158
Fn – bir ishchi ish vaqti nominal fondi;
Ka – yangi mahsulot ishlab chiqarishni o‘zlashtirish davrida ish vaqtidan
foydalanishning amaldagi koeffitsienti.
5.7. Korxonada xodimlarning mehnatini baholash uslublari
Xodimlarning mehnatini baholash milliy iqtisodiyotimizning innovatsion
bosqichiga o‘tish davrida alohida ahamiyatga ega. Xodimlarni
baholash jarayoni
korxona jamoasi orasida muntazam ravishda amalga oshirilishi hamda ushbu
jarayonni hozirgi zamon kompyuter texnologiyalari asosida olib borish zarur.
Xodimlarning mehnatini baholash, avvalo, xodimning
professional salohiyatini
oshirishga undovchi jarayon hisoblanadi. Ayniqsa, yangi ishchining korxonadagi
mavjud bo‘sh ish o‘ringa olish yoki xodim egallab turgan lavozimga malakaviy talab
jihatidan muvofiqligini aniqlash uch usulda bajariladi:
1.
Xodimning professional va intellektual salohiyatini baholash. Bo‘sh ish
o‘rnini egallashda xodimning professional va intellektual salohiyatini, ya’ni
kasbiy
bilim darajasi va kasbiy mahorati, ishlab chiqarish va xizmat borasidagi tajribasi,
insoniy
xususiyatlari, shaxsiy ruhiyati, dunyoqarashi, sog‘lig‘ining
mustahkamligi,
mehnatga layoqatliligi, umumiy madaniyat darajasini belgilash muhim.
2.
Korxonadagi ishlab chiqarish jarayoniga xodimning individual hissani
baholash. Muayyan xodim mehnatining ish miqdori va mehnat sifati, ishlab chiqarish
va xizmat sohalaridagi murakkablik darajasi, mehnatining
unum va samaradorligi
ko‘rsatkichlari hamda uning egallab turgan lavozimiga muvofiqligini maxsus uslublar
yordamida belgilashga yordam beradi.
3.
Kadrlarni attestatsiya qilish jarayoni talablari. Bu jarayon
xodimning
mehnat natijalariga o‘ziga xos majmuaviy baho berish uslubi hisoblanib, xodimning
professional va intellektual salohiyati hamda mehnatining yakuniy natijadagi alohida
hissasini hisobga olgan holda baho beriladi.