В. Umurzakov, G. Abdurahmanova, S. Xolmuratov


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/105
Sana16.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1501066
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   105
Bog'liq
cover MexSot Kaf 10.KORXONADA KADRLAR SIYOSATI 10ta

Funksiyalarga bo‘linma tuzilmasiga biriktirilgan vazifalar majmui kiradi 
(funksiyalar ro‘yxati, o‘zaro aloqa, ularni davriy bajarish funksiyalari). 
Huquqlarga tuzilmaviy bo‘linmalarga biriktirilgan boshqaruv funksiyalarini 
bajarish (masalan, vazifalarni bajarish uchun tuzilmaviy bo‘linmalardan kerakli 
axborot taqdim etishni talab etish; kutubxona, laboratoriyalar xizmatlaridan 
foydalanish; bo‘ysunuvchi xodimlar uchun lavozim yo‘riqnomalarini ishlab chiqish 
va sh.k.) uchun turli resurslar (mehnat, axborot, texnik, material, moliya, 
energetik)dan foydalanish imkoniyatini taqdim etish kiradi. 
Javobgarlikka korxonaning mulkchilik shakli va turidan qat’iy nazar, 
tuzilmaviy bo‘linmaning barcha xodimlari iqtisodiy rivojlanishning yillik (chorak, 
oylik, haftalik, kunlik) rejasida shakllantirilgan, korxonaning o‘z maqsad va 
vazifalarining bajarilishi uchun differensial javobgarlik (individual yoki jamoaviy)ka 
ega bo‘lganligini belgilaydi. 
Korxona rahbari va xodimlar quyidagi huquqbuzarliklar yuzasidan 
javobgarlikka tortilishi mumkin: 
• boshqa tuzilmaviy bo‘linmalar va yuqori turuvchi tashkilotlarga hal 
etilayotgan vazifalar bo‘yicha asosiy axborotni o‘z vaqtida va sifatli yetkazmasligi 
uchun; 
• boshqaruvning barcha funksiyalari bo‘yicha reja va hisobotlarning asossiz va 
sifatsiz ishlab chiqilishi va iqtisodiy rivojlanish rejasi vazifalarining tuzilmaviy 
bo‘linmalari tomonidan bajarilmasligi; 
• xodimlarga munosib mehnat sharoitlarini yaratmaslik, mehnat muhofazasi
xavfsizlik texnikasi, yong‘in xavfsizligi qoidalarining buzilish hollarida; 


152 
• mehnat resurslaridan, moddiy-texnik baza imkonlaridan samarasiz va 
maqsadsiz foydalanish, energetik va moliyaviy resurslardan oqilona foydalanmaslik; 
• bo‘linmaga belgilangan shtat birligi, byudjet yoki daromad manbalaridan 
tejamkorlik talablarini inkor yetib, moliyaviy intizomni buzish, jamoaviy shartnoma 
shartlari va ish haqini to‘lash nizomining buzilishi. 
Bo‘limda xodimlarni rag‘batlantirish talablari 3 ta asosiy qismdan iborat: 
1. Bo‘limning boshqaruv vazifalarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish uchun 
xodimlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishning aniq shakllari ko‘rsatiladi:
- jamoa oldida minnatdorchilik bildirish; 
- pul mukofoti berish;
- qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirlash;
- korxona yoki yuqori tashkilotning faxriy yorlig‘ini topshirish;
- faxriy xodimlar peshtaxtasiga kiritish. 
2. Korxonaning umumiy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyati natijasi 
bo‘yicha asosiy ijtimoiy va iqtisodiy ko‘rsatkichlaridan kelib chiqqan tarzda 
tuzilmaviy bo‘linma faoliyati ko‘rsatkichlari belgilanadi.
Bo‘linmada mehnatni tashkil etish va faoliyat natijasi samaradorligini 
baholash ijtimoiy, iqtisodiy va tashkiliy ko‘rsatkichlar yakuniga qarab amalga 
oshiriladi. Ularga quyidagilar kiradi: qarorlar ishonchliligi, hujjatlarni rasmiylashtirish 
sifati, qabul qilinuvchi qarorlarning o‘z vaqtidaligi, personal yuklanishi bir tekisdaligi 
va mehnat intizomi darajasi. 
3. Funksional bo‘linmaga biriktiriladigan ko‘rsatkichlar ro‘yxati ko‘rsatiladi. 
Masalan, korxona rahbari uchun – pul mablag‘larining tuShum miqdori, korxonadagi 
foyda miqdori, rentabellik darajasi va sifat talablari; reja bo‘limi uchun – tovar 
mahsuloti hajmi o‘sishi, mehnat unumdorligi o‘sishi, foyda miqdori o‘sishi, 
xodimlarning o‘rtacha ish haqi fondi o‘sish sur’atlari.


153 

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling