В. Umurzakov, G. Abdurahmanova, S. Xolmuratov
Namunaviy qoidalar quyidagi asosiy yo‘nalishlardan iborat
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
cover MexSot Kaf 10.KORXONADA KADRLAR SIYOSATI 10ta
Namunaviy qoidalar quyidagi asosiy yo‘nalishlardan iborat:
• umumiy qoidalar; • xodimlarni ishga olish va bo‘shatish tartibi; • mehnat va dam olish vaqti; • xodimlarning asosiy majburiyatlari; • ma’muriyatning asosiy majburiyatlari; • rag‘batlantirish va jarimaga tortish choralari. Qo‘shimcha ravishda qoidalarga quyidagi bo‘limlar kiritilishi mumkin: • Mehnat haqini to‘lash shartlari; • Ijtimoiy mukofot va kafolatlar; • Xizmat siri. “Reglamentatsiya” fransuz tilidan kelib chiqqan bo‘lib, u davlat organi, korxona, muassasa, tashkilot faoliyati tartiboti, Shuningdek, mehnat jamoasida har xil 140 yig‘inlar, majlis va konferensiyalar o‘tkazish tartibini belgilovchi qoidalar majmuidir. Sohibqiron Amir Temur “Temur tuzuklari”da XIV asr ikkinchi yarmida davlat va raiyatni idora qilish tartiblari, soliq tizimi, keksa-qariyalarga, nogironlar va muhtoj oilalarga moddiy yordam berish tadbirlarini davlat miqyosiga ko‘tarib, ilk bor tadbirlar reglamentini belgilagan. Latviya tarixchiligidan ma’lum XVIII - asrning birinchi choragida Rossiya imperatori Pyotr I tomonidan ilk bor reglament talablari Rossiya davlatining qonunchilik hujjati darajasiga ko‘tarilgandi. Ular markaziy davlat muassasalari shtati, tuzilmasi, funksiya va tartibini, flot va armiya tashkil etilishi, xizmat o‘tash tartibi va hatto jamiyatda kishi xatti-harakatlarini belgilagandi. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan sung, reglament asosan yig‘ilish yoki majlislar o‘tkazish tartibi belgilanayotganda, davlat qonunlarini tayyorlash va qabul qilish, xorijiy davlatlarning yuksak darajadagi rahbarlarining O‘zbekistonga davlat tashrifi chog‘ida, Hukumat, vazirlik va davlat idoralari rahbarlari lavozimga tayinlanganda va lavozimdan ozod qilinganida esga olinadi hamda atamaning tor ma’nosi qo‘llaniladi. Boshqaruv tizimining izchilligi va uyg‘unligi reglamentlar yo‘q bo‘lsa xodimlar va korxona mijozlarining g‘ashiga teguvchi, samarasiz, anarxo-liberal qog‘ozbozlik tizimiga aylanadi. Korxona va mehnat jamoasi miqyosida ham mavjud reglamentlarni boshqaruv tizimi elementlariga qarab quyidagicha tasniflash mumkin: • korxona faoliyatini umumiy tarzda yagona yuridik shaxs sifatida tartibga soluvchi reglamentlar (ustav, ta’sischilar shartnomasi, ichki tartib-intizom qoidalari va b.); • o‘z navbatida, xodimlarning o‘zaro bog‘liq guruhlari majmui sifatida ko‘rilayotgan xodimlar ishini tartibga soluvchi reglamentlar (bo‘linmalar to‘g‘risida nizom, ish o‘rinlari modellari, lavozim yo‘riqnomalari, shartnomalar va b.); • axborot ta’minoti bo‘yicha reglamentlar (ish yuritish, hujjatlar, tasniflagichlar, namunali bank ma’lumotlari va b.); 141 • texnik boshqaruvli ish tartibini muvofiqlashtiruvchi reglamentlar (joylashtirish, pasport, foydalanish yo‘riqnomasi va b.); • boshqaruv jarayonida mehnat jarayonini me’yorlashtiruvchi reglamentlar (lavozim vazifalari, mehnat jarayoni grafigi, texnologik reglament talablari, majlis va kengashlar o‘tkazish reglamenti va b.). Shaxslarning o‘zaro bog‘liq guruhlari sifatida boshqaruv xodimlari ishlarini tartibga soluvchi o‘zaro bog‘liq majmuasi quyidagi yo‘nalishlarda tarkib topadi: • ichki tartib qoidalar; • bo‘linmalar to‘g‘risidagi nizom; • lavozim yo‘riqnomalari; • xodimlar bilan shartnomalar. Korxonaga yangi xodimlarni taklif qilish, ularni maxsus uslublar asosida saralash, tanlash va ishga rasmiylashtirish kadrlar siyosatining asosiy va muhim vazifalardan hisoblanadi. Bu murakkab vazifani professonal asosda amalga oshirishni nimadan boshlash zarur, degan savol tug‘ilishi tabiiy. 1. Korxona direktori buyrug‘i bilan korxonaning “Kadrlarni saralash va tanlash komissiyasini tuzish” darkor. 2. Istiqbolda korxonada qancha yangi ish o‘rinlari mavjud bo‘lishi, ushbu ish o‘rinlariga qancha va qaysi kasb bo‘yicha mutaxassislarga talabning shakllantirilishi baholanishi lozim. 3. Ommaviy axborot vositalarida tanlov haqida e’lon berish. 4. Nomzodlar sog‘lig‘i va ishga layoqatliligini tibbiy ko‘rik orqali tekshirish. 5. Nomzodlarni reyting bo‘yicha kompleks baholash va yakuniy ro‘yxatini shakllantirish. 6. Bo‘sh lavozimga nomzodlarni tanlash bo‘yicha kadrlar komissiyasi xulosasini tayyorlash. 7. Nomzodlarni malakaviy ko‘rsatkichlarga binoan taalluqli lavozimga 142 tasdiqlash, shartnoma tuzish. 8. Nomzodning kadrlar hujjatlarini rasmiylashtirish va kadrlar bo‘limiga topshirish. Korxonaga ishga kirish va rasmiylashtirish uchun talab etiluvchi namunaviy hujjatlar ro‘yxatini e’lon qilib, peshtaxtaga osib qo‘yish. Bular quyidagilar bo‘lishi lozim: 1. Kadrlarni hisobga olish varag‘ini to‘ldirish. 2. Nomzodning ishga qabul qilish haqidagi shaxsiy arizasi olish. 3. Mehnat daftarchasining asl nushasi. 4. Xodim oldingi ishlagan joyidan tavsiyanoma. 5. Xodim pasportining asl nushasi. 6. Xodimning ma’lumoti to‘g‘risidagi diplom (guvoxnoma, sertifikat) asl nushasi. 7. Xodim fotosurati. 8. Tanlangan lavozimda ishlash biznes-rejasi va taklif qilinayotgan istiqbol tadbirlari (rahbar uchun). YUqorida keltirilgan hujjatlar to‘ldirilib, korxonaga topshirilgach, nomzod salohiyat sifatlari kompleks baholanishini o‘tkazish zarur. Baholashning hajmi va batafsilligi xodimning toifasiga va ish joyining muhimligiga bog‘liq. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling