В. Umurzakov, G. Abdurahmanova, S. Xolmuratov


Kadrlar siyosati kengashi haqida


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/105
Sana16.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1501066
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   105
Bog'liq
cover MexSot Kaf 10.KORXONADA KADRLAR SIYOSATI 10ta

Kadrlar siyosati kengashi haqida
Nizom 
1.Umumiy qoidalar 
1.1. Kadrlar siyosati kengashi (keyin – Kengash) maslahatchi organ 
hisoblanib, tavsiyalar va kadrlar masalalari bo‘yicha boshqaruv, turli darajadagi 
tashkilot rahbarlari faoliyatini muvofiqlashtirish va kadrlar siyosati birgalikda tahlil 
qilish uchun mo‘ljallangan.
1.2. 
Kengash 
o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi amaldagi 
qonunchiligiga, O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari 
vazirligining me’yoriy-huquqiy hujjatlari va hokazo hujjatlari va ushbu Nizomga 
amal qiladi. 
1.3. Boshqaruv tarkibi tashkilot rahbari buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
1.4. Kengash qarorlari va takliflari tashkilotda xodimlar bilan ishlash uchun 
yangi strategiyalar, nizomlar, buyruqlar va hokazo me’yoriy-uslubiy hujjatlar 
tayyorlash va ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi va tavsiyanomaga ega. 
2. Kengashning asosiy maqsadi va vazifalari
2.1 Kengashning asosiy maqsadi tashkilotning yagona kadrlar siyosatini 
amalga oshirishga yordam berishdan iborat.
2.2. Kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
2.2.1. Tashkilotning kadrlar sohasidagi jarayonlarni tahlil qilishda ishtirok 
etish. 
2.2.2. Kadrlar siyosatidagi o‘zgarishlarni tuzish va tayyorlashda ishtirok etish. 
2.2.3. Xodimlar bilan bog‘liq ichki korporativ tuzilmalarni ishlab chiqishda 
ishtirok etish.


87 
2.2.4. Tizimdagi bo‘lim rahbarlari o‘rtasida kadrlar masalalari bo‘yicha 
munosabatlarda paydo bo‘ladigan bahsli masalalarni hal qilishda ishtirok etish va hk. 
 
 
3. Kengashning vazifalari
3.1. Korxona boshlig‘ining jamoadagi kadrlar siyosatining asosiy 
yo‘nalishlari bo‘yicha qarorlarini amalga oshirish. 
3.2. Korxona xodimlarining ishini takomillashtirish masalalari bo‘yicha 
tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari harakatlarini muvofiqlashtirish. 
3.3. Korxonada xodimlar bilan ishlash bo‘yicha materiallarni tahlil qilish, eng 
yaxshi ichki va xalqaro tajribani umumlashtirish;
3.4. Kadrlar siyosati samaradorligini aniqlash usullarini ishlab chiqish. 
3.5. Korxona xodimlari bilan ishlashning eng yaxshi tajribalarini tahlil qilish 
va tarqatish. 
3.5. Korxonada rejalashtirish, baholash, targ‘ib qilish, rivojlantirish, kadrlarni 
tayyorlash va o‘qitish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish. 
3.6. Xodimlar bilan ishlashga mas’ul tarkibiy bo‘linmalar xodimlarining 
kasbiy mahoratini oshirish bo‘yicha takliflar kiritish. 
3.7. Kadrlar sohasiga daxldor ichki o‘zgarish loyihalari va me’yoriy-huquqiy 
hujjatlar loyihalari bo‘yicha xulosalar tayyorlash. 

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling