Va asosiy xususiyatlari
Kollektorlarning suyuqlikni o’tkazuvchanligi
Download 190.58 Kb.
|
6-maruza
Kollektorlarning suyuqlikni o’tkazuvchanligi
Mahsuldor qatlamlarning kollektorlik xususiyatlarini o’rganishda ularning suyuqlik o’tkazuvchanligini bilish muhim. Bu parametr quduq ochgan qatlam filtratsiyasining qiymatini va mahsuldorligini ifodalaydi. Suyuqlik o’tkazuvchanlik qatlamning mutlaq o’tkazuvchanligi (Ko’) va foydali qalinligi(h) ko’paytmasining qatlam suyuqligi qovushqoqligiga () nisbati orqali hisoblanadi: Ko·h/ . Suyuqlik o’tkazuvchanlik qiymati (Ko’ ·h/) kollektorning ma’lum bir qovushqoqlikdagi suyuqlikni vaqt birligida bosimlar farqi 0,1 MPa ga teng bo’lganda o’zidan o’tkazish qobiliyatini ko’rsatadi. Qatlamning suyuqlik o’tkazishi to’g’risidagi ishonchli ma’lumotlarni kon sanoati tadqiqotlari orqali (masalan, bosimning tiklanish egri chizig’i yoki indikator yordamida tuzilgan egri chiziq yordamida) olish mumkin. Lekin qatlam ichidagi qatchalar quduqni sinash chog’ida ishtirok etmasligi yoki qayd qilingan tadqiqotlarning bir qator quduqlarda bajarilmasligi oqibatida amaliyotda ba’zi parametrlarni aniqlash imkoniyati bo’lmaydi. SHunga ko’ra jinslarning suyuqlik o’tkazuvchanligi quyidagicha aniqlanadi. Dastlab geofizik va laboratoriya tadqiqotlari yordamida jinslarning o’tkazuvchanligi ma’lumotlari olinadi; so’ngra qatlamning foydali qalinligi kon-geofizikasi va kernni o’rganish dalillari bilan belgilanadi; qatlam nefti qovushqoqligi laboratoriya sharoitlarida katta chuqurlikdan olingan neft namunalari orqali aniqlanadi. Qatlam to’g’risidagi bunday ma’lumotlarni unda joylashgan hamma quduqlar bo’yicha to’plash yaxshi natija beradi. Olingan ma’lumotlar har bir quduqning rejada ko’rsatilgan joyiga yozib boriladi. So’ngra eng oddiy usullarda turli uchastkalardagi qatlamning filtratsiya xususiyatlarini ifodalovchi suyuqlik o’tkazuvchanlik izochiziqlari chiziladi. Masalan, Romashkin konida D1 gorizontdagi jinslarning suyuqlik o’tkazuvchanlik qiymati keng chegarada o’zgaradi -1 dan 600 birlikkacha (1,0210-12 m2sm/MPas). Kon-geologiyasi laboratoriyasida olib borilgan tadqiqotlar turli tipdagi kollektorlar bir-biridan suyuqlik o’tkazuvchanligi bilan farqlanishini ko’rsatdi. Masalan, alevrolitlardan tarkib topgan kollektorlarning suyuqlik o’tkazuvchanlik qiymati 25 birlikdan kichik bo’lib, qatlamning foydali qalinligi 3-5 m dan oshsa, bu qiymat biroz ko’payishi mumkin. Qumtosh kollektorlarning suyuqlik o’tkazuvchanligi odatda 25 birlikdan yuqori, uning qiymati foydali qalinlik 2,0 m dan kam bo’lganda pasayadi. Suyuqlik o’tkazuvchanlik qiymatini aniqlash va xaritasini tuzish qatlam bo’ylab kollektorlar xususiyatlarining o’zgarish qonuniyatlarini o’rganishda yordam beradi. Suyuqlik o’tkazuvchanlik xaritasi qatlamning ayrim uchastkalariga haydalgan suv ta’sirining samarasini aniqlash va mahsuldor qatlamning kollektorlik va filtratsiya xususiyatlarini baholash imkonini beradi. Ushbu parametrning bir xil qiymatlari o’tkazuvchanlikning va foydali qalinlikning eng yuqori va eng past miqdorlarida o’zgarishsiz qolishi mumkin. SHu sababli suyuqlik o’tkazuvchanlik parametridan foydalanishda foydali qalinlik va o’tkazuvchanlikning eng past va eng yuqori qiymatlarini hisobga olish zarur. O’tkazuvchanlikning yoki foydali qalinlikning eng yuqori yoki eng past qiymatlarida suyuqlik o’tkazuvchanlik qiymatlari bir hil miqdorga ega bo’lsa, ulardan hisoblash ishlarida foydalanib bo’lmaydi. Download 190.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling