177
Birinchidan, u korxonaning xodimlarni boshqarish muammolari to‘g‘risida
chuqur o‘ylangan va izchil tahlil qilib turishi mumkin.
Ikkinchidan, u xodimlar ishi va ularnning ish unumdorligi darajasi bo‘yicha
fikr yuritadi.
Uchinchidan, yozma fikrlar uzoq va ishonchli xotirada saqlanmoqda.
Muammoni tahlil qilish menga kadrlar siyosatini takomillashtirish bo‘yicha
aniq chora-tadbirlarni namoyish etish va jiddiy asoslashni o‘rgatadi va men o‘zimning
malakamni oshirishga va o‘zimning shaxsiy bilimlarimga yordam beradi.
Xodimni qaysi lavozimga ishga qabul qilishni xohlayotganingizni yashirmang
va ushbu masalani hal qilishda korxona hayotining barcha jihatlariga ta’sir o‘tkazing.
Bu kelajakda yaxshi takliflar bo‘lishiga va lavozim o‘sish
rejasining yaxshi
baholanishiga olib keladi.
Mening takliflarim aslida kimga qaratilgan?
Albatta, birinchi navbatta korxonaning rahbariga,
keyin Boshqaruv kengashi
a’zolariga qaratilishi kerak.
Hisobotimni takliflarimga nima aloqasi bor?
Siz qo‘ygan muammolar korxona oldidagi muammolar hisobotlar tahlili
asosida
qilinganligi, takliflardagi iboralar iloji boricha qisqa bo‘lishi kerak, va aniq
takliflar kiritilishi lozim.
Takliflar bo‘yicha ishni nimadan boshlash kerak?
Avvalo, men o‘zim uchun takliflar yordamida erishmoqchi bo‘lgan maqsadimni
aniqlardim. Takliflarning maqsadi – bu takliflarni amalga
oshirish orqali erishish
kerak bo‘lgan asosiy maqsad. Misol uchun, korxona xodimlarining qo‘nimsizligi
muammosini ko‘rib chiqamiz.
Shunday qilib, ushbu takliflarning maqsadi joriy
kadrlar siyosatini qayta ko‘rib chiqishdan iborat bo‘lishi kerak. Qo‘yilgan
maqsad
tahliliy xulosa bo‘yicha to‘g‘ri belgilansa,
vazifalarni ham aniq ifodalash, ularning
vazni va ahamiyatini inobatga olish va ularni tartibga solish imkonini tug‘diradi.
Do'stlaringiz bilan baham: