В. Umurzakov, G. Abdurahmanova, S. Xolmuratov
Kompaniyada xodimlarni o‘qitish va malakasini oshirish tizimini yaratish
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
cover MexSot Kaf 10.KORXONADA KADRLAR SIYOSATI 10ta
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korxonaning kadrlar siyosatini ishlab chiqish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar: 1. Korxonaning kadrlar siyosatini ishlab chiqish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar
Kompaniyada xodimlarni o‘qitish va malakasini oshirish tizimini yaratish
va rivojlantirish kompaniya xodimlarining doimo o‘z ustida ishlashlari va malaka oshirishlari asosida tashkil etiladi. Bu jarayonda ichki korporativ o‘qitishga asosiy urg‘u beriladi: ish paytida o‘qitish, murabbiylik, seminar va treninglar o‘tkazish. Xodimlarning o‘z malakasini oshirish istagi, kompaniya rahbariyati tomonidan ma’naviy va moddiy qo‘llab-quvvatlanishi, kompaniya faoliyati uchun foydali bo‘lgan bilimni xodimlarga o‘rgatish uchun ketadigan sarf xarajatlar to‘liq to‘lanishi kerak. Kompaniya korporativ madaniyatini shakllantirish va mustahkamlash. Kompaniya xodimlarining xizmatga ishonchini oshiruvchi turli tadbirlarning o‘tkazilishi xodimlar o‘rtasida korporativ madaniyatning vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Kompaniyada ham tashqi, ham ichki ijobiy imijning yaratilishi, jamoada ijtimoiy tabaqalaShuv vujudga kelishining oldini oladi. Kadrlar siyosatini samarali amalga oshirish uchun asosiy javobgarlik yaqin filiallari va rahbar kadrlar bilan yaqin munosabatlarga asoslanadi. 80 Korxonaning kadrlar siyosatini ishlab chiqish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar: 1. Korxonaning kadrlar siyosatini ishlab chiqish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar (bundan keyin – Uslubiy tavsiyalar), umumiy tavsifga ega bo‘lmagan va ish joyidagi haqiqiy vaziyatni inobatga olgan xolda islohotlar jarayonida ishlab chikilgan korxonaning xodimlar (kadrlar) tarkibini boshqarish uchun ehtimoliy yechimlarni o‘z ichiga oladi. 2. “Xodimlarni boshqarish” tushunchasi ikki asosiy jihatdan iborat: xususiy va tashkiliy. Xususiy boshqaruv tushunchasi quyidagi muhim elementlarga asoslanadi: umumiy strategiyani aniqlash; korxona ehtiyojlarini xodimlarning mavjud imkoniyatlarini hisobga olgan holda rejalashtirish; jalb etish, tanlash va xodimlarni baholash; kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash; rag‘batlantirish tizimi (faoliyatini boshqarish); mustaqil kadrlar tayyorlash; ishni tashkillashtirish, Shu jumladan, ish o‘rinlarini belgilash ular o‘rtasidagi funksional va texnologik bog‘liqliklar ish bajarilishining davomiliygi va mazmuni, mexnat shartlari; ish haqi va ijtimoiy xizmatlar siyosati; kadrlar xarajatlarini boshqarish. 3. Kadrlarni birgalikda boshqarishga munosabat, barcha ishchi xodimlar va kompaniyaning barcha bo‘linmalarini o‘z ichiga oladi. 4. Kadrlarni boshqarish strategiyasini shakllantirishda rahbariyat tomonidan qabul qilingan korxona faoliyati strategiyasi qoidalarini hisobga olish tavsiya etiladi. Kadrlar boshqaruvi maqsadlarini aniqlash, ya’ni kadrlar boshqaruvi sohasidagi qarorlarni qabul qilishda iqtisodiy jihatlarni (xodimlarni boshqarishning qabul qilingan strategiyasi), hamda xodimlarning ehtiyoj va manfaatlarini (mehnatga 81 layoqatli ish haqi, qoniqarli mehnat sharoitlari, xodimlarning qobiliyatlarini rivojlantirish va amalga oshirish uchun imkoniyatlar va hokazolarni) hisobga olish. Kadrlar ishi mafkurasi va tamoyillarini shakllantirish, ya’ni kadrlar ishi mafkurasi hujjat shaklida aks ettirilishi va korxona boshlig‘idan boshlanib, korxonaning barcha tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari tomonidan kundalik ishlarda qo‘llanilishi kerak. Ushbu hujjat korxona xodimlari bilan ishlashda me’yoriy-huquqiy me’yorlarga ega bo‘lmagan axloqiy majmua bo‘lishi kerak. Korxona xodimlarining mafkurasi korxonaning rivojlanishi va tashqi shartlarining o‘zgarishlariga ko‘ra aniqlanishi mumkin. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling