В. Umurzakov, G. Abdurahmanova, S. Xolmuratov


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/105
Sana16.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1501066
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   105
Bog'liq
cover MexSot Kaf 10.KORXONADA KADRLAR SIYOSATI 10ta

S

=M:F 
bunda: S

- ishchilarning loyiha soni; 
M – ishlab chiqarish dasturining umumiy mehnat hajmi; 
F – bir ishchining yillik ish vaqti fondi. 
Ishchilar soni ish vaqti samarali fondi va me’yorlarni bajarish koeffitsientini 
hisobga olgan holda hisoblab chiqish uslubi ishchilar reja sonini aniqlashda 
amaliyotda keng qo‘llaniladi. 
Texnologik innovatsiyalar yangi buyumlarni ishlab chiqarish mehnat 
sarflarining ortishi, demak qo‘shimcha ishchilarga ehtiyoj bilan bog‘liqdir. Bunday 
ishchilar korxona uchun doimiy talab etilmaydi. Lekin korxona yangi ish o‘rinlari 
yaratar ekan qo‘shimcha ishchi kuchini doimiy shtatga qo‘shadi. Bu bilan 
ishchilarning muayyan zahirasi tashkil etiladi. Ana shu miqdor quyidagi formula 
orqali aniqlanadi: 
Sq = M

 

 

/Fn 

 Ka 
bunda:
Sq – qo‘shimcha ishchi soniga ehtiyoj; 
M

 
- tashkilot tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulot uchun talab 
etiladigan o‘rtacha loyihaviy mehnat sarfi; 

 - mahsulot ishlab chiqarishning loyihaviy hajmi; 


158 
Fn – bir ishchi ish vaqti nominal fondi; 
Ka – yangi mahsulot ishlab chiqarishni o‘zlashtirish davrida ish vaqtidan 
foydalanishning amaldagi koeffitsienti. 
5.7. Korxonada xodimlarning mehnatini baholash uslublari 
 
Xodimlarning mehnatini baholash milliy iqtisodiyotimizning innovatsion 
bosqichiga o‘tish davrida alohida ahamiyatga ega. Xodimlarni baholash jarayoni 
korxona jamoasi orasida muntazam ravishda amalga oshirilishi hamda ushbu 
jarayonni hozirgi zamon kompyuter texnologiyalari asosida olib borish zarur. 
Xodimlarning mehnatini baholash, avvalo, xodimning professional salohiyatini 
oshirishga undovchi jarayon hisoblanadi. Ayniqsa, yangi ishchining korxonadagi 
mavjud bo‘sh ish o‘ringa olish yoki xodim egallab turgan lavozimga malakaviy talab 
jihatidan muvofiqligini aniqlash uch usulda bajariladi: 
1. Xodimning professional va intellektual salohiyatini baholash. Bo‘sh ish 
o‘rnini egallashda xodimning professional va intellektual salohiyatini, ya’ni kasbiy 
bilim darajasi va kasbiy mahorati, ishlab chiqarish va xizmat borasidagi tajribasi, 
insoniy xususiyatlari, shaxsiy ruhiyati, dunyoqarashi, sog‘lig‘ining mustahkamligi
mehnatga layoqatliligi, umumiy madaniyat darajasini belgilash muhim. 
2. Korxonadagi ishlab chiqarish jarayoniga xodimning individual hissani 
baholash. Muayyan xodim mehnatining ish miqdori va mehnat sifati, ishlab chiqarish 
va xizmat sohalaridagi murakkablik darajasi, mehnatining unum va samaradorligi 
ko‘rsatkichlari hamda uning egallab turgan lavozimiga muvofiqligini maxsus uslublar 
yordamida belgilashga yordam beradi. 
3. Kadrlarni attestatsiya qilish jarayoni talablari. Bu jarayon xodimning 
mehnat natijalariga o‘ziga xos majmuaviy baho berish uslubi hisoblanib, xodimning 
professional va intellektual salohiyati hamda mehnatining yakuniy natijadagi alohida 
hissasini hisobga olgan holda baho beriladi. 


159 

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling