В. Umurzakov, G. Abdurahmanova, S. Xolmuratov
Korxonaning funksional boshqaruv va shtat tuzilmasi
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
cover MexSot Kaf 10.KORXONADA KADRLAR SIYOSATI 10ta
5.2. Korxonaning funksional boshqaruv va shtat tuzilmasi
Iqtisodiy fanlarda dinamik tizimlarni tasniflash nazariyasidan foydalanib, murakkab boshqaruv jarayonlarini asosli ravishda alohida-alohida elementlarga taqsimlab, ularni guruhlarga bo‘lib, tashkil etuvchi belgilarni ajratish imkonini beradi. Korxonaning boshqaruv funksiyalari – boshqaruv faoliyatining o‘ziga xos turi, boshqaruv sohasida mehnat taqsimoti va ixtisoslaShuvi mahsuli bo‘lib, o‘zida alohida belgi bo‘yicha ajralib turuvchi boshqaruv jarayonining bir qismini aks ettiradi. Boshqaruv elementlari (sifat, mehnat va maosh, fan-texnika taraqqiyoti, mehnatni muhofaza qilish) va ishlab chiqarish bo‘g‘inlari (mehnat, moddiy, texnik, moliyaviy va b.) resurslar predmeti umumiyligi bo‘yicha amalda tasniflash ko‘proq tarqalgan. Odatda korxonani boshqarish jarayonining 10 dan 25 tagacha funksiyalari farqlanadi. 135 Mehnatni tashkil qilishning asosiy vazifalari majmui – boshqaruv jarayonining asosiy funksiyalari belgisi (me’yorlash, rejalashtirish, hisob, nazorat, tahlil, tartibga solish) bo‘yicha ajratib ko‘rsatiluvchi boshqaruv funksiyasi qismidir. Vazifalar majmui muayyan funksiyaga tegishli bo‘lib, qoidaga ko‘ra, kichik funksional bo‘linma (bo‘lim, byuro, guruh) tomonidan amalga oshiriluvchi vazifalar majmuini jamlaydi – masalan, korxona uchun personal tanlash jarayonini rejalashtirish. Vazifalar majmui soni korxona miqyosida 200 tani tashkil etadi. Bu borada boshqaruv vazifasi – tashkiliy jihatdan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan, personal tomonidan texnik vositalar yordamida amalga oshiriluvchi axborotni qayta ishlash operatsiyalari majmui bo‘lib, bu operatsiyalar bajarilishi natijasi boshqaruv qarorlarini qabul qilish – masalan, korxona bo‘yicha yil davomida personalning ehtiyoji miqdori va turini hisoblash imkonini beradi. Vazifa boshqaruv jarayonining asosiy elementi bo‘lgani uchun, uning amalga oshirilishi esa, qoidaga ko‘ra, boshqaruvning bir qancha xodimlarini o‘z jarayoniga qamrab oladi. Korxonada mehnatni tashkil etish, texnik va texnologik majmualarini boshqarish jarayonida bir necha mingta boshqaruv vazifalari hal etiladi. Boshqaruv operatsiyasi – texnik vositalarning muayyan to‘plami yordamida bitta xodim tomonidan bajariluvchi, axborotning shakli yoki mazmuni o‘zgarishiga qaratilgan mehnat harakatlarining majmui hisoblanadi. Bu jarayondagi boshqaruv operatsiyasi vazifaning mazmuniy qismini aniqlashtiradi va namunali chizma shaklida taqdim etilishi mumkin. Boshqaruv funksiyalarining matritsali taqsimlanishi. Korxonani boshqarish amaliyotida korxona rahbariyati, funksional va o‘rta bo‘g‘in bo‘linmalari o‘rtasida boshqaruv funksiyalarini oqilona taqsimlash dolzarb vazifa sanaladi. Bir qator sanoat korxonalari boshqaruv tizimlarining tahlilida amaldagi boshqaruv funksiyalari taqsimlanishida rahbarlar tomonidan yo‘l qo‘yiladigan asosiy xatolar: • bosh direktor zimmasiga bevosita bo‘ysunuvchi bo‘linmalar va u qaror qabul 136 qiladigan funksiyalarning haddan ortiq yuklanishi; • bosh direktor, uning o‘rinbosarlari va bo‘limlar rahbarlari o‘rtasida boshqaruv funksiyalarining aniq hujjatlashtirilgan taqsimoti mavjud emasligi; • aksiyadorlik korxonalarida davlat boshqaruvining eski ma’muriy tizimiga xos kichik bo‘lim va xizmatlarning mavjudligi (fuqarolik mudofaasi, birinchi va ikkinchi bo‘limlar, mashina byurosi); • asosiy ishlab chiqarish jarayonida 500-1000 kishilik yirik sexlar bir qatorda ularga xizmat qiluvchi yordamchi ishlab chiqarishdagi 500 kishigacha xodimga ega, samarasi yo‘q sexlar-uchastkalar mavjudligi. • qaror qabul qiluvchi shaxs ayrim hollarda, o‘z funksiyasiga kirmagan boshqaruv operatsiyasini boshqa bo‘linmalar bilan aniq texnologik o‘zaro bog‘liqliksiz hal etishi; • ishlab chiqarish jarayonda texnologiyaning sifat talablari, xodimlarning mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi talablari ustidan tezkor boshqaruv funksiyalarining taqsimlanishi va ularning bosh direktorning turli o‘rinbosarlari tomonidan har xil yo‘nalishda olib borilishi. Ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etishning eng sodda va aniq uslubi matritsali uslub sanaladi. Tuzilmaviy bo‘linmalar o‘rtasida boshqaruv funksiyalarini taqsimlash matritsasi jadval ko‘rinishiga ega bo‘lib, uning qatorlari ishlab chiqarish boshqaruvining aniq vazifalari, ustunlari – boshqaruv apparatining tuzilmaviy bo‘linmalari sanaladi. Ustunlar va satrlar kesiShuvida aniq vazifa bo‘yicha tuzilmaviy bo‘linma javob beradigan boshqaruvning asosiy operatsiyalari ko‘rsatiladi. Boshqaruv funksiyalarini taqsimlash martitsasi ularni korxona rahbariyati va boshqaruv apparati bo‘linmalari o‘rtasida aniq taqsimlash, boshqaruv operatsiyalari texnologik ketma-ketligini belgilash va muayyan rahbar yoki mutaxassisga operatsiyalarni aniq biriktirish imkonini beradi. Personalni boshqarish va uning sonini ma’lum bir davrda ish miqdorlari va maosh hamda xo‘jalik xarajatlarining hisob-kitobi uchun korxonaning shtat tuzilmasi 137 tasdiqlanishi kerak. Shuning uchun korxona shtat tuzilmasining iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy vazifasi – xodimlarning miqdoriy kasbiy tarkibini, mehnatga haq to‘lash miqdori va xodimlar ish haqi fondini belgilaydi. Korxonaning shtat tuzilmasi tarkibini korxona oldida turgan maqsad va vazifalarga mos xolda puxta va samarali ishlab chiqishga qadar quyidagi muhim hujjatlar tayyorlanishi zarur: • rejali muddatga korxonaning (oy, chorak, yil davriyligi) ish haqi fondi; • rejali davrga mo‘ljallangan ish miqdorini bajarish uchun yetarli miqdordagi personal sonining hisob-kitobi; • korxonaning shtat jadvali. Quyidagilar shtat tuzilmasini shakllantirish uchun boshlang‘ich ma’lumotlar hisoblanadi: • ishlab chiqarish (ishlar va xizmatlar) ning rejali miqdori; • personal soni va ish haqi normativlari; • boshqaruv tashkiliy tuzilmasi shemasi; • namunaviy (haqiqiy) shtat jadvallari. Korxona ish haqi fondining hisob-kitobi ish haqi bo‘yicha xarajatlarni mutloq kattaliklarda ham, ish haqining mahsulot qiymatidagi nisbiy ulushi ko‘rinishida ham asoslash imkonini beradi. Korxonaning shtat tuzilmasi iqtisodiy bo‘lim (moliya-reja bo‘limi) bilan kadrlar xizmati mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilib, korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi va korxona muhri qo‘yiladi. Tasdiqlangan korxona shtat tuzilmasining bir nushasi korxona rahbarida, ikkinchi nushasi kadrlar bo‘limida, uchinchi nushasi buxgalteriya xizmatida saqlanadi. Korxonaning shtat tuzilmasiga korxonaning ishlab chiqarish miqdori, yangi innovatsion texnologiyalar yuzasidan qo‘shimcha ishlab chiqarishlar yoki xizmatlar tatbiq qilinganda yil mobaynida bir necha bor o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling