В. Umurzakov, G. Abdurahmanova, S. Xolmuratov
Korxona tarkibiy bo‘linmalari nizomlarini
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
cover MexSot Kaf 10.KORXONADA KADRLAR SIYOSATI 10ta
5.5. Korxona tarkibiy bo‘linmalari nizomlarini
ishlab chiqish tartibi Ishlab chiqarish jarayoni va aholiga xizmat ko‘rsatish sohasidagi yirik va o‘rta korxonalarda boshqaruv vazifalari mustaqil, ba’zan hududiy jihatdan alohida bo‘lgan va xo‘jalik hamda ma’muriy mustaqillikka ega bo‘linmalar (yoki filiallar) tomonidan bajariladi. Bu bo‘linmalarning boshqaruv tizimini samarali muvofiqlashtirish maqsadida ularning faoliyati korxona direktori tasdiqlagan bo‘linmalar to‘g‘risidagi nizom bilan tartibga solinishi lozim. Tuzilmaviy bo‘linma to‘g‘risidagi nizomda bo‘linmaning korxonadagi o‘rni va ahamiyatini, uning tarkibiy tuzilmasi, boshqaruvning asosiy funksiyasi va vazifalari, bo‘linma xodimlari huquqlari, javobgarligi va ularni rag‘batlantirish shakllarini tartibga soluvchi asosiy me’yorlar aks ettiriladi. Bo‘linma to‘g‘risidagi nizom korxona rahbari tomonidan sana ko‘rsatilgan holda tasdiqlanadi va muhr qo‘yiladi. Bo‘linma va filiallar nizomlarida quyidagi tashkiliy, huquqiy va moliyaviy talablar o‘rin egallagashi lozim: • tuzilmaviy bo‘linmalar o‘rtasida boshqaruv funksiyalarining rasman muvofiqlashgan taqsimlanishini belgilanganligi; • bo‘linma zimmasiga biriktirilgan asosiy boshqaruv vazifalar; funksiya va vazifalar bajarilishi talablari; mehnatni tashkillashtirish, uning davomiyligi va kalendar muddatning aniq belgilaganligi; • har bir boshqaruv vazifasi kompleksi bo‘yicha tuzilmaviy bo‘linmalar o‘rtasida funksional o‘zaro aloqaning o‘rnatilganligi; • bo‘linmada ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning miqdoriy ko‘rsatkichlarini kiritish evaziga boshqaruv funksiyalarining o‘z vaqtidaligi va ishonchliligini oshirganligi; • qarorlar qabul qilish va korxona hisobidan ajratilgan resurslardan samarali foydalanish talablari va Shu borada bo‘linmaning huquqlari belgilanganligi; • boshqaruv funksiyalarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish maqsadida bo‘linma 151 xodimlarining jamoaviy va individual javobgarligi belgilanganligi; • ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyati natijalariga ko‘ra xodimlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishni amalga oshirish talablarining belgilanganligi. Tuzilmaviy bo‘linma to‘g‘risidagi nizom besh bo‘limdan iborat bo‘lishi kerak: umumiy bo‘lim, funksiyalar va vazifalar, huquqlar, javobgarlik, rag‘batlantirish. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling