В. Umurzakov, G. Abdurahmanova, S. Xolmuratov
Samarali mehnat tizimini yaratish
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
cover MexSot Kaf 10.KORXONADA KADRLAR SIYOSATI 10ta
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kompaniyada tashkiliy tartibni yaratish va saqlash
Samarali mehnat tizimini yaratish har bir xodimning rejalashtirilgan o‘z
shaxsiy mehnat faoliyatiga bevosita va barqaror qiziqishining natijaviyligini ta’minlash va rejaga nisbatan natijaning o‘sishiga olib keladi. Kompaniyaning asosiy tarkibiy qismlaridan biri xodimlarni ruhlantirish uchun pul mukofotini joriy etish mexanizmidir. Pul mukofoti tizimining asosiy tamoyili – teng mehnat uchun teng to‘lov degan ma’noni anglatadi, ya’ni lavozimining qiyinligi va muhimlik darajasi asosida, bir xil mehnat faoliyati natijasiga ko‘ra, oylik maosh xodimlar o‘rtasida teng taqsimlanadi. Kompaniyada pul mukofoti bilan taqdirlash ikki qismdan iborat: doimiy kafolat asosida (maoshdan) va o‘zgaruvchan qismi, kompaniya va uning bo‘limlarida xodim mehnat faoliyatining natijaviyligiga asosan. Ish xaqi xodimning xar yili bajargan ishining natijasi asosida xodimning lavozimi va razryadiga qarab belgilanadi. Har bir xodim ishining samarasiga qarab, o‘zi uchun kafolatlangan mukofotni oshirish imkoniyatigi ega. Maoshning o‘zgaruvchan qismi rag‘batlantirish hisoblanib, yillik bonus sifatida rahbarlar uchun kompaniya (kompaniya moliyaviy ko‘rsatkichlari foydaliligi asosida butun kompaniya mehnat samaradorligi natijasiga qarab), har chorakda o‘rta bo‘g‘in boshqaruvchilari, bo‘lim mutaxassislari va hokazo xodimlar uchun pul mukofotlari yil oxiridagi hisobot asosida belgilanadi. O‘z ishining natijaviyligini hisobot qiluvchi ayrim xodimlar uchun o‘zgaruvchan qismi shaxsiy faoliyati samaradorligini oshirish bilan bog‘liq. Kompaniyada tashkiliy tartibni yaratish va saqlash kompaniyaning strategik maqsadlariga erishishning asosiy shartlaridan biri bo‘lgan tashkiliy tartib qoidaning shakllanishi uchun eng muhim shart-sharoitlardan biri, bu xodimlar tomonidan o‘z xizmat vazifalarini sitqidildan bajarishi, boshqaruvchilarning qo‘l ostidagi xodimlarga talabchanligi, xodimlarning mehnat va ishlab chiqarish 79 intizomiga so‘zsiz rioya etishi, rahbarlari tomonidan berilgan farmoyishlar va mehnat topshiriqlarini so‘zsiz bajarishi natijasidir. Xodimlar o‘z vazifalarini nizomda ko‘rsatilgan qoidalarga rioya etgan xolda sitqidildan bajarsalar, nizomda ko‘rsatilgan qoidalar asosida rahbarlar ham o‘z ishlariga mas’uliyat bilan yondashsalar va qabul qilingan qarorlar natijalari nazorat qilinsagina, kompaniya faoliyatini birgalikda tashkillashtirish samarasini ko‘rish mumkin. Ishlab chiqarish qoidalari kompaniya faoliyatini olib borishning ichki tartib qoidalari va axloqiy standartlari orqali boshqariladi. Xulqi, majburiyatlari, huquq va vazifalari esa Kodeks orqali belgilanadi. Agar tashkiliy tartib kompaniyaning asosiy faoliyatini belgilab bersa, xodimlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan xar qanday xato ham tegishli jazo, iqtisodiy va ma’muriy chora, hattoki xodimning ishdan olinishiga olib keladi. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling