В. Umurzakov, G. Abdurahmanova, S. Xolmuratov
Kadrlar siyosatini rasmiylashtirish usullari
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
cover MexSot Kaf 10.KORXONADA KADRLAR SIYOSATI 10ta
2.3. Kadrlar siyosatini rasmiylashtirish usullari
Kadrlar siyosatini rasmiylashtirish bosqichida tashkilot rahbariyati tomonidan kadrlar siyosatini muhokama qilish va uni hujjatli rasmiylashtirish jarayoni davom etmoqda. Zarur hollarda rahbariyat turli usullardan foydalangan holda, ekspertlar, nufuzli mutaxassislar, yuqori organlar rahbarlarining kadrlar siyosati to‘g‘risida mehnat jamoasining qarashlarini diagnostika qilish to‘g‘risida fikrini bilishi mumkin. Kadrlar siyosatining qat’iy loyihasini yakunlashda olingan takliflar, tuzatishlar, tanbehlar e’tiborga olinadi. Shundan so‘ng tashkilot rahbari uning asosiy yo‘nalishlarini saqlovchi hujjatni tasdiqlaydi. Kadrlar siyosatini shakllantirgan har qanday tashkilotda, savol tug‘iladi: uni hujjatlashtiradimi yoki yo‘qmi? Tashkilotning hujjatlashtirilgan kadrlar siyosati ustunliklari quyidagilar: aniqlik, oshkoralik. Kadrlar siyosati to‘g‘risidagi hujjat asosida xodimlarning barcha toifalari – 5 Травин В.В., Дятлов В.А. Менеджмент персонала предприятия: Учебно-практ. пособие.-3-е изд.-М.: Дело.- 2000. – 73 с. 72 mutaxassisdan tortib har qanday darajadagi rahbargacha – ularga nisbatan tashkilot talablariga qarab ish tutishlari, personalga nisbatan boshqarishning yuqori darajadagi rahbarlar xarakatlarini tushunish, shaxsiy amaliy karerani yaratishda o‘z istiqbollarini aniq ko‘rishlari mumkin. Tarkibiy bo‘linma rahbarlari kadrlar jarayonlarining umumiy nuqtai nazariga ega bo‘ladilar, kadr siyosatini amalga oshirish uchun yondaShuvning birligini ta’minlash, personalga bo‘lgan talabni belgilashda xarakatlarni muvofiqlashtirish va hamkorlikka intilish, kadrlarga nisbatan korporativ xulq standartlarini ta’minlashga ega bo‘ladilar. Boshqaruvning barcha darajalarida kadrlar qarorlari ma’lum kadrlar ustuvorliklarini amalga oshirishga yordam beradi. Masalan, tashkilotda boshqaruvning o‘rta va quyi darajadagi rahbarlariga ilgari ularga ishonilmagan vakolatlarni berish ularning mas’uliyati va obro‘sini oshirishga hamda korporativ madaniyatini mustahkamlashga olib keladi. Vakolatlarni kengaytirish ular oldida keyingi rivojlanish vazifasini aniq qo‘yadi, chunki tarkibiy bo‘linmalardagi kadrlar siyosatini amalga oshirish bo‘yicha ish rahbarlarni mehnat va ular bilan bog‘liq munosabatlar sohasida o‘z malakalarini oshirishga majbur qiladi. Oshkora kadrlar siyosati «tashqi dunyoda» tashkilotning ijobiy obro‘-e’tiborini mustahkamlaydi. Kadrlar siyosati to‘g‘risidagi hujjat asosida personalni moslashtirish, rivojlantirish, o‘qitish mumkin, tashkilotda bitta jamoani tezkor ravishda yaratish mumkin. Tashkilotning xujjatlashtirilgan kadrlar siyosati kamchiliklariga samarasizlik va sekinlik kiradi. Korxonaning kengayib borishi va bozor konekturasiga tez moslashishi natijasida kadrlar siyosatiga o‘zgartirish kiritishi shart bo‘ladi. Shuning uchun kadrlar siyosati to‘g‘risidagi hujjatga vaqti-vaqti bilan tuzatishlar va qo‘shimchalar kiritish kerak bo‘ladi. Kadrlar siyosatini qayta ko‘rib chiqish, o‘zgartirish tashkilotda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling