В. Umurzakov, G. Abdurahmanova, S. Xolmuratov
Korxonani boshqarish tizimidagi ma’muriy uslublar
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
cover MexSot Kaf 10.KORXONADA KADRLAR SIYOSATI 10ta
5.3. Korxonani boshqarish tizimidagi ma’muriy uslublar
Ma’muriy uslublar hokimlik, intizom va jarimalarga asoslanib, tarixda “xivchin uslubi” nomi bilan ma’lum. Ma’muriy ta’sir choralarining beshta asosiy usuli farqlanadi. Tashkiliy ta’sirlar muayyan personal faoliyatini tartibga soluvchi ichki normativ hujjatlarni tayyorlash va tasdiqlashga asoslangan. Ularga quyidagilar kiradi: shtat jadvali, korxona ustavi, bo‘linmalar to‘g‘risidagi nizom, jamoaviy shartnoma, lavozim yo‘riqnomalari, ish joyini tashkil etish, boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi. Korxona standartlari va boshqaruv reglamentlari maqomiga chiqqan tashkiliy ta’sir choralari yuqori darajada bo‘lgan korxonalarda ta’sir tartibini qo‘llashga ehtiyoj kamayadi. Boshqa tomondan, tashkiliy ta’sirlarni amalga oshirish ko‘p jihatdan xodimlarning mentalitetiga, ularning “qog‘ozdagi” yo‘riqnomalarga so‘zsiz rioya qilishni, ma’muriyat tasdiqlagan qoidalar bo‘yicha ishlashni istash-istamasliklariga bog‘liq. Masalan Yevropa korxonalari xodimlari belgilangan qoidalarga o‘z-o‘zidan tabiiy ishdek qat’iy amal qiladilar. Bizda esa, odamlar firmadagi standartlarga rahbariyat ko‘rmayotganda buzish mumkin bo‘lgan cheklovlar sifatida qaraydilar. Taqsimlash ta’siri oldinga qo‘yilgan boshqaruv maqsadlariga bevosita ma’muriy tartibga solish yo‘li bilan erishishga yo‘naltirilgan. Ularga: buyruqlar, farmoyishlar, ko‘rsatmalar, mehnat me’yorlari, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish, ishlarni muvofiqlashtirish, ijroni nazorat qilish kiradi. Intizomiy javobgarlik va jarima mehnatga oid qonunchilik buzilganda, intizomiy harakat sodir etilganda (bunda ishchining o‘z mehnat majburiyatlarini noqonuniy aybli bajarmasligi tushuniladi) qo‘llaniladi. Intizomiy javobgarlik quyidagilarni ko‘zda tutadi: tanbeh, hayfsan, qattiq hayfsan va ishdan bo‘shatish. Xodimlarning moddiy javobgarligi ularning o‘z aybli harakatlari yoki harakatsizliklari orqali o‘zlari ishlaydigan korxonaga yetkazgan zararlarini qoplash 139 majburiyatlarida namoyon bo‘ladi. korxonaga keltirilgan zarar turlariga quyidagilar kiradi: mol-mulkni yo‘q qilish yoki shikastlash, bee’tiborlik bilan hujjatlarni yo‘qotish, xodim aybi bilan ishning majburiy to‘xtab qolishi. Moddiy javobgarlik to‘liq va cheklangan, individual va jamoaviy bo‘lishi mumkin. YOzma shartnoma tuzilib, moddiy boyliklar olinganda to‘liq javobgarlik yuzaga keladi. Ma’muriy javobgarlik va jarimalar ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeks bilan tartibga solinuvchi ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilganda qo‘llaniladi. Ma’muriy jarimaning quyidagi turlari farqlanadi: ogohlantirish, jarima, ma’muriy qamoq, axloq tuzatish ishlari, ashyolarni musodara qilish. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi xodimlarni ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish, mehnat va dam olish vaqti, xodimlar va ma’muriyatning asosiy majburiyatlari tartibini, Shuningdek rag‘batlantirish va jarimaga tortish choralarini tartibga soluvchi eng muhim hujjatlardan biri sanaladi. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling