Va asosiy xususiyatlari


Tog’ jinslari kollektorlik xususiyatlarining o’zgarishiga termodinamik sharoitlarning ta’sir etishi


Download 190.58 Kb.
bet14/16
Sana02.06.2024
Hajmi190.58 Kb.
#1834296
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
6-maruza

3.Tog’ jinslari kollektorlik xususiyatlarining o’zgarishiga termodinamik sharoitlarning ta’sir etishi

Ko’pgina tadqiqotchilarning fikricha, qatlam bosimi va temperatura jinslarning fizik xususiyatlariga ta’sir etadi, kollektor-jinslarning nisbiy gilliligi qanchalik yuqori bo’lsa, ta’sir ham shunchalik ko’p bo’ladi. Jins tarkibida gil minerallarning miqdorini ko’p bo’lishi ham temperatura va bosim ta’sirini kuchaytiradi. Bu jarayonni quduqlardan kern olish va uni yer yuzasiga chiqarishda, ayniqsa gilli terrigen va darzli-kovakli karbonat jinslardan namuna olishda hisobga olish zarur.


Masalan, V.M.Dobrininning olib borgan tadqiqotlariga ko’ra, 6000 m chuqurlikda joylashgan kam gilli kollektorlardan olingan kern-jinsning g’ovaklilik miqdori termodinamik sharoitlarning o’zgarishi hisobiga 2 dan 7 % gacha ortadi. Gilli kollektorlarda bunday o’zgarishlar 5-12% gacha, nisbiy gilliligi yuqori bo’lgan qumli-gilli jinslarda 10% dan 22% gacha bo’lishi mumkin.
Terrigen kollektorlardan jins namunalari katta chuqurlikdan yer yuzasiga chiqarilganda ularning zarralari oralig’idagi g’ovakliligi qiymati o’rta hisobda 30% gacha ortishi (ba’zan 50% gacha) kuzatilgan.
V.M.Dobrininning darzli-kovakli kollektorlarda bajargan tadqiqotlarida 40 MPa bosim ostida siqilgan bunday jinslarning g’ovakliligi 33% dan (darzli kollektorda) 4% gacha (darzli-kovakli) kamaygan.
Qayd qilingan natijalar neft va gaz uyumlarini ishlatish loyihasini tuzishda, konni ishlatish tizimini tahlil qilishda hisobga olinadi. Katta chuqurlikda, tabiiy holatda joylashgan jinslar g’ovakliligi qiymatini ularni yer yuzasiga chiqarib, atmosfera bosimida aniqlanganlari bilan taqqoslash ahamiyatga ega.
Tog’ jinslarining o’tkazuvchanlik koeffisienti ularni har tomonlama siqqanda sezilarli o’zgaradi. Kern katta chuqurlikdan yer yuzasiga chiqarilganda bosim va temperaturaning kamayishi hisobiga jinsning o’tkazuvchanlik qiymati ortadi. Bundan tashqari, atmosfera sharoitida o’rganilgan kernning o’tkazuvchanlik koeffisienti miqdori tabiiy sharoitda yotgan jinslarning o’tkazuvchanlik koeffisienti miqdoridan sezilarli farqlanadi. Masalan, V.M.Dobrinin ma’lumotiga ko’ra, 6000 m chuqurlikda joylashgan qumtosh kollektorlardan olingan jins namunasi yer yuzasiga chiqarilganda, uning o’tkazuvchanligi sementlanganlik darajasiga ko’ra 10% dan 28 % gacha ko’paygan.
Kam gilli kollektorlarda bunday ko’payish 24-34%, kuchli gillangan jinslarda – 42-48% ga etadi. Darzli-kovakli kollektorlardan olingan va yer yuzasiga chiqarilgan kernlarda o’tkazuvchanlik yanada katta o’zgarishlarga duchor bo’ladi. Bir tarkibli donador tuzilgan kollektorlarning o’tkazuvchanligi jinslar qayishqoq bo’lganda keskin kamayadi. Tog’ jinsi tashqi kuch ta’sirida qanchalik ko’p siqilsa va g’ovaklik hisobiga siqiluvchanlik koeffisienti miqdori oshsa, uning o’tkazuvchanlik koeffisienti shuncha pasayadi. Qumli-gilli kollektorlardagi g’ovaklarning tashqi kuch ta’sirida siqilish koeffisienti qiymati jinslarning nisbiy gilliligining ortishi hisobiga ko’payadi, bosim o’zgarishi bilan o’tkazuvchanlikning o’zgarishi kuchli gillangan, kuchsiz o’tkazuvchan qumtoshlarda kuzatiladi.
Neft va gaz konlarini ishlatishda kollektorlarning g’ovaklilik koeffisienti va o’tkazuvchanligi ham o’zgaradi. Konlarni ishlatish chog’ida, qatlam bosimining pasayishi taxminan 10 MPa bo’lganda g’ovaklilik koeffisientining kamayishi juda ham oz bo’lib, donador kollektorlarda 2% gachani, darzli kollektorlarda 5,5% gachani tashkil etadi. Konni ishlatish jarayonida qatlam bosimi qiymati 10 MPa ga pasayganda o’tkazuvchanlik koeffisienti donador kollektorlarda 2-6% ga, darzli-kovakli kollektorlarda 15% ga (qatlam 3000 m ga yaqin chuqurlikda joylashganda) kamayadi (6.6-rasm). 6.6-rasmda SHimoli-SHarqiy Kavkazoldi va Venesuela Respublikasida tarqalgan qum-gilli va karbonat yotqiziqlarida g’ovaklilik koeffisienti miqdorining chuqurlik ortgan sari kamayishi ko’rsatilgan. Olingan daliliy ma’lumotlar turli yoshdagi tog’ jinslarida bajarilgan ko’p sonli tajribalar natijalaridan iboratdir.
Tog’ jinslariga ularning ustiga yotqizilayotgan cho’kindilar og’irligidan hamda jins ichidagi epigenetik jarayonlarning birgalikdagi ta’siridan g’ovaklik hajmi kamayib boradi. Karbonat jinslarda ularning sig’imining kamayishi hisobiga aks hodisalar ham yuz berishi mumkin. Masalan, qatlam suvlari ta’sirida (diagenetik jarayonlar hisobiga) jinsning mineral skeletining ayrim joylarda erishidan ikkilamchi g’ovaklilikning hosil bo’lishi kuzatiladi. Bundan tashqari ikkilamchi g’ovaklilik karbonat jinslarning qisman dolomitlashishidan ham hosil bo’lishi mumkin.
Quduqdan yer yuzasiga kern chiqarish yoki neft-gaz konlarini ishlatish chog’ida kuzatiladigan qisqa muddatli deformatsiyalanishlar natijasida kollektorlarning fizik xususiyatlarining (asl holiga qayta oladigan) o’zgarishi g’ovakli bo’shliqlarda sezilarli epigenetik o’zgarishlarsiz sodir bo’ladi.

Download 190.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling