В. Umurzakov, G. Abdurahmanova, S. Xolmuratov
Talabalar uchun o‘z-o‘zini nazorat qilish savollari
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
cover MexSot Kaf 10.KORXONADA KADRLAR SIYOSATI 10ta
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV BOB. KADRLAR XIZMATINING KORXONA KADRLAR SIYOSATIDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI 4.1. Kadrlar xizmati boshqaruvchisiga talablar
Talabalar uchun o‘z-o‘zini nazorat qilish savollari
1. Korxonada kadrlar siyosati nima uchun zarur? 2. Korxonada kadrlar zaxirasi qanday shakllanadi? 3. Korxonada kadrlar siyosatining vazifalari nimalardan iborat? 4. Xorij korxonalaridagi kadrlar siyosatining namunali jihatlari haqida fikringiz qanday? 5. Korxonada kadrlar miqdorini rejalashtirish, saralash va tanlash hamda baholashning o‘ziga xosligi. 6. Korxonaning kadrlar miqdorini belgilashning birlamchi bosqichini aytib bering. 7. Korxonada mehnat unumdorligi darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi ichki va tashqi omillarni aytib bering. 8. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarida kadrlar siyosatining xususiyatlarini aytib bering. 9. Kadrlar siyosati va kadrlar xizmatining xodimlar miqdori bilan bog‘liq jihatlari nimalardan iborat? 10. Korxonada kasb malakasini oshirish, yangi kasbga o‘rgatish va xodimlarning professional mahoratini oshirishda ta’lim sohasining o‘rnini aytib bering. 109 IV BOB. KADRLAR XIZMATINING KORXONA KADRLAR SIYOSATIDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI 4.1. Kadrlar xizmati boshqaruvchisiga talablar Kadrlar xizmati boshqaruvchisiga korxonada personal bilan ish olib boruvchi asosiy bo‘g‘indir. Ishlab chiqarishda inson omilining ortishi, hozirgi bozor sharoitida raqobatning kuchayishi, moliyaviy muvaffaqiyatga erishish zarurati personalni boshqarish xizmatlari roli va ahamiyatini kuchaytirib yubordi. Samarali faoliyat ko‘rsatayotgan kompaniya va firmalar bugungi kunda innovatsiya strategiyalari, yangi mahsulot turlari, tashkiliy tuzilmalar yaratish bilan inson resurslarini boshqarish, mehnat salohiyatini rivojlantirish uslublari o‘rtasidagi mavjud uzilishlarni bartaraf etishga eng asosiy masala sifatida qaralmoqdalar. Muammoni ijobiy hal etish ko‘p jihatdan personalni boshqarish xizmatiga bog‘liq bo‘lib qoldi. Iqtisodiyotda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar an’anaviy kadrlar bo‘limlarining funksiyalari yo‘q bo‘lib ketadi, degan ma’noni bermaydi. Ishga qabul qilish, kadrlarni tayyorlash, ish haqi, ijtimoiy imtiyozlarni taqsimlash masalalari bundan buyon ham personalni boshqarish xizmati funksiyalarida asosiy o‘rinlarni egallashi aniq. Shu bilan bir qatorda bu funksiyalarni amalga oshirish shakl va uslublarida sifat jihatidan o‘zgarishlar qilish ham hayotiy zaruratga aylanmoqda. Kadrlar xizmatlari jahondagi yetakchi kompaniyalar va firmalarda korxonaning asosiy bo‘linmasi hisoblanadi. Amaliyotda ular zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatilgan: - kompaniya yoki firmani yuqori malakali va manfaatdor xodimlar bilan ta’minlash; - personalni ishga qiziqtirish tizimlarini takomillashtirish; - personal barcha toifalarining o‘z mehnatidan qoniqish hosil qilish darajasini oshirish; - personal malakasini oshirish va kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirish va yuksak 110 darajada ushlab turish; - qulay ma’naviy muhitni saqlash; - xodimlar va rahbariyat uchun o‘zaro foyda keltirishini ko‘zlagan holda personalni korxona ichida almashinuvlarini boshqarish; - karerani rejalashtirish; - personal ijodiy faolligini oshirish, kompaniya yoki firma innovatsiya rejalarini amalga oshirishda ko‘maklashish; - personal faoliyatini baholash va boshqaruv personalini attestatsiyadan o‘tkazish uslublarini takomillashtirish. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling