В. Umurzakov, G. Abdurahmanova, S. Xolmuratov


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/105
Sana16.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1501066
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   105
Bog'liq
cover MexSot Kaf 10.KORXONADA KADRLAR SIYOSATI 10ta

Oqilona 
usulda 
korxona 
rahbariyati 
mavjud 
ahvol 
qay 
ravishda
rivojlanishining ham sifatli diagnozi, ham asoslangan prognoziga, Shu bilan bir 
qatorda bu holatga ta’sir ko‘rsatish vositalariga ega bo‘ladi. Kadrlar xizmati nafaqat 
personalni diagnostika qilish, balki kadrlar holatini o‘rta muddatga va uzoq muddatga 
prognoz qilish vositalariga ega bo‘ladi. Korxonani rivojlantirish dasturlarida kadrlarga 


182 
ehtiyojning (ham sifat, ham miqdor jihatidan) qisqa muddatga, o‘rta muddatga va 
uzoq muddatga prognozlari bo‘ladi. 
Tavakkalchilik usulida rahbariyat sifatli diagnoz va asoslangan prognozga ega 
bo‘lmasa-da, yuzaga kelgan ahvolga ta’sir ko‘rsatishga harakat qiladi. Korxonaning 
kadrlar xizmati odatda kadrlar holatini prognoz qilish va personal diagnostikasi uchun 
vositalarga ega bo‘lmaydi. Lekin korxonani rivojlantirish dasturlariga kadrlar bilan 
ishlash rejalari kiritiladi. Biroq ushbu rejalarda ahvolning o‘zgarishi mumkinligi 
hisobga olinmaydi. Bunday holatlarda personal bilan ishlash rejalari umuman to‘g‘ri 
tasavvurlarga asoslangan bo‘lishi mumkin bo‘lsada, ko‘proq ehtiroslarga berilish 
natijasida yuzaga keladi. 
Kadrlar munosabatlaridagi muhim masalalardan biri kadrlar texnologiyalaridir. 
Bevosita kadrlar texnologiyalari – personal maqomi va xususiyatlariga nisbatan uslub, 
shakl va faoliyat izchilligi bilan korxonada personalni rivojlantirish, kadrlar 
strategiyalari va dasturlarining aniq vazifalari hal etiladi. 
Kadrlar munosabatlari amaldagi qonunchilik va huquqiy me’yorlarga muvofiq 
boshqariladi. Bunda quyidagi xususiyatlarni e’tiborga olish lozim: 
-kadrlar munosabatlarini me’yoriy-huquqiy boshqarish. Bu personalni kasbiy 
o‘qitish, tanlash, joy-joyiga qo‘yish, baholash uchun huquqiy me’yorlar tizimini 
ishlab chiqishni talab etadi. Ushbu hujjatlarda kadrlar ishining o‘ziga xos 
xususiyatlari, qulay ijtimoiy-psixologik muhitni yaratish hisobga olinishi kerak; 
-iqtisodiy kon’yukturani hisobga olgan holda kadrlar bilan ishlashning uzoq 
muddatli konsepsiyasini ishlab chiqish; 
-zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish asosida kadrlar tarkibi ahvoli 
monitoringi tizimini shaklantirish. 
Kadrlar munosabatlari va mehnat munosabatlarini muntazam tahlil yetib borish, 
vujudga kelayotgan muammolarni o‘z vaqtida hal etish amaliy chora-tadbirlarini 
ko‘rish boshqaruv samarali tizimini yaratishning muhim omilidir. Bu personalni 
rivojlantirish dasturlarida ham albatta hisobga olinishi kerak. 


183 

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling