В. Umurzakov, G. Abdurahmanova, S. Xolmuratov


Samarali mehnat tizimini yaratish


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/105
Sana16.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1501066
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   105
Bog'liq
cover MexSot Kaf 10.KORXONADA KADRLAR SIYOSATI 10ta

Samarali mehnat tizimini yaratish har bir xodimning rejalashtirilgan o‘z 
shaxsiy mehnat faoliyatiga bevosita va barqaror qiziqishining natijaviyligini 
ta’minlash va rejaga nisbatan natijaning o‘sishiga olib keladi. Kompaniyaning asosiy 
tarkibiy qismlaridan biri xodimlarni ruhlantirish uchun pul mukofotini joriy etish 
mexanizmidir. Pul mukofoti tizimining asosiy tamoyili – teng mehnat uchun teng 
to‘lov degan ma’noni anglatadi, ya’ni lavozimining qiyinligi va muhimlik darajasi 
asosida, bir xil mehnat faoliyati natijasiga ko‘ra, oylik maosh xodimlar o‘rtasida teng 
taqsimlanadi.
Kompaniyada pul mukofoti bilan taqdirlash ikki qismdan iborat:
doimiy kafolat asosida (maoshdan) va o‘zgaruvchan qismi, kompaniya va uning 
bo‘limlarida xodim mehnat faoliyatining natijaviyligiga asosan. Ish xaqi xodimning 
xar yili bajargan ishining natijasi asosida xodimning lavozimi va razryadiga qarab 
belgilanadi. Har bir xodim ishining samarasiga qarab, o‘zi uchun kafolatlangan 
mukofotni oshirish imkoniyatigi ega.
Maoshning o‘zgaruvchan qismi rag‘batlantirish hisoblanib, yillik bonus sifatida 
rahbarlar uchun kompaniya (kompaniya moliyaviy ko‘rsatkichlari foydaliligi asosida 
butun kompaniya mehnat samaradorligi natijasiga qarab), har chorakda o‘rta bo‘g‘in 
boshqaruvchilari, bo‘lim mutaxassislari va hokazo xodimlar uchun pul mukofotlari yil 
oxiridagi hisobot asosida belgilanadi. O‘z ishining natijaviyligini hisobot qiluvchi 
ayrim xodimlar uchun o‘zgaruvchan qismi shaxsiy faoliyati samaradorligini oshirish 
bilan bog‘liq.
Kompaniyada tashkiliy tartibni yaratish va saqlash kompaniyaning 
strategik maqsadlariga erishishning asosiy shartlaridan biri bo‘lgan tashkiliy tartib 
qoidaning shakllanishi uchun eng muhim shart-sharoitlardan biri, bu xodimlar 
tomonidan o‘z xizmat vazifalarini sitqidildan bajarishi, boshqaruvchilarning qo‘l 
ostidagi xodimlarga talabchanligi, xodimlarning mehnat va ishlab chiqarish 


79 
intizomiga so‘zsiz rioya etishi, rahbarlari tomonidan berilgan farmoyishlar va mehnat 
topshiriqlarini so‘zsiz bajarishi natijasidir.  
Xodimlar o‘z vazifalarini nizomda ko‘rsatilgan qoidalarga rioya etgan xolda 
sitqidildan bajarsalar, nizomda ko‘rsatilgan qoidalar asosida rahbarlar ham o‘z 
ishlariga mas’uliyat bilan yondashsalar va qabul qilingan qarorlar natijalari nazorat 
qilinsagina, kompaniya faoliyatini birgalikda tashkillashtirish samarasini ko‘rish 
mumkin.
Ishlab chiqarish qoidalari kompaniya faoliyatini olib borishning ichki tartib 
qoidalari va axloqiy standartlari orqali boshqariladi. Xulqi, majburiyatlari, huquq va 
vazifalari esa Kodeks orqali belgilanadi.
Agar tashkiliy tartib kompaniyaning asosiy faoliyatini belgilab bersa, xodimlar 
tomonidan yo‘l qo‘yilgan xar qanday xato ham tegishli jazo, iqtisodiy va ma’muriy 
chora, hattoki xodimning ishdan olinishiga olib keladi.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling