В. Umurzakov, G. Abdurahmanova, S. Xolmuratov
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
cover MexSot Kaf 10.KORXONADA KADRLAR SIYOSATI 10ta
«Shodlik» kompaniyasi kadrlar siyosatining asosiy qoidalari Umumiy qoidalar Kadrlar siyosati personalni boshqarishning uzoq muddatli strategiyasi, uning asosiy maqsadi kompaniyaning kerakli sifat va miqdordagi mehnat resurslariga ehtiyojini to‘liq va zamonaviy shakllarda qondirishdan iborat. 2019- yil uchun kadrlar siyosatining asosiy vazifalari: - kompaniyadagi asosiy tarkibiy bo‘linmalardagi kadrlar sonini optimallashtirish va barqarorligini ta’minlash; - kompaniya xodimlarini rag‘batlantirishning samarali tizimini yaratish; - mehnat va ishlab chiqarish intizomini mustahkamlash; - ta’lim tizimini yaratish va rivojlantirish hamda rahbar xodim va mutaxassislarning malakasini oshirish; - kompaniya faoliyatida korporativ madaniyatni shakllantirish va 77 mustahkamlash. Kadrlar siyosatini amalga oshirish va xodimlar oldiga qo‘yilgan vazifalarni hal qilish usullari, kompaniyaning kadrlar tarkibini takomillashtirishdan iborat. 7 Bu ichki tartibda xodimlarning xizmat vazifalarini almashtirish, kompaniya ichki tartib-qoidalari asosida xodimlar ish joylarini o‘zgartirish, xizmat mansabiga ega xodimlarga qo‘yilgan talablarga javob bermaydigan ishchi-xodimlarni o‘z lavozimidan ozod qilish. Xodimlar oldiga qo‘yilgan vazifalarning sifatli va mohirona bajarilishi davriy olib boriladigan attestatsiya orqali tekshirib boriladi. Mahoratlilik prinsipi va xususiy kompetensiyasi ko‘p tamoyilli tanlov asosida aniqlanadi. Mahoratlilik vakolatini baholash xodimning bevosita boshlig‘i (birinchi bosqich) va bo‘lim boshlig‘i (tarkibiy qism) (ikkinchi bosqich) orqali amalga oshiriladi. Xodimlar bo‘limi boshlig‘i nomzodning shaxsiy va ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini aniqlab, baholaydi va xodimning bu xususiyatlarga qo‘yilgan talablarga loyiqligi hamda kompaniyaning korporativ madaniyatiga to‘g‘ri kelishi haqidagi ma’lumot yuqori bo‘g‘in rahbarlariga yetkaziladi. Kadrlar tarkibini maqbullashtirish quyidagicha amalga oshiriladi: - bo‘linmalar tarkibi funksional vazifalar va bajariladigan ish hajmi asosida kerakli va yetarli miqdorda aniqlanadi; bo‘sh lavozimlar uchun va nomzodning mahorat layoqatiga loyiqligi va shaxsiy psixologik hamda ijtimoiy fazilatlariga asosan tanlov e’lon qilinadi. Xodimlarni tanlashning boshqa tamoyillari (kompaniya bo‘limi rahbari bilan tanishuv, oilaviy aloqalar, do‘stona munosabatlar, shaxsiy sadoqat va h. k.) odatda 7 Шекшня С. В. Управление персоналом современной организации. – М.: ЗАО «Бизнес-школа «Интел-Синтез»», 2007. – 336 с. 78 ruxsat berilmaydi. Izlash, tanlash va yangi xodimlar qabul qilish tartibi ichki normativ-huquqiy hujjat yordamida tartibga solinadi. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling