В. Umurzakov, G. Abdurahmanova, S. Xolmuratov


 Korxona personalini lavozimga tayinlash tamoyil va uslublari


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/105
Sana16.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1501066
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   105
Bog'liq
cover MexSot Kaf 10.KORXONADA KADRLAR SIYOSATI 10ta

5.4. Korxona personalini lavozimga tayinlash tamoyil va uslublari 
 
Korxonada personalni joy-joyiga qo‘yish, kompleks baholash natijalari, rejali 
tarzda lavozim o‘sishi, personalga munosib mehnat sharoitini tashkil qilish va ish haqi 
miqdoridan kelib chiqib, ish o‘rinlarini samarali to‘ldirishni ta’minlaydi. 
1. Xodimning lavozim o‘sishini rejalashtirish xodimlarning shaxsiy hissasi
yoshi, ularning malakaviy darajasi, ish tajribasi, ishlab chiqarish staji va mavjud bo‘sh 
ish o‘rinlari (lavozimlar)ning mavjudligini baholash natijalaridan kelib chiqib amalga 


143 
oshiriladi. 
2. Xodimlarga munosib mehnat sharoiti va ish haqi darajasi. Xodim bilan 
tuziladigan mehnat shartnomasida ish haqi miqdori va muntazam ravishda unumli 
mehnati uchun mukofotlar, ish o‘rnining innovatsion texnik va aloqa vositalari bilan 
jihozlanishi, ijtimoiy mukofotlar va kafolatlar belgilanadi. 
3. Xodimlarning rejali harakatlanishi. Kadrlarni rivojlantirish, kasbiy 
darajasi oshishi, rotatsiya qilinishi va ishdan bo‘shatish, xodimlarni baholash natijalari 
va ularning hayotiy qiziqishlariga munosib mehnat sharoitlari va ish haqi darajasi 
muvofiqligidan kelib chiqib amalga oshiriladi. 
Korxona kadrlarini lavozimga tayinlash tizimida quyidagi hujjatlar 
shakllanadi: 
• xodimlarning lavozim o‘sishi rejali modeli; 
• shaxsiy tarkib bo‘yicha buyruqlar tayyorlash; 
• shartnomaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish; 
• o‘zgartishlarni qamrab olgan shtat jadvalini shakllantirish; 
• kadrlar harakatlanishi bo‘yicha yillik hisobotlarni tayyorlash va tahlil qilish; 
• ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) jarayonida mehnatni ilmiy tashkil etish 
loyihalarini tayyorlash va tasdiqlash. 
Kadrlarni joy-joyiga qo‘yish kadrlar bilan ishlashning eng muhim 
bosqichlaridan biri bo‘ladi va o‘zida 3 ta o‘zaro bog‘liq vazifani aks ettiradi: 
• xodimlarning mehnat va intellektual salohiyatini baholash hamda uning 
shaxsiy istaklaridan kelib chiqib, lavozimda o‘sishini rejalashtirish; 
• boshqaruv tizimida kadrlar harakatlanishini adolatli va yuqori darajada 
amalga oshirish (ko‘tarilish, rotatsiya qilish, tushirilish, bo‘shatilish); 
• xodimning munosib mehnat sharoiti va malakasiga yarasha munosib ish haqi 
miqdorini belgilash asosida u bilan mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzish. 
Korxonada mehnat shartnomalarini rasmiylashtirish (mehnat shartnomasini 
tuzish) – ma’muriyat (ish beruvchi) bilan va ishga qabul qilinayotgan xodim 


144 
(yollanma ishchi) o‘rtasidagi mehnat shartnomasini rasmiylashtirish shakli bo‘lib, 
ishga qabul qilish, mehnat va dam olishni tashkil etish, ish miqdori, turi, mehnatning 
davomiyligi, mehnat sharoitlarining ishchi talablariga munosibligi, mehnatga haq 
to‘lash va rag‘batlantirish, ijtimoiy imtiyoz va kafolatlar, kontrakt muddatini 
uzaytirish va bekor qilish tartibini o‘z ichiga oladi. 
O‘zbekiston 
Respublikasida 
bozor 
munosbatlarining 
shakllanishi 
mehnat 
munosabatlarini qonuniy demokratik asosga qo‘yish, ish beruvchilar va xodimlar 
o‘rtasida munosabatlarni shartnoma va keliShuvlar bilan muvofiqlashtirishga yo‘l 
ochib berdi. Mehnat munosabatlariga oid bu huquqiy me’yorlar respublika 
parlamenti tomonidan 1996 yil 1 apreldan e’tiboran amalga kiritilgan (so‘ng bir qator 
o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan) O‘zbekiston Respublikasining Mehnat 
Kodeksi
9
da o‘z ifodasini topdi. 
Ish beruvchi bilan xodim o‘rtasidagi samarali o‘zaro hamkorlikni bozor 
iqtisodiyoti tamoyillariga mos keladigan manfaatlarni uyg‘unlashtirish extimol 
tutilgan mehnat nizolarini hal etish vositalarisiz, bir tomondan, mulkchilik barcha 
shakllarini e’tirof etadigan, ikkinchi tomondan xodimlarni ijtimoiy ximoya qiladigan 
ijtimoiy tizimlarsiz tasavvur yetib bo‘lmaydi. 

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling