Va asosiy xususiyatlari
Download 190.58 Kb.
|
6-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tog’ jinslari kollektorlik xususiyatlarining o’zgarishiga termodinamik sharoitlarning ta’sir etishi
- TOG’ JINSLARINING FATSIAL-LITOLOGIK TUZILISHI VA KOLLEKTORLIK XUSUSIYATLARI
6-MA`RUZA NEFT VA GAZ KONLARI TOǴ JINSLARINING TAVSIFI VA ASOSIY XUSUSIYATLARI Reja: Toǵ jinslarining fatsial-litologik tuzilishi va kollektorlik xususiyati Kollektorlar tasnifi Tog’ jinslari kollektorlik xususiyatlarining o’zgarishiga termodinamik sharoitlarning ta’sir etishi Neft uyumlarini ishlatishning samarali tizimini yaratish va ulardan unumli foydalanishni tashkil etish uchun neftli jinslarning litologik-fatsial va kollektorlik xususiyatlarini mufassal o’rganish zarur. Tog’ jinslarining tarkibi, tuzilishi va ularning mahsuldor qatlam maydoni bo’ylab taqsimlanishini bilish quduqlarni oqilona joylashtirish, qatlamga ta’sir etish tadbirlarini ishlab chiqish va haydash quduqlari burg’ilanadigan joylarni asoslash imkoniyatini beradi. Neftli jinslarni mukammal o’rganmasdan turib neft uyumining suvlanishini, neftli qatlamning ishlanganlik yo’sinini nazorat qilish hamda yuqori neft beraolishlik koeffisientiga erishish mumkin bo’lmaydi. SHu sababli neftli jinslarni o’rganish masalasiga etarli darajada e’tibor berilishi lozim. TOG’ JINSLARINING FATSIAL-LITOLOGIK TUZILISHI VA KOLLEKTORLIK XUSUSIYATLARI Neftli va gazli jinslarning litologik va fatsial tuzilishini o’rganish neft va gaz konlarini ishlatishda, razvedka va ishlatish quduqlarini oqilona joylashtirishda va b.larda muhim ahamiyatga ega. Ko’pdan-ko’p neft va gaz yer osti saqlagichlari cho’kindidan hosil bo’lgan jinslardan ― qum, qumtosh, konglomerat, ohaktosh, dolomit va sh.k. dan tarkib topgan. Boshqa yo’l bilan hosil bo’lganlari, masalan, magmatik va metamorfik jinslar kamdan-kam hollardagina yer osti neft saqlagichlari bo’laoladi. yer yuzasining turli uchastkalarida fizik-geografik sharoitlarning o’zgaruvchanligi har xil genetik tipdagi cho’kindi va fatsiyalarning to’planishiga sabab bo’ladi. Fatsiya deganda bir xil sedimentatsiya sharoitida cho’kindilar hosil bo’lishi tushuniladi. Demak, fatsiya bir xil tarkibli cho’kindi hosil bo’ladigan tabiiy fazoviy vaqtli sistema bo’lib, ma’lum bir fizik-kimyoviy sharoitlarda tarkib topadi. Har bir fatsiyaga fizik-kimyoviy va gidrodinamik jarayonlarning muayyan va bir xil tipi hamda aniq fauna va florasi xos. Fatsiyani murakkab tabiiy sistema sifatida o’rganishda topografik (topofatsiyalar), biologik (biofatsiyalar), cho’kindi (sedifatsiyalar), gidrokimyoviy va hokazo fatsiyalarni ajratish mumkin. Masalan, delta topofatsiyasi, dolomit loyqali sedifatsiya va shunga o’xshash fatsiyalar. Fatsiya nomi umuman topofatsiya nomiga mos keladi. Fatsiyalarning hosil bo’lishini fizik-geografik, fizik-kimyoviy sharoitlariga ko’ra dengiz, kontinental va laguna turlarini ajratish mumkin. Dengiz fatsiyasi cho’kindi jins qatlamlari orasida eng ko’p tarqalgan. Qadimiy dengizlarning qirg’oqqa yaqin zonalarida yotqazilgan cho’kindilar tarkibi turli-tuman bo’lib, ularning asosiy qismi neft-gazga boy jinslardan iboratdir. Barqaror tektonik va iqlimiy sharoitli oblastlar maydonida hosil bo’lgan va genetik jihatdan o’zaro bog’liq bo’lgan fatsiyalar majmui formatsiyani hosil qiladi. CHo’kindi formatsiyalarning platforma va geosinklinal turlari ajratiladi. Platforma formatsiyalari platformada hosil bo’ladi. Tektonik harakatlar shiddatining sustligi jinslar guruhining geologik tarkibini aks ettiradi. Dinamik barqaror bepoyon sedimentatsiya havzalari turg’un biogen va xemogen yotqiziqlarning katta maydonlarda to’planishiga sharoit tug’diradi. Karbonatli, terrigen-karbonatli va galogen formatsiyalar keng tarqalgan qadimiy platformalarda bunday sharoitlar mavjud bo’lgan. Dinamik faolroq yosh platformalarda terrigen formatsiya jinslari ko’p uchraydi. Karbonat va galogen platforma formatsiyalarining hosil bo’lishida iqlim muhim rol o’ynaydi. Magmatik, trapp, kimberlit, traxibazalt va tarkibi bir-biriga yaqin boshqa formatsiyalarning bir xil hosilalari uchraydi. Geosinklinal formatsiyalar geosinklinallarda hosil bo’ladi. Geosinklinal rejim sharoiti yuqori tezlik, tektonik harakatning tabaqalanishi va keskin farqlanishi - vulkanik, kimyoviy, biologik yo’l bilan hosil bo’lgan tog’ jinslari tarkibining har xilligi, to’planishining tezligi, fatsiyalarning qalinligi va rang-barangligi bilan ajralib turadi. SHuningdek, turli intruziv magmatizmlarning yuzaga kelishi va gidrotermal jarayonlarning rivojlanishi tog’ jinslarining shiddatli o’zgarishiga sabab bo’ladi. Geosinklinallarning rivojlanishini erta bosqichiga kremniyli-vulkan, aspidli, andezit-bazaltli formatsiyalar; o’rta bosqichiga - grauvakkali, gilli, flishli, andezitli, rifli formatsiyalar; kechki bosqichiga-quyi molass, vulkanogen-molass, tuzli formatsiyalar xosdir. Bu formatsiya yotqiziqlarining litologik tarkibi vertikal va gorizontal yo’nalishlarda o’zgaruvchandir. Cho’kindi jinslar hosil bo’lishiga ko’ra chaqiq, xemogen va organogen turlarga bo’linadi; chaqiq jinslar bo’sh-sochiluvchan yoki zarralari o’zaro birikkan - sementlangan bo’ladi. Qum-alevritli jinslar zarrachalarining shakli, silliqlanish darajasi, saralanishi cho’kindi to’planish sharoitlariga ko’ra bir-biridan farq qiladi. SHunga ko’ra bir rayondagi neft-gazli jinslar kvarts qumlari yoki qumtoshlaridan tuzilgan bo’lsa, boshqa rayondagilari dala shpati mineraliga boy bo’lgan polimikt jinslardan tarkib topgan bo’ladi. Jinslarning kollektorlik xususiyatlari ularning g’ovakliligi va o’tkazuvchanligi miqdori bilan baholanadi, shuningdek, u zarralar shakli va zarra fraksiyalari miqdori, zarralarni biriktirib turuvchi sement xususiyatiga hamda gil minerallarning bor-yo’qligiga qarab belgilanadi. V.P.Baturin va P.P.Avdusinlar olib borgan ilmiy tadqiqotlar jinslarning kollektorlik xususiyatlariga ularning litologik tarkibi bilan bir qatorda zarralarning katta-kichikligi va bir xilligi ham ta’sir etishini ko’rsatdi. Bunga ko’ra kvarts zarralardan tuzilgan qum jinslarning o’tkazuvchanligi yuqori, dala shpati zarralaridan tuzilganlarining o’tkazuvchanligi kam, gilli slanets va fillitlardan tarkib topganlariniki juda ham kam o’tkazuvchanlikka ega. Jinslarning kollektorlik va o’tkazuvchanlik xususiyatlariga slyuda va gil minerallar salbiy ta’sir ko’rsatadi. Yuqori g’ovaklilik va o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan ayrim jinslar tarkibida neft saqlasada, kon-geologiyasi nuqtai nazaridan ularni kollektor, deb atab bo’lmaydi, chunki ishlatish chog’ida u ichidagi neftni bermaydi. Shu sababli neft va gaz kollektorlari deganda nafaqat o’zida flyuidlarni saqlaydigan, balki uyumni ishlatish chog’ida ularni o’zidan chiqara oladigan tog’ jinslari tushuniladi. Download 190.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling