari, tashkiliy tadbirlarni amalga 
oshiradi; 
zaxira bilan ishlash bo‘yicha korxonaning barcha bo‘linmalar rahbarlari kadrlar
xizmatiga tashkiliy-metodik yordam ko‘rsatadi; 
zaxirada bo‘lgan shaxslarni tayyorlash jarayonini va natijalarini aks ettiruvchi 
hujjatlarni yuritish, rasmiylashtirish, hisobga olishni amalga oshiradi, tegishli 
ma’lumotlar bazasini shakllantiradi va olib boradi; 
zaxira bilan ishlash tashkiliy samaradorligini oshirishga qaratilgan ijtimoiy, 
ruhiy va boshqa tadqiqotlarni tashkil etadi hamda ularning o‘tkazilishida bevosita 
ishtirok etadi; 
zaxira bilan ishlashni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi; 
zarur hollarda direktorning zaxira ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risidagi qarorini 
xodimlarga ma’lum qiladi; 
zaxira bilan ishlash bo‘yicha boshqa rahbarlik qiluvchi hujjatlarda ko‘zda 
tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 
2.4. Korxona tarkibiy bo‘linmasining rahbari:
kadrlar zaxirasiga bo‘lajak nomzodlarni tanlab olishda bevosita ishtirok etadi; 
o‘z bo‘linmasida zaxira bilan ishlashni tashkil etish va uning tayyorgarligiga 
javob beradi; 
zaxiradagilarni kasbiy rivojlantirish (mustaqil o‘qish) bo‘yicha shaxsiy rejalarni 
tuzishda ishtirok etadi; 
tarkibiy bo‘linmada zaxiradagilarning stajyorlik faoliyatini tashkil yetib, nazorat 
qilib boradi. 

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling