В. Umurzakov, G. Abdurahmanova, S. Xolmuratov
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
cover MexSot Kaf 10.KORXONADA KADRLAR SIYOSATI 10ta
«Zafar»
kompaniyasining kadrlar siyosati to‘g‘risidagi Nizom Kadrlar siyosatining mohiyati tashkilot missiyasini amalga oshirish uchun kompaniyani malakali xodimlar bilan ta’minlashdan iborat. Kadrlar siyosatining asosiy maqsadlari quyidagicha: 1. Barcha xizmat va bo‘linmalarda kompaniya va har bir xodimning maqsadlariga erishish uchun samarali va sifatli ishlashga intiluvchi malakali hamda sodiq kadrlar tarkibini shakllantirish. 2. Har bir xodimning kasbiy va shaxsiy rivojlanishi, teng imkoniyatlarini ta’minlash, adolatlilik va ijtimoiy himoyalanish prinsiplariga rioya qilish. 3. Kompaniyada xodimlarning mehnat faoliyatini Mehnat kodeksi, davlat me’yoriy huquqiy hujjatlari, ichki mehnat tartib qoidalari, qo‘llanmalar, jamoa shartnomasiga qat’iy muvofiqligida ilova qilish. 4. Kompaniya xodimlarining kasbiy va shaxsiy salohiyatini ularning manfaatlarini kompaniya manfaatlariga muvofiq rivojlantirish. 5. Yuqori darajadagi xolisonalikni ta’minlovchi va xodimlarning rivojlanishi va malakasini oshirishni kuchaytiruvchi personalni baholash usullaridan foydalanish. 6. Tashkiliy-shtat tuzilmasini maqbullashtirish maqsadida samaradorlik tahlilini amalga oshirish. Kadrlar siyosatining vazifalari quyidagi o‘zgartirishlarga muvofiq har yili to‘g‘irlanadi: tashqi muhitda: raqobat sohasi, mehnat qonunchiligi talablari, mehnat bozoridagi vaziyat; ichki muhitda: xo‘jalik faoliyatining talablari, kompaniyaning rivojlash strategiyasi va moliyaviy imkoniyatlari, personalni boshqarish uchun xarajatlarning unga belgilaydigan ehtimoliy darajasi; mavjud xodimlarning miqdori va sifat tavsifnomalari, istiqbolda ularni o‘zgartirish yo‘nalishlari; Kadrlar siyosati quyidagi prinsiplarda tuziladi: 75 - rejalilik va komplekslilik; - ishchanlik, samaradorlik; - boshqarish tizimining moslaShuvchanligi; - teng imkoniyatlar; - mehnatga adolatli mukofoti; - ijtimoiy himoya; - korporatsiya manfaatlari bilan cheklanganlik; - ochiqlik, xabardorlik; - qayta bog‘lanishni ta’minlash: kompaniya – xodim – kompaniya. Kompaniyaning kadrlar siyosatining ob’ekti kadrlar hisoblanadi. Kompaniya kadrlar siyosatining ustuvorliklari inson kapitalini saqlash va yanada ko‘paytirish, kasbiy, amaliy, shaxsiy bilimlarni, qobiliyat va ko‘nikmalarni rivojlantirish va ketma-ketlik asosida zamonaviy standartlarga javob beruvchi yuqori darajadagi mahoratni ta’minlashdir. Kompaniya xodimlarga quyidagi talablarni belgilaydi: 1. Kompleks vazifalarni hal qilish, muntazam va dinamik ishlash, yangi texnologiyalarni o‘zlashtirishni ta’minlovchi mahorat. 2. Ishlarni bajarish sifati va kompaniya mol-mulkining saqlanishi, shuningdek, vazifalarning bajarilish me’yor, qoida va muddatlariga rioya qilishda intizomliligi uchun yuqori javobgarlikni talab qilish sharti. 3. Kompaniya va xodim maqsadlarining birligini aks ettiruvchi, tashkilotning barqaror rivojlanishiga imkon beruvchi qarorlarning qabul qilinishini ta’minlovchi vijdoniylik va to‘g‘rilik. Ko‘rsatilgan talablarga munosib xodimlarni moddiy mukofotni oshirishda kadrlar xizmati ishining ustuvor yo‘nalishidir. Kadrlar siyosatining tuzilishi bir qator o‘zaro bog‘langan jarayonlarni ifodalaydi: kadrlar statistikasi va tahlili orqali kompaniyaning istiqbolli rejalariga muvofiq kadrlarga bo‘lgan miqdor va sifat talabini rejalashtirish, sotsiologik tadqiqotlar va 76 statistika ma’lumotlarini qayta ishlash; kompaniyada ishlash uchun yuqori malakali va tajribali mutaxassislarni izlash, kasbiy va psixofiziologik tanlash; yangi qabul qilingan xodimlarni qabul qilish va samarali manzilli moslashishni kuzatish; kompaniya xodimlari bilan intizomiy munosabatlarni kuzatish; personalni baholash va attestatsiya qilish; personalning lavozimi o‘sishini boshqarish, samarali joylashish va rejalashtirish, Shu jumladan, yuqori lavozimlarga ko‘tarilishi uchun zaxirani shakllantirish; kompaniya personalining uzluksiz, kasbiy ta’limi va malakasini oshirish; ishdan bo‘shatilgan va qisqartirilgan xodimlar bilan manzilli ishlash; yosh mutaxassislar, o‘quv yurtlari bitiruvchilarini jalb etish va biriktirish, yangi qabul qilingan xodimlardan faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlariga ega va kompaniya manfaatlariga sodiq bo‘lgan yuqori darajali professionallarni shakllantirish. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling