В. Umurzakov, G. Abdurahmanova, S. Xolmuratov
Xodimlarning mehnat faoliyatini rejalashtirish
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
cover MexSot Kaf 10.KORXONADA KADRLAR SIYOSATI 10ta
3.2.Xodimlarning mehnat faoliyatini rejalashtirish Kadrlar siyosatining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri xodimlarni rejalashtirishdir. Kompaniya xodimlarini rejalashtirishning asosiy maqsadi – kundalik ishlarda xodimlarning barcha toifalari manfaatlarini hisobga olishni ta’minlash. Kompaniyalardagi barcha asosiy bo‘linmalar faoliyatini kadrlar siyosatini aniq 94 rejalashtirish, ishlab chiqish va takomillashtirishsiz amalga oshirishi mumkin emas. Xodimlarni rejalashtirish, yaqin kelajakda tashkiliy reja va dasturlarni ishlab chiqishda amalga oshiriladi, bu esa xorijiy tashkilotda ishlab chiqarish vazifalarini bajarilishini ta’minlaydi. Xodimlarni rejalashtirish kompaniyadagi maxsus xizmat vazifasi hisoblanadi. Odatda statistika ma’lumotlarini to‘plash, xodimlarning holatini tahlil qilish, xodimlarning reja loyihalarini ishlab chiqish va uni tasdiqlash bo‘yicha qaror qabul qilishda ishtirok etishni rejalashtirish bo‘limlari tashkil etiladi. Umuman kadrlar bo‘linmalari xodimlar harakati, lavozimi, xodimlarning aylanishi va kompaniyada yangi bo‘sh lavozimlarning paydo bo‘lishini taxmin qilish uchun mo‘ljallangan. Inson resurslarining miqdor va malakaviy sifat ko‘rsatkichlarini rejalashtirishning samarali muhim sharti hisoblanib, kadrlar bo‘limining vazifasiga kirib, xodimlarni rejalashtirish kompaniyaning texnik rivojlanishiga samarali ta’sir ko‘rsatadi va texnologik omillar ham o‘z navbatida, xodimlarni rejalashtirish mazmuniga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Xodimlarni rejalashtirish jarayonidagi muhim element – kompaniya xodimlarining vazifalarini aniq belgilash va u quyidagilardan iborat: lavozimning nomi va vazifalarini aniq ko‘rsatish; ushbu lavozimni kompaniyaning boshqaruv tarkibiga moslashtirish va muvofiqlashtirish; ma’muriy bo‘ysunish pog‘onasi va darajasi; rasmiy vazifalardan foydalanishning asosiy maqsadi; eng yaqin lavozim va uning vakolatlari; ushbu lavozimni almashtirish yo‘llari va hokazo boshqaruv lavozimlari; ushbu lavozimni egallagan xodimni kasbiy rivojlantirish bo‘yicha rejalashtirish tadbirlari. Inson resurslarini ushbu turdagi rejalashtirish, xodimga faqat iqtisodiy yondashuvga asoslanadi, uning mohiyati quyidagilardir: 95 - kompaniya xodimidan ishga joylashish uchun sarflanuvchi xarajatlar; - ishga qabul qilish; - o‘qitish, qayta o‘qitish; - munosib mehnat sharoitlarini yaratishga sarflanuvchi xarajatlar; - uzoq muddatli foyda keltirishiga qaratilgan tadbirlar. Kadrlarni rejalashtirish sohasida yakuniy qarorlar qabul qilish uchun javobgarlik kompaniyani boshqarish bilan bog‘liq bo‘lib, u xodimlarni rejalashtirishni ishlab chiqarish qarorlari majmuasiga integratsiyalashishga qaratilgan. Qoida tariqasida korxona rahbarlari eng muhim maqsadlarni belgilab olishlari va qanday tadbirlarni amalga oshirish kerakligini aniqlashlari kerak. Kadrlar ishini rejalashtirish, kompaniyaning to‘liq boshqarilishining muhim qismidir, Shuningdek, xodimlarning kasbiy va malakali tuzilmasida o‘zgarishlarni kuzatishni o‘z ichiga oladi va ishchi kuchi rivojlanishining tendensiyalarini aniqlash va uning uchun sifatli va miqdoriy talablarni belgilash uchun mo‘ljallangan. Bu inson resurslari samaradorligini sezilarli darajada yaxshilaydi. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling