В. Umurzakov, G. Abdurahmanova, S. Xolmuratov


Kompaniyada xodimlarni o‘qitish va malakasini oshirish tizimini yaratish


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/105
Sana16.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1501066
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   105
Bog'liq
cover MexSot Kaf 10.KORXONADA KADRLAR SIYOSATI 10ta

Kompaniyada xodimlarni o‘qitish va malakasini oshirish tizimini yaratish 
va rivojlantirish kompaniya xodimlarining doimo o‘z ustida ishlashlari va malaka 
oshirishlari asosida tashkil etiladi. Bu jarayonda ichki korporativ o‘qitishga asosiy 
urg‘u beriladi: ish paytida o‘qitish, murabbiylik, seminar va treninglar o‘tkazish. 
Xodimlarning o‘z malakasini oshirish istagi, kompaniya rahbariyati tomonidan 
ma’naviy va moddiy qo‘llab-quvvatlanishi, kompaniya faoliyati uchun foydali 
bo‘lgan bilimni xodimlarga o‘rgatish uchun ketadigan sarf xarajatlar to‘liq to‘lanishi 
kerak.  
Kompaniya korporativ madaniyatini shakllantirish va mustahkamlash. 
Kompaniya xodimlarining xizmatga ishonchini oshiruvchi turli tadbirlarning 
o‘tkazilishi xodimlar o‘rtasida korporativ madaniyatning vujudga kelishiga sabab 
bo‘ladi. Kompaniyada ham tashqi, ham ichki ijobiy imijning yaratilishi, jamoada 
ijtimoiy tabaqalaShuv vujudga kelishining oldini oladi. Kadrlar siyosatini samarali 
amalga oshirish uchun asosiy javobgarlik yaqin filiallari va rahbar kadrlar bilan yaqin 
munosabatlarga asoslanadi.


80 
Korxonaning kadrlar siyosatini ishlab chiqish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar:
1. Korxonaning kadrlar siyosatini ishlab chiqish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar 
(bundan keyin – Uslubiy tavsiyalar), umumiy tavsifga ega bo‘lmagan va ish joyidagi 
haqiqiy vaziyatni inobatga olgan xolda islohotlar jarayonida ishlab chikilgan 
korxonaning xodimlar (kadrlar) tarkibini boshqarish uchun ehtimoliy yechimlarni o‘z 
ichiga oladi.
2. “Xodimlarni boshqarish” tushunchasi ikki asosiy jihatdan iborat: xususiy va 
tashkiliy. 
Xususiy boshqaruv tushunchasi quyidagi muhim elementlarga asoslanadi: 
umumiy strategiyani aniqlash;
korxona ehtiyojlarini xodimlarning mavjud imkoniyatlarini hisobga olgan 
holda rejalashtirish;
jalb etish, tanlash va xodimlarni baholash;
kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash;
rag‘batlantirish tizimi (faoliyatini boshqarish);
mustaqil kadrlar tayyorlash;
ishni tashkillashtirish, Shu jumladan, ish o‘rinlarini belgilash ular o‘rtasidagi 
funksional va texnologik bog‘liqliklar ish bajarilishining davomiliygi va mazmuni, 
mexnat shartlari; 
ish haqi va ijtimoiy xizmatlar siyosati;
kadrlar xarajatlarini boshqarish.
3. Kadrlarni birgalikda boshqarishga munosabat, barcha ishchi xodimlar va 
kompaniyaning barcha bo‘linmalarini o‘z ichiga oladi.
4. Kadrlarni boshqarish strategiyasini shakllantirishda rahbariyat tomonidan
qabul qilingan korxona faoliyati strategiyasi qoidalarini hisobga olish tavsiya etiladi.
Kadrlar boshqaruvi maqsadlarini aniqlash, ya’ni kadrlar boshqaruvi sohasidagi 
qarorlarni qabul qilishda iqtisodiy jihatlarni (xodimlarni boshqarishning qabul 
qilingan strategiyasi), hamda xodimlarning ehtiyoj va manfaatlarini (mehnatga 


81 
layoqatli ish haqi, qoniqarli mehnat sharoitlari, xodimlarning qobiliyatlarini 
rivojlantirish va amalga oshirish uchun imkoniyatlar va hokazolarni) hisobga olish. 
Kadrlar ishi mafkurasi va tamoyillarini shakllantirish, ya’ni kadrlar ishi 
mafkurasi hujjat shaklida aks ettirilishi va korxona boshlig‘idan boshlanib, 
korxonaning barcha tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari tomonidan kundalik ishlarda 
qo‘llanilishi kerak. Ushbu hujjat korxona xodimlari bilan ishlashda me’yoriy-huquqiy 
me’yorlarga ega bo‘lmagan axloqiy majmua bo‘lishi kerak. Korxona xodimlarining 
mafkurasi korxonaning rivojlanishi va tashqi shartlarining o‘zgarishlariga ko‘ra 
aniqlanishi mumkin. 

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling