В. Umurzakov, G. Abdurahmanova, S. Xolmuratov


 Kadrlar siyosatini shakllantirish yo‘llari


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/105
Sana16.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1501066
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   105
Bog'liq
cover MexSot Kaf 10.KORXONADA KADRLAR SIYOSATI 10ta

2.4. Kadrlar siyosatini shakllantirish yo‘llari 
Kadrlar siyosati tashkilotning tegishli rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi. 
Amalda kadrlar siyosati tashkiliy, iqtisodiy, ma’muriy-huquqiy, ijtimoiy-
psixologik tadbirlar, rejalar, kadrlar dasturi, mavzuli dasturlar (personalni baholash, 
firmada ta’lim, personal mehnat faoliyatini motivatsiyalash va rag‘batlantirish, 
murabbiylik va yosh mutaxassislarni ijtimoiy moslaShuvi, xodimlar mehnat 
sharoitlarini maqbullashtirish va hokazo), me’yor, usul va qoidalar, personal-
texnologiyalar, xodimlarni boshqarishning turli usullari va personal monitoringi tizimi 
orqali amalga oshiriladi.
6
Turli darajadagi rahbarlarning, ular tomonidan bo‘ysunuvchilar bilan mehnat 
munosabatlari jarayonida qo‘llanuvchi iqtisodiy, ma’muriy va hokazo vakolatlari
kadrlar siyosatini amalga oshirish vositasi hisoblanadi.
Kadrlar siyosatida amalga oshiriladigan tadbirlarning samaradorligini aniqlash 
maqsadida ularning monitoringini amalga oshirish kerak. Ichki va tashqi omillar 
o‘zgarganda tashkilot rahbari tashkilotda inqiroz holatining oldini olish uchun tegishli 
rahbarlar oldiga inqirozga qarshi kadrlar dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha vazifani 
o‘z vaqtida qo‘yishi shart. Ular kadrlar siyosatini amalga oshirishdagi muvaffaqiyatni 
ta’minlash uchun kutilayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar va 
inqiroz hodisalarini bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar tizimini o‘z ichiga oluvchi 
alohida vaziyatli rejalarini ishlab chiqishi zarur. 
1-amaliy topshiriq 
Bir nechta tashkilotlarning kadrlar siyosati xususiyatlarini tahlil qiling (quyida 
kadrlar siyosatini shakllantiruvchi bir qator xujjatlar keltirilgan). Kadrlar siyosati 
to‘g‘risidagi xujjatlar tuzilishiga, ularning amal qilish muddatlariga, muhim 
yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘yilgan vazifalarni hal qilish usullariga e’tibor bering.
6
Шекшня С. В. Управление персоналом современной организации. – М.: ЗАО «Бизнес-школа «Интел-Синтез»», 
2007. – 336 с. 


74 

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling