В. Umurzakov, G. Abdurahmanova, S. Xolmuratov


 Korxona tarkibiy bo‘linmalari nizomlarini


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/105
Sana16.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1501066
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   105
Bog'liq
cover MexSot Kaf 10.KORXONADA KADRLAR SIYOSATI 10ta

5.5. Korxona tarkibiy bo‘linmalari nizomlarini 
ishlab chiqish tartibi 
Ishlab chiqarish jarayoni va aholiga xizmat ko‘rsatish sohasidagi yirik va o‘rta 
korxonalarda boshqaruv vazifalari mustaqil, ba’zan hududiy jihatdan alohida bo‘lgan 
va xo‘jalik hamda ma’muriy mustaqillikka ega bo‘linmalar (yoki filiallar) tomonidan 
bajariladi. Bu bo‘linmalarning boshqaruv tizimini samarali muvofiqlashtirish 
maqsadida ularning faoliyati korxona direktori tasdiqlagan bo‘linmalar to‘g‘risidagi 
nizom bilan tartibga solinishi lozim. 
Tuzilmaviy bo‘linma to‘g‘risidagi nizomda bo‘linmaning korxonadagi o‘rni va 
ahamiyatini, uning tarkibiy tuzilmasi, boshqaruvning asosiy funksiyasi va vazifalari, 
bo‘linma xodimlari huquqlari, javobgarligi va ularni rag‘batlantirish shakllarini 
tartibga soluvchi asosiy me’yorlar aks ettiriladi. 
Bo‘linma to‘g‘risidagi nizom korxona rahbari tomonidan sana ko‘rsatilgan 
holda tasdiqlanadi va muhr qo‘yiladi. Bo‘linma va filiallar nizomlarida quyidagi 
tashkiliy, huquqiy va moliyaviy talablar o‘rin egallagashi lozim: 
• tuzilmaviy bo‘linmalar o‘rtasida boshqaruv funksiyalarining rasman 
muvofiqlashgan taqsimlanishini belgilanganligi; 
• bo‘linma zimmasiga biriktirilgan asosiy boshqaruv vazifalar; funksiya va 
vazifalar bajarilishi talablari; mehnatni tashkillashtirish, uning davomiyligi va 
kalendar muddatning aniq belgilaganligi; 
• har bir boshqaruv vazifasi kompleksi bo‘yicha tuzilmaviy bo‘linmalar o‘rtasida 
funksional o‘zaro aloqaning o‘rnatilganligi; 
• bo‘linmada ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning miqdoriy ko‘rsatkichlarini 
kiritish evaziga boshqaruv funksiyalarining o‘z vaqtidaligi va ishonchliligini 
oshirganligi; 
• qarorlar qabul qilish va korxona hisobidan ajratilgan resurslardan samarali 
foydalanish talablari va Shu borada bo‘linmaning huquqlari belgilanganligi; 
• boshqaruv funksiyalarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish maqsadida bo‘linma 


151 
xodimlarining jamoaviy va individual javobgarligi belgilanganligi; 
• ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyati natijalariga ko‘ra xodimlarni 
moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishni amalga oshirish talablarining belgilanganligi. 
Tuzilmaviy bo‘linma to‘g‘risidagi nizom besh bo‘limdan iborat bo‘lishi kerak: 
umumiy bo‘lim, funksiyalar va vazifalar, huquqlar, javobgarlik, rag‘batlantirish. 

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling