В. Umurzakov, G. Abdurahmanova, S. Xolmuratov
Kengash rahbariyati va uning ish tartibi
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
cover MexSot Kaf 10.KORXONADA KADRLAR SIYOSATI 10ta
- Bu sahifa navigatsiya:
- Direktor o‘rinbosari imzo 3-amaliy mashg‘ulot
4. Kengash rahbariyati va uning ish tartibi
4.1. Kengash raisi tomonidan boshqariladi. U xodimlar bilan ishlashni nazorat qiluvchi tashkilot rahbarining o‘rinbosari. 4.2. Kengashning hozirgi ishlarini Boshqaruv raisining o‘rinbosari tashkil etadi. Kengash raisining o‘rinbosari - Kadrlar xizmati rahbari. 4.3. Kengash raisi o‘rinbosari: Kengash raisi bilan kelishilgan holda Kengash ishini rejalashtiradi; Kengash majlislarini tashkil etadi; Kengash majlislari uchun 88 materiallar tayyorlaydi; har yili korxona boshlig‘ining o‘rinbosariga, 20 yanvardan kechiktirmay Kengash ishi haqida hisobot taqdim etadi. 4.4. Kengash tarkibiga korxonaning barcha yo‘nalishi bo‘yicha rahbarlari kiradi. 4.4. Kengash o‘z yig‘ilishini zarur deb bilsa-da, yarim yil ichida kamida bitta uchraShuvni o‘tkazadi. Direktor o‘rinbosari imzo 3-amaliy mashg‘ulot O‘zbekiston bo‘ylab filiallar tarmog‘iga ega yirik nodavlat ishlab chiqarish kompaniyasi 20 yildan buyon o‘z faoliyatini olib boradi. So‘nggi uch yil davomida korxonaning kadrlar sohasida ayrim muammolar yuzaga keldi: xodimlar qo‘nimsizligi biroz ko‘paydi, xodimlarning korxonaga sadoqati pasayib ketdi, yuqori darajadagi rahbar va mutaxassislar munosib ish haqiga ega bo‘lishiga qaramay, kompaniyani tark etdilar. Yuqori malakali kadrlar orasida raqobatbardosh ustunlik yo‘qolishi xavfi mavjud edi. Bu boshqaruv kengashini bezovta qildi, majlisda bosh direktor o‘rinbosari va bosh texnologning Shu mavzudagi ma’ruzalari eshitildi. Rasmiy nuqtai nazardan, hamma narsa tartibli olib borilayotgandek edi: davlat mehnat inspeksiyasining tekshiruvlari korxonada mehnat qonunlari qo‘pol ravishda buzilishini aks ettirgani yo‘q, xodimlarning malakaga doir vakolati haqida Shubha yo‘qligi va hatto kompaniyaning kadrlar siyosati to‘g‘risidagi hujjat mukammal ishlab chiqilganligini qayd etdi. Biroq direktor o‘rinbosari tomonidan o‘z vaqtida ishlab chiqilgan va jamoa majlisida o‘z tasdig‘ini olgan hamda amalga oshirilgan kadrlar siyosati bir qator muhim kamchiliklarga ega bo‘lganligi ham aniqlandi: asosiysi 89 kadrlar siyosati korxona biznes strategiyasiga bog‘liq emas edi. Kadrlar siyosatini ishlab chiqishda direktorlar kengashi, o‘rta bo‘g‘in boshqaruvchilari jalb qilinmagan, bosh korxonada yoki uning filiallarida xodimlarni boshqarish samaradorligi monitoring qilinmagan. Munozara yakunlari bo‘yicha yetakchi kengash, direktorlar kengashi va shaxsan bosh direktor ko‘p hollarda vaziyat uchun aybdor bo‘lib, kadrlar siyosati va kadrlar strategiyasini ishlab chiqishda ishtirok etishdan chetda qolgan deb paradoksal (ziddiyatli) xulosaga kelishdi. Shu sababdan korxonaning kadrlar siyosati bo‘yicha Kengashni tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Direktor o‘rinbosari barcha rahbarlarni jalb etish uchun o‘zaro aloqa mexanizmini ishlab chiqish, korxonaning biznes strategiyasidan kelib chiqib, uning muhim tarkibiy qismiga aylanib boruvchi kadrlar siyosatining yangi loyihasini ishlab chiqish jarayonini taklif etdi. U keyinchalik kadrlar siyosatini monitoring qilish natijalari va kadrlar boshqaruvi tizimining samaradorligini muntazam baholash asosida ehtimoliy tuzatishlar bo‘yicha taklif va tashabbuslarning muvofiqlashtiruvchi mutaxassisi bo‘lishi kerak, degan taklifni kiritdi. Ushbu vaziyatdan kelib chiqib quyidagi muammolarga e’tiboringizni qaratamiz va savollarga javob tayyorlash borasida bu vaziyatdan chiqib ketish yo‘llarini topamiz. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling