В. Umurzakov, G. Abdurahmanova, S. Xolmuratov


Talabalar uchun o‘z-o‘zini nazorat qilish savollari


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/105
Sana16.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1501066
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   105
Bog'liq
cover MexSot Kaf 10.KORXONADA KADRLAR SIYOSATI 10ta

Talabalar uchun o‘z-o‘zini nazorat qilish savollari 
 
1. Korxonada kadrlar siyosati nima uchun zarur? 
2. Korxonada kadrlar zaxirasi qanday shakllanadi? 
3. Korxonada kadrlar siyosatining vazifalari nimalardan iborat? 
4. Xorij korxonalaridagi kadrlar siyosatining namunali jihatlari haqida 
fikringiz qanday? 
5. Korxonada kadrlar miqdorini rejalashtirish, saralash va tanlash hamda 
baholashning o‘ziga xosligi.
6. Korxonaning kadrlar miqdorini belgilashning birlamchi bosqichini aytib 
bering. 
7. Korxonada mehnat unumdorligi darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi ichki 
va tashqi omillarni aytib bering. 
8. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarida kadrlar siyosatining 
xususiyatlarini aytib bering. 
9. Kadrlar siyosati va kadrlar xizmatining xodimlar miqdori bilan bog‘liq 
jihatlari nimalardan iborat? 
10. Korxonada kasb malakasini oshirish, yangi kasbga o‘rgatish va 
xodimlarning professional mahoratini oshirishda ta’lim sohasining o‘rnini 
aytib bering. 


109 
IV BOB. KADRLAR XIZMATINING KORXONA KADRLAR 
SIYOSATIDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI 
4.1. Kadrlar xizmati boshqaruvchisiga talablar 
Kadrlar xizmati boshqaruvchisiga korxonada personal bilan ish olib boruvchi 
asosiy bo‘g‘indir. Ishlab chiqarishda inson omilining ortishi, hozirgi bozor sharoitida 
raqobatning kuchayishi, moliyaviy muvaffaqiyatga erishish zarurati personalni 
boshqarish xizmatlari roli va ahamiyatini kuchaytirib yubordi. 
Samarali faoliyat ko‘rsatayotgan kompaniya va firmalar bugungi kunda 
innovatsiya strategiyalari, yangi mahsulot turlari, tashkiliy tuzilmalar yaratish bilan 
inson resurslarini boshqarish, mehnat salohiyatini rivojlantirish uslublari o‘rtasidagi 
mavjud uzilishlarni bartaraf etishga eng asosiy masala sifatida qaralmoqdalar. 
Muammoni ijobiy hal etish ko‘p jihatdan personalni boshqarish xizmatiga bog‘liq 
bo‘lib qoldi.
Iqtisodiyotda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar an’anaviy kadrlar bo‘limlarining 
funksiyalari yo‘q bo‘lib ketadi, degan ma’noni bermaydi. Ishga qabul qilish, kadrlarni 
tayyorlash, ish haqi, ijtimoiy imtiyozlarni taqsimlash masalalari bundan buyon ham 
personalni boshqarish xizmati funksiyalarida asosiy o‘rinlarni egallashi aniq. Shu 
bilan bir qatorda bu funksiyalarni amalga oshirish shakl va uslublarida sifat jihatidan 
o‘zgarishlar qilish ham hayotiy zaruratga aylanmoqda.
Kadrlar xizmatlari jahondagi yetakchi kompaniyalar va firmalarda korxonaning 
asosiy bo‘linmasi hisoblanadi. Amaliyotda ular zimmasiga quyidagi vazifalar 
yuklatilgan: 
- kompaniya yoki firmani yuqori malakali va manfaatdor xodimlar bilan 
ta’minlash; 
- personalni ishga qiziqtirish tizimlarini takomillashtirish; 
- personal barcha toifalarining o‘z mehnatidan qoniqish hosil qilish darajasini 
oshirish; 
- personal malakasini oshirish va kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirish va yuksak 


110 
darajada ushlab turish; 
- qulay ma’naviy muhitni saqlash; 
- xodimlar va rahbariyat uchun o‘zaro foyda keltirishini ko‘zlagan holda 
personalni korxona ichida almashinuvlarini boshqarish; 
- karerani rejalashtirish; 
- personal ijodiy faolligini oshirish, kompaniya yoki firma innovatsiya rejalarini 
amalga oshirishda ko‘maklashish; 
- personal faoliyatini baholash va boshqaruv personalini attestatsiyadan o‘tkazish 
uslublarini takomillashtirish. 
 

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling