В. Umurzakov, G. Abdurahmanova, S. Xolmuratov
Nomzodlarni zaxiraga saralash tadbirlarini tashkil etish
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
cover MexSot Kaf 10.KORXONADA KADRLAR SIYOSATI 10ta
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. Zaxirani shakllantirish bo‘yicha tanlov komissiyasining faoliyatini tashkil etish
5. Nomzodlarni zaxiraga saralash tadbirlarini tashkil etish.
5.1. Nomzodlarni zaxiraga saralashni tashkil etish quyidagilarni o‘z ichiga oladi: nomzodlarni zaxiraga saralash bo‘yicha ishlarni rejalashtirish; kasbiy, ishchan, shaxsiy fazilatlarga talablarni belgilash; nomzodlarni tegishli lavozimga tayinlash natijalarini baholash va ularni zaxiraga kiritish imkoniyati to‘g‘risida qaror qabul qilish. 5.2. Zaxira tarkibiga potensial nomzodlar to‘g‘risidagi kerakli axborotni kadrlar xizmati xodim haqida yozma manbalarni o‘rganish jarayonida: pasport, mehnat daftarchasi, kadrlarni hisobga olish bo‘yicha shaxsiy varaqa, tarjimai hol, diplom, attestatsion tavsifnomalar, Shuningdek zaxira tarkibiga nomzod bilan, uning rahbarlari, hamkasblari, bo‘ysunuvchilar bilan suhbatlashish natijasida oladi. Zarur hollarda zaxiradagi nomzodlarning kasbiy, ishchan, shaxsiy fazilatlari haqida batafsil ma’lumot olish uchun kadrlar xizmati turli shakl va usullardan foydalanishi mumkin. Kasbiy, ishchan va shaxsiy fazilatlar va ularning belgilangan talablarga muvofiqligini baholash uchun quyidagilar qo‘llanishi mumkin: - baholash usuli «360 daraja»; - sinash; - boshqa baholash usullari. 6. Zaxirani shakllantirish bo‘yicha tanlov komissiyasining faoliyatini tashkil etish: 6.1. Tanlov komissiyasi ish rejasiga ko‘ra yoki kerak bo‘lganda yig‘ilishlarni o‘tkazadi. Zaxiraga kiritish uchun tanlov komissiyasiga har bir nomzod uchun korxona kadrlar xizmati tomonidan quyidagilar taqdim etiladi: zaxiradagilar shaxsiy varaqasi; nomzodni tavsiflovchi, turli shakl va usullar yordamida olingan materiallar; ishlab chiqarish tavsifnomasi. 6.2. Tanlov komissiyasi zaxiradagi nomzodga taqdim etilgan materiallarni 60 ko‘rib chiqadi, tahlil qiladi va zaxira tarkibiga nomzodlar bilan suhbat o‘tkazadi. 6.3. Tanlov komissiyasi nomzodlarni zaxiraga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilishda quyidagi mezonlarga amal qiladi: egallagan lavozimda ishning ijobiy natijalari; ta’lim, malaka, boshqaruv tayyorgarlikning tegishli darajasi; nomzodning kasbiy, ishchanlik, shaxsiy fazilatlari, uning kelgusi rahbarlik ishiga potensial imkoniyatlar va qobiliyatlari; nomzod bilan bevosita ishlovchi shaxslarning fikri; attestatsiya komissiyasining ijobiy natijalari va tavsiyalari; muayyan yosh va sog‘liq holati; zaxira tarkibiga kirish shaxsiy istagi. 6.4. Suhbatdan so‘ng tanlov komissiyasi xodimlarning ularning hozirgi lavozimda namoyon etayotgan kasbiy, ishchanlik, shaxsiy va hokazo fazilatlarini baholaydi va qaror qabul qilishga o‘tadi. 6.5. Zaxira tarkibiga nomzod har tomonlama o‘rganilgach, tanlov komissiyasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi: zaxiraga qabul qilish uchun tavsiya etiladi (iloji boricha muayyan rahbarlik lavozimi ko‘rsatilgan holda); zaxiraning maxsus guruhiga qabul qilish uchun tavsiya etiladi; zaxiraga qabul qilinishi mumkin bo‘lgan lavozim talablariga javob bermaydi. 6.6. Tanlov komissiyasining qarori ochiq ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi. Agar yig‘ilishda qatnashayotgan komissiya a’zolarining kamida yarmi unga ovoz bergan bo‘lsa, qaror qabul qilingan deb hisoblanadi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda rais ovoz bergan qaror qabul qilingan deb hisoblanadi. 6.7. Tanlov komissiyasining qarori rais va tanlov komissiyasi a’zolari tomonidan imzolanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va nomzodga taqdim etilgan hujjatlar bilan o‘n kunlik muddatda korxonaning kadrlar xizmatiga o‘tkaziladi. 6.8. Tanlov komissiyasi qaroriga binoan, shuningdek, kadrlar xizmati xulosasi 61 asosida korxona rahbari nomzodni zaxiraga qiritish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Xodimga zaxira tarkibiga kiritilishi haqida xabar beriladi. Zaxira tarkibiga kiritish to‘g‘risidagi qaror xodimning shaxsiy hujjatlari tarkibiga (delosiga) kiritiladi. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling