Va ahamiyati
Download 448.66 Kb. Pdf ko'rish
|
axbo tex
Savol va topshiriqlar
Ma'lumotlar ombori nima? Ma'lumotlar omborida qanday ma'lumotlar saqlanadi? Matnli fayl va ma'lumotlar omborining farqi nimada? Ma'lumotlar omborining qanday imkoniyatlari mavjud? dbf fayllari qanday fayllar? dbf fayllariga misollar keltiring. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com Obyekt va kattalik Har qanday ma'lumotlar omborining vazifasi haqiqiy dunyo-nmg obyektlari haqidagi ma'lumotlarni qayta ishlashidir. Umuman oiganda, «obyekt» va «kattalik» degan iborafarni rasman ajratish mushkul. Lekin muayyan vaziyatda bu iboralarni ishlatish uchun ularni ta’riflashimiz mumkin. Obyekt - mavjud bo'lgan va o'ziga o'xshash narsalardan ajralib turaaigan alohida olingan predmet. Masalan, akademik litsey yoki kasb-hunar kolleji obyekt hisobla-nadi. Shuningdek, kimyoviy modda, biror qotishma, firma, zavod, inson ham obyekt bo'la oladi. Obyekt sifatida nafaqat moddiy predmetlar, balki haqiqiy dunyoni aks ettiruvchi abstrakt tushunchalar ham qaralishi mumkin. Masalan, san'at asarlari, kitoblar, teatrlardagi sahna ko'rinishlari, kinofilmlar, huquqiy normalar, falsafiy nazariyaiar va boshqalar. Bunga o'xshash obyektlar guruhi obyektlar to'plaminibosi\ qiladi. Masalan, akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlaridagi guruhlar, firmalar, ombordagi mahsulotlar, korxonada ishlovchi odamlar obyektlar to'plamini hosil qiladi. Sunday guruhdagi muayyan obyektni obyekt nusxasi deb atash mumkin. Kattalik — biror-bir obyektni ifodalovchi va uning muayyan bir nusxasi uchun berilgan sonli yoki matnli qiymatni belgilovchi ko'rsatkich. Masalan, obyektlar to'plami sifatida biror akademik litsey yoki kasb-hunar kollejidagi guruhlarni olaylik. Berilgan guruhdagi o'quvchilar soni va hokazolar kattaliklar hisoblanadi. Yuqorida ko'rsatilganlarni hisobga olgan holda shuni aytish mumkinki, axborot tizimini loyihalovchining eng muhim vazifasiga obyektlar va ularni tavsiflovchi ma'lumotlarni tanlash, ma'lurnotlar orasidagi bog'lanishni o'rnatish kiradi. Axborot tizimi o'lchami va vazifasiga ko'ra obyektlar u yoki bu darajadagi o'zgaradigan ma'lumotlar bilan xarakterlanishi mumkin. Download 448.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling