В. Umurzakov, G. Abdurahmanova, S. Xolmuratov
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
cover MexSot Kaf 10.KORXONADA KADRLAR SIYOSATI 10ta
- Bu sahifa navigatsiya:
- Javobgarlikka
Funksiyalarga bo‘linma tuzilmasiga biriktirilgan vazifalar majmui kiradi
(funksiyalar ro‘yxati, o‘zaro aloqa, ularni davriy bajarish funksiyalari). Huquqlarga tuzilmaviy bo‘linmalarga biriktirilgan boshqaruv funksiyalarini bajarish (masalan, vazifalarni bajarish uchun tuzilmaviy bo‘linmalardan kerakli axborot taqdim etishni talab etish; kutubxona, laboratoriyalar xizmatlaridan foydalanish; bo‘ysunuvchi xodimlar uchun lavozim yo‘riqnomalarini ishlab chiqish va sh.k.) uchun turli resurslar (mehnat, axborot, texnik, material, moliya, energetik)dan foydalanish imkoniyatini taqdim etish kiradi. Javobgarlikka korxonaning mulkchilik shakli va turidan qat’iy nazar, tuzilmaviy bo‘linmaning barcha xodimlari iqtisodiy rivojlanishning yillik (chorak, oylik, haftalik, kunlik) rejasida shakllantirilgan, korxonaning o‘z maqsad va vazifalarining bajarilishi uchun differensial javobgarlik (individual yoki jamoaviy)ka ega bo‘lganligini belgilaydi. Korxona rahbari va xodimlar quyidagi huquqbuzarliklar yuzasidan javobgarlikka tortilishi mumkin: • boshqa tuzilmaviy bo‘linmalar va yuqori turuvchi tashkilotlarga hal etilayotgan vazifalar bo‘yicha asosiy axborotni o‘z vaqtida va sifatli yetkazmasligi uchun; • boshqaruvning barcha funksiyalari bo‘yicha reja va hisobotlarning asossiz va sifatsiz ishlab chiqilishi va iqtisodiy rivojlanish rejasi vazifalarining tuzilmaviy bo‘linmalari tomonidan bajarilmasligi; • xodimlarga munosib mehnat sharoitlarini yaratmaslik, mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi, yong‘in xavfsizligi qoidalarining buzilish hollarida; 152 • mehnat resurslaridan, moddiy-texnik baza imkonlaridan samarasiz va maqsadsiz foydalanish, energetik va moliyaviy resurslardan oqilona foydalanmaslik; • bo‘linmaga belgilangan shtat birligi, byudjet yoki daromad manbalaridan tejamkorlik talablarini inkor yetib, moliyaviy intizomni buzish, jamoaviy shartnoma shartlari va ish haqini to‘lash nizomining buzilishi. Bo‘limda xodimlarni rag‘batlantirish talablari 3 ta asosiy qismdan iborat: 1. Bo‘limning boshqaruv vazifalarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish uchun xodimlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishning aniq shakllari ko‘rsatiladi: - jamoa oldida minnatdorchilik bildirish; - pul mukofoti berish; - qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirlash; - korxona yoki yuqori tashkilotning faxriy yorlig‘ini topshirish; - faxriy xodimlar peshtaxtasiga kiritish. 2. Korxonaning umumiy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyati natijasi bo‘yicha asosiy ijtimoiy va iqtisodiy ko‘rsatkichlaridan kelib chiqqan tarzda tuzilmaviy bo‘linma faoliyati ko‘rsatkichlari belgilanadi. Bo‘linmada mehnatni tashkil etish va faoliyat natijasi samaradorligini baholash ijtimoiy, iqtisodiy va tashkiliy ko‘rsatkichlar yakuniga qarab amalga oshiriladi. Ularga quyidagilar kiradi: qarorlar ishonchliligi, hujjatlarni rasmiylashtirish sifati, qabul qilinuvchi qarorlarning o‘z vaqtidaligi, personal yuklanishi bir tekisdaligi va mehnat intizomi darajasi. 3. Funksional bo‘linmaga biriktiriladigan ko‘rsatkichlar ro‘yxati ko‘rsatiladi. Masalan, korxona rahbari uchun – pul mablag‘larining tuShum miqdori, korxonadagi foyda miqdori, rentabellik darajasi va sifat talablari; reja bo‘limi uchun – tovar mahsuloti hajmi o‘sishi, mehnat unumdorligi o‘sishi, foyda miqdori o‘sishi, xodimlarning o‘rtacha ish haqi fondi o‘sish sur’atlari. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling