Va ahamiyati
Download 448.66 Kb. Pdf ko'rish
|
axbo tex
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savol va topshiriqlar
- Axborotlarni korib chiqish va indeksli fayllar
Andoza
Kiritish/Chiqarish Birinchi qator tanlanganda asosiy kalit (so'zlar) ekranda hosil bo'ladi va foydalanuvchi ulardan keraklisini PgUp, PgDn, ↑,↓,→,← va h. k. tugmachalaridan foydalanib tanlaydi. Kerakli kalit tanlangach, unga mos andoza ekranga chiqadi (ya'ni ish tartibi o'rnatiladi), so'ngra (lozim bo'lsa) andozadagi axborotlarni o'zgartirib yoki o'zgartirmagan holda undan foydalaniladi. Savol va topshiriqlar 1. Axborotni avtomatik izlashning xususiyatlari haqida gapirib bering. 2. Axborot tizimlari qanday masalalarni hal qilishga mo'ljallangan? 3. Axborot tizimlarida axborotni qayta ishlash qanday amalga PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com oshiriladi? 4. Axborotni izlash andozalari haqida gapirib bering. Axborotlarni ko'rib chiqish va indeksli fayllar Ma'lumotlar omboridan kerakli satrni tez topish uchun jadvaldagi ma'lumotlar berilgan kalit bo'yicha tartibga keltiriladi (alifbo bo'yicha, qiymatlarning kamayishi yoki ortishi bo'yicha). Telefon ma'lumotnomasidan iborat quyidagi jadval, bosh kalit (telefon nomeri) qiymatining o'sishi bo'yicha tartiblangan: Ma'lumotlar omboridagi ro'yxatni turli kalitlar asosida tartiblash mumkin. Hatto tartiblash kalitlarini bir necha ma'lumotlardan tuzish ham mumkin. Masalan, litseyda o'qiydigari talabalarni oldin guruhlar (GURUH) bo'yicha, keyin guruhlarda familiyasi (FAMILIYA) bo'yicha tartiblash mumkin. U holda tartiblash kaliti GURUH + FAMILIYA dan tashkil topadi va GURUH bosh satr hisoblanadi. Ma'iumotlarni kompyuterda saralash anchagina vaqtni talab qiladigan jarayon hisoblanadi. Shuning uchun axborot tizimini yaratuvchi saralashning optimal variantini izlab topishi kerak. Bu muammo quyidagicha hal qilinadi. Boshlang'ich jadvalni o'zgartirmasdan, har bir saralash kaliti uchun indekslifayl belgilanadi. Indeksli faylga kalitning qiymati (masalan, guruh va familiya) yoziladi (ular tartiblangan bo'ladi). Har bir qiymat dastlabki jadvalda o'z tartib nomeriga ega. Tizimda izlashni indeksli faylning kerakli kalitini topgach, dastlabki jadvalga murojaat qiladi va izlangan satrni o'z nomeri bo'yicha ekranga chiqaradi. Har qanday dbf fayli uchun ixtiyoriy sondagi indeksli fayllarni yaratish mumkin. Bunday holda faylning o'ziga indekslangan fay! deyiladi. Har bir indeksli fay! muayyan indeksli kalit (ya'ni bosh kalit) ga ega bo'ladi. Indekslash tizimi ma'lumotlar omborida ma'lumotlarni ko'rib chiqish va izlashning bir necha barobar tezlashishiga imkon beradi. Download 448.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling