В. Umurzakov, G. Abdurahmanova, S. Xolmuratov
-jadval Kadrlar siyosatiga oid hujjat
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
cover MexSot Kaf 10.KORXONADA KADRLAR SIYOSATI 10ta
9-jadval
Kadrlar siyosatiga oid hujjat Bo‘lim Tarkibi 1. Umumiy qoidalar Xodimlar bilan ishlashning asosiy maqsadlari, vazifa va yo‘nalishlari. Kadrlar siyosatini korxonaning biznes strategiyasi bilan bog‘lash 2. Xodimlar tarkibi Korxonaning biznes strategiyasini amalga oshirish va tashkilotning maqsadlariga erishish uchun zarur xodimlarning asosiy xususiyatlari. Xodimlar tarkibini rejalashtirish, xodimlarni tanlash va rag‘batlantirish tamoyillari, Shuningdek, lavozimda ko‘tarilishni rejalashtirishning asosiy yondaShuvlari 3. Xodimlarni baholash Davlatda tanlash uchun nomzodlarni baholashning asosiy tamoyil va mezonlari, kadrlar zaxirasi. Muntazam 130 baholash (attestatsiya) vazifalari 4. Xodimlarni o‘qitish Korxonada ta’lim tizimining asosiy talablari. Turli toifadagi kadrlarni tayyorlashning ustuvor yo‘nalishlari (rahbarlar, mutaxassislar, targ‘ib qilish uchun kadrlar zaxirasi, ishchilar va hokazolar) 5. Rag‘batlantirish tizimi Mehnatga haq to‘lash sohasida siyosatning asosiy yo‘nalish va maqsadlari, korxonada qo‘llanuvchi moddiy va ma’naviy rag‘batlantiruvchi turlari (bonuslar, imtiyozlar, kompensatsiya va hokazolar) 6. Xodimlarning ijtimoiy himoyasi Ijtimoiy himoya dasturlarining maqsadlari va prinsiplari (sog‘liq sug‘urtasi, nafaka, hayotni sug‘urtalash, baxtsiz hodisalardan himoyalash) 7. Korporativ madaniyat Korporativ madaniyatning asosini tashkil etuvchi qadriyatlar. Rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari 8. Xodimlar xizmatining o‘rni Xodimlar xizmatining roli va asosiy funksiyalari (masalan, strategik sheriklikning vazifasi, qo‘llab- quvvatlash va o‘zgarishlarni boshqarish va hokazolar) va bu funksiyalar qanday amalga oshirilishi 9. YAkuniy qoidalar Hujjatning maqomi va tashkilotning barcha xodimlari uchun unda belgilangan qoidalar majburiyligi Korxonalar orasidagi farq, ularni boshqarish uslubi, rivojlanishining turli bosqichlari, vazifalar, maqsadlar, strategiyalar, maqom, ahamiyat, xodimlar xizmatining ta’siri kadrlar siyosatini shakllantirish metodologiyasi va tartibiga turli yondaShuvlarga olib keladi. Har bir muayyan korxonada kadrlar siyosatining boshqa ko‘rinishi mavjud. Korxonalar xilma-xilligi kadrlar siyosatining turli-tumanligiga olib keladi. Kadrlar siyosatini shakllantirish metodikasini tanlash va xodimlarning xizmatidagi o‘rni – boshqaruvchilar tomonidan aniqlanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling