В. Umurzakov, G. Abdurahmanova, S. Xolmuratov


-qadam. Kadrlar siyosatini rasman tasdiqlash. 4-qadam


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/105
Sana16.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1501066
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   105
Bog'liq
cover MexSot Kaf 10.KORXONADA KADRLAR SIYOSATI 10ta

3-qadam. Kadrlar siyosatini rasman tasdiqlash.
4-qadam. Kadrlar siyosatining asosiy tamoyillari va ustuvor yo‘nalishlari 
to‘g‘risida tashkilot xodimlariga ma’lumot berish. 
 
4.3. Korxonada kadrlar zahirasini shakllantirish yo‘llari
Kadrlar zaxirasi deyilganda o‘z amaliy va shaxsiy sifatlari bo‘yicha muayyan
darajadagi rahbarga qo‘yiladigan talablarga javob beradigan, saralashdan, maxsus 
boshqaruv va kasbiy tayyorgarlikdan o‘tgan hamda rahbarlik faoliyatini amalga 


121 
oshirishga qodir bo‘lgan xodimlarning maxsus shakllantirilgan guruxi tushuniladi.
Personal bilan ish olib borishning boshqa ko‘pgina yo‘nalishlari kabi kadrlar 
zaxirasi bilan ishlash ham kompleks harakterga ega va o‘zaro bog‘liqdir  
Ma’lumki, kompaniya va firmalarda kadrlar siyosati yopiq hamda ochiq 
bo‘lishi mumkin. YOpiq turdagi kadrlar siyosatida zaxira manbalari quyidagilardan 
iborat bo‘ladi: 
- bosh va yetakchi mutaxassislar; 
- tegishli ma’lumotga ega, amaliy faoliyatda o‘zini ijobiy jihatdan namoyon 
qilgan mutaxassislar; 
- stajirovkadan o‘tgan yosh mutaxassislar. 
Ochiq turdagi kadrlar siyosatida zaxiraga ham korxona o‘zidagi, ham boshqa 
kompaniya va firmalardagi, ham davlat, ham tijorat va xususiy korxonalardagi, 
jamoat birlashmalari, boshqa tashkilotlardagi rahbar xodimlar, mutaxassislar kiritilishi 
mumkin. Xodimlarni deyarli barcha bo‘g‘inlardagi rahbarlik lavozimida o‘stirishga 
jalb etish zahirani shakllantirish oshkoraligini ta’minlaydi.
Zaxiraga kiritishning ikki turi mavjud. 
1Faoliyat turi bo‘yicha: 
- rivojlantirish zaxirasi. Ularga korxonaning yangi yo‘nalishlari (ishlab 
chiqarish yo‘nalishlari o‘zgartirilganda, yangi texnologiyalar joriy etilganda, yangi 
maxsulotlar 
tayyorlash 
yo‘lga qo‘yilganda) doirasida faoliyat yuritishga 
tayyorlanayotgan rahbar va mutaxassislar kiritiladi. Mazkur xodimlar rahbarlik 
lavozimida o‘sishni, yoki xizmat vazifasida o‘sishni tanlab olishlari mumkin; 

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling