Va ahamiyati
Download 448.66 Kb. Pdf ko'rish
|
axbo tex
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborot tizimlarining turkumlanishi
Savol va topshiriqlar
1. Ma'lumotlar qanday tartibga keltiriladi? 2.Qanday holda izlangan ma'Iumot tez topilishi mumkin? 3.Indeksli fayl nima? 4.Indeksli faylning ahamiyatini tushuntiring. 5.Indeksli faylga ega bo'lgan ma'lumotlar omboriga misol keltiring. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com Axborot tizimlarining turkumlanishi Axborot tizimini yaratish va undan foydalanish qo'yiladigan niaqsadga muvofiq bo'lishi lozim. Aks holda undan foydalanish ma'noga ega bo'lmaydi. Shu ma'noda ma'lumotlar omborlarini umumiy bir turda tasnif qilish mushkul. Ba'zi tizimlar esa umuman tasnif qilin-maydi. Bajaradigan vazifasiga ko'ra axborot tizimlarining ikki turini ajratamiz va ularning mazmuni bilan tanishib chiqamiz. Ma'lumotlar omborlarini shartli ravishda ikki turga ajratish mumkin: birinchisi — foydalanuvchilar uchun biror tashkilot (o'quv muassasasi, xususiy shaxs va h.k.) yoki firma tomonidan yaratilgan va umumiy bo'lgan ma'lumotlarni beruvchi tizimlar; ikkinchisi — rrm'lum dastur asosida ma'iumot beruvchi ma'lumotlar omborini yaratish. Birinchi turdagi ma'lumotlar ombori qo'yilgan masalalarga aniq javob bera oladi va ularga shartli ravishda axborot-ma'lumotnomali tizimlar, axborot-izlashli tizimlari va ma'lumotlarni tezkor qayta ishlash tizimlarini kiritish mumkin. Axborotlarni izlovchi tizimlar (ma'iumotnomalar) to'plangan bilimlarni yig'ish, ro'yxatfash, turlarga ajratish va undan foydalanish imkonini beradi (masalan, telefon ma'lumotnomalari, xodimlar haqida ma'lumotlar va h.k). Bunday ma'lumotlar ombori yangi bilimlar manbai vazifasini bajarishi ham mumkin. Ma'lumotlarni tezkor qayta ishlash tizimlari ko'pgina amaliy masalalarni hal qilish, ishlab chiqarishni boshqarish, buxgalteriya hisoboti va hokazolarni hal qilishga mo'ljallangan bo'ladi. Hajmi va ma'lumotlaridan foydalanishga ko'ra axborot tizimlari quyidagilarga ajratiladi: • avtonom yoki «shaxsiy» axborot tizimlari; • «fayl-server» texnologiyasi bo'yicha qurilgan oddiy tarmoqli ax borot tizimlari; • «kJiyent server» tuzilishiga ega quwatli axborot tizimlari. Endi faktografik tizimlarni ta'riftashga o'tamiz. Ko'rinishi sodda va qo'yilgan masalalarga yagona, aniq yechimni ko'rsata oladigan tizimlar faktografik tizimlar deyiladi. Faktografik tizimlarni universal va maxsus tizimlarga ajratish rnumkin. Universal tizimlar turli sohalardagi har qanday ma'iumot bilan ishlashi mumkin. Bu tizimda asosiy vazifa kiritilgan ma'lumotlar omboridan to'g'ri foydalana olishdir. Universal tizim ma'lum ma'noda televizorga o'xshaydi, chunki u hamma narsani — xokkey o'yini, simfonik konsert, PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com badiiy film va boshqalarni ko'rsataveradi. Lekin insoniyat faoliyatining ko'pgina sohalarida universal ti- zimlardan foydalanib bo'lmaydi. Masalan, samolyotdagi joylarni oldindan belgilash tizimiarida (minglab yo'lovchilar, yuzlab yo'na-lishlar va h.k.) universal usullardan foydalanib bo'lmaydi. Bunday tizimlar uchun maxsus ma'lumotlarni kiritish, izlash, qayta ishlash va chiqarish algoritmlari loyihalanadi va barcha ma'lumotlarning xususiyatlari hisobga olinadi. Bunday hollarda har bir qo'yilgan masalaga moslab tizimlar yaratiladi. Bunday tizimdagi ma'lumotlar tez-tez o'zgarib turadi va ular turli sohalarda ishlatilishi mumkin (masalan, moddiy ishlab chiqarish, bank ishlari, kriminalistika, ilmiy izlanishlar va h.k.). Unda o'rganiladigan faktlar ham haqiqiy dunyoning obyektlari haqidagi aniq qiymatli ma'lumotlardan iborat bo'ladi. Foydalanuvchi tomonidan turli mazmunga ega bo'lgan ma'lumotlar (masalan, maqola, kitob, referat, qonun matnlari, me’yoriy hujjatlar va h.k.), odatda, tartibsizjoylashgan bo'ladi. Axbo-rot tizimlari bunday ma'lumotlar ichidan berilgan savolga yagona va bir qiymatli javob topib bera olmaydi. Ular hujjatli tizimlar deb ataladi. Tizimning maqsadi, odatda, foydalanuvchining so'roviga ko'ra uni qanoatlantira oladigan darajada javob berishdir. Masalan, «kuchlanish» so'zi ishlatiladigan barcha maqolalar ro'yxatini ekranga chiqarish masalasini qaraylik. Hujjatli tizimning asosiy xossalaridan biri shundaki, foydalanuvchiga kerakli hujjatlarni bermasdan (masalan, «kuchlanish» so'zi boshqa ma'noda ishlatilgan axborotlar) kerakli ma'lumotlarni berishidir (masalan, muallif «kuchlanish» so'zini noto'g'ri yozib yuborganda). Hujjatli tizim biror-bir iborani gapda qanday ma'noda kelishiga qarab ajrata olishi kerak (masalan, qisqichbaqa - hayvon, qisqichbaqa — yulduzlar turkumi, rak (qisqichbaqa) -kasallik). Ko'p hollarda faktografik va hujjatli tizimlardan birgalikda foydalaniladi. Bunday tizimlardan foydalanish qulayliklarga ham ega. inikoniyatlarga ham boy bo'ladi. Download 448.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling