В. Umurzakov, G. Abdurahmanova, S. Xolmuratov
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
cover MexSot Kaf 10.KORXONADA KADRLAR SIYOSATI 10ta
“tramplin”;
“zinapoya”; “ilon”; “chorraha” modellari. Lavozimda o‘sishining “tramplin” modeli rahbar va mutaxassislar orasida keng tarqalgan. Xodimning hayot yo‘li, uning bilim va tajriba salohiyati, malakasi va professional darajasi asta-sekin ortgani sari, lavozim pillapoyasidan uzoq davr davomida yuqorilashdan iborat bo‘ladi. Bu model asosida xodim egallab turgan lavozimlari muntazam ravishda ham murakkabroq va yaxshiroq haq to‘lanadigan bo‘lib boradi. Muayyan bosqichda xodim o‘zi uchun eng yuqori lavozimni egallaydi 146 va unda uzoq vaqt qolishga harakat qiladi. Keyin “tramplindan sakrash” – pensiyaga chiqish ro‘y beradi. “Tramplin” modeli asosan o‘rta bo‘g‘in rahbarlariga mos keladi. Lavozimda o‘sishning “tramplin” modeli iqtisodiyotda turg‘unlik kuzatilgan, markaziy idoralar va korxonalarda ko‘plab lavozimlar bir kishi tomonidan 20–25 yil egallab turilgan davr rahbarlariga ko‘proq xos. Boshqa tomondan, ushbu model xizmat bo‘yicha yuqorilash maqsadini o‘z oldiga qo‘ymaydigan mutaxassis va xizmatchilar uchun odatiy sanaladi. Turli sabablar: shaxsiy qiziqish, yuklama ozligi, yaxshi mehnat jamoasi, egallangan malaka tufayli xodimlarni o‘zlari egallab turgan lavozim to‘liq qoniqtiradi va ular o‘sha egallab turgan lavozimdan pensiyaga ketguncha qolishga tayyorlar. Shu tariqa, lavozimda o‘sishning “tramplin” modeli hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida mutaxassis va xizmatchilarning katta guruhi uchun maqbul bo‘lishi mumkin. Lavozimda o‘sishning “zinapoya” modeli esa lavozimlar o‘sishining har bir pog‘onasida ma’lum bir vaqt, masalan, besh yildan uzoq bo‘lmagan muddat egallab turadigan muayyan lavozimdan iborat bo‘lishini ko‘zda tutadi. Bunday muddat ayniqsa yosh mutaxassislarga yangi lavozimga ko‘nikish va to‘liq fidokorona ishlash uchun yetarli hisoblanadi. Malakaviy darajasi, ijodiy professional salohiyati va ishlab chiqarish tajribasi ortishi bilan rahbar yoki mutaxassis xizmat pillapoyasidan yuqorilab ko‘tarila boshlaydi. Har bir yangi lavozimni xodim malakasini oshirganidan keyin ishonchli ravishda egallayveradi. Xizmat lavozimlarining yuqori pog‘onasi maksimal professonal salohiyatga erishgan, katta tajriba va keng dunyoqarash, kasbiy bilim va yuksak mahoratga ega bo‘lgan davrida egallanadi. Psixologik jihatdan bu model birinchi (yuqori) rahbarlar uchun nihoyatda noqulay – ular “bosh rol”dan ketishni istaymaydilar. YUqori lavozimni egallagach, keyin jo‘shqinligi kamroq, favqulodda vaziyatlarda murakkab qarorlar qabul qilish, katta jamoani boshqarishni talab 147 qilmaydigan ishlarni bajarishga qaratilgan, xizmat zinapoyasidan asta pastga tushish boshlanadi. Biroq ushbu toifadagi amaldagi rahbarning maslahatchi sifatida hissasi korxona uchun nihoyatda muhim hisoblanadi. Xodimning lavozimda o‘sishining “zinapoya” modeli iqtisodiyotning innovatsion rivojlanish bosqichida ayniqsa samara beruvchi uslub hisoblanadi Lavozimda o‘sishning “ilon” modeli xodimning bir lavozimdan gorizontal tarzda boshqa lavozimga o‘tkazilishi va xodim lavozimlarning har birini qisqa muddat (1-2 yil) egallashini nazarda tutadi. Masalan, usta menejerlar maktabida o‘qib qaytgach, ketma-ketiga dispetcher, texnolog, iqtisodchi bo‘lib ishlaydi, keyin sex boshlig‘i lavozimiga tayinlanadi. Bu o‘rta bo‘g‘in rahbariga yuqori turuvchi lavozimda kerak bo‘ladigan aniq boshqaruv funksiyalarini chuqur o‘rganish imkonini beradi. O‘rta bo‘g‘in rahbari korxona direktori bo‘lishdan oldin, 6–9 yil direktorning kadrlar bo‘yicha, tijorat va iqtisodiyot bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlashi va faoliyatning muhim jihatlarini har tomonlama o‘rganishi unga ma’lum darajada boy tajribaga ega bo‘lish imkonini beradi va u rahbarlikning yuqoriroq mavqeini egallash uchun katta tajriba ortirishga erishadai Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling