Va asosiy xususiyatlari
Download 190.58 Kb.
|
6-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.4- rasm. O’tkazuvshanlik (K o’ ) bilan maxsuldorlikni solishtirma koeffisienti (q) oralig’idagi bog’liqlik
6.5-rasm. G’ovaklilik (m1) bilan o’tkazuvshanlik (Ko’) oralig’idagi bog’liklik (M.A.Jdanov, 1981
So’ngra ushbu quduqlar bo’yicha ochiq g’ovaklilik va o’tkazuvchanliklar oralig’idagi bog’liqlik grafigi tuziladi (6.5-rasm) va o’tkazuvchanlikning topilgan qiymati (15-10-15 m2) uchun ochiq g’ovaklilikning konditsiya qiymati (15%) aniqlanadi.
Masalan, Romashkina konidagi D1 mahsuldor gorizontdagi kollektorlarda olib borilgan tadqiqotlar quyidagilarni aniqlash imkonini berdi. Tarkibida 23% ga yaqin gil fraksiyalari bo’lgan jinslar o’zidan deyarli suyuqlik o’tkazmaydi, o’z navbatida jins g’ovakliligi 11% ga yaqin bo’ladi. Mahsuldor gorizontdagi jinslarning g’ovakliligi va o’tkazuvchanligi to’g’risidagi ma’lumotlarga ko’ra kollektorlarni uch guruhga bo’lish mumkin: 1) g’ovakliligi 11% dan kam va o’tkazuvchanligi (5÷10)·10-15 m2 gacha bo’lgan jinslar, ular shartli ravishda kollektor bo’lmagan (kuchli gillangan mayda zarrali alevrolitlar) jinslarga mansub. 2) g’ovakliligi 11 dan 16% gacha va o’tkazuvchanligi (5÷10)·10-15 m2 dan 160·10-15 m2 gacha bo’lgan jinslar, ular kam g’ovakli kollektorlarga (turli zarrali va qisman gilli alevrolitlar) mansub; 3) g’ovakliligi 16% dan yuqori va o’tkazuvchanligi 160·10-15 m2 dan ko’p bo’lgan jinslar, ular yuqori g’ovakli kollektorlarga (qumtoshlar va yirik zarrali alevrolitlar) mansub. G’ovakliligi 11% dan kam bo’lgan jinslarni ochgan quduqlar sinab ko’rilganda ulardan sanoat miqyosiga molik neft oqimlari olinmagan. Mahsuldor qatlamlardagi kollektorlarning o’tkazuvchanligi va zarralar oralig’idagi ochiq g’ovaklilikning eng kichik (konditsiya) qiymatlarini belgilash neft zaxiralarini hisoblashda, neft konlarini loyihalashda va ishlatish jarayonini tahlil qilishda katta ahamiyatga ega. Bunday qiymatlarda kollektor o’zining o’tkazuvchanlik xususiyatlarini saqlab qoladi va tarkibidagi neftni beraolish qobiliyatiga ega bo’ladi. Neft va gaz zaxiralarini, ayniqsa uyum zaxirasini hisoblashda konditsiya qiymatlarini belgilash va ularning o’rtacha qiymatlaridan foydalanish xatoliklar keltirib chiqarmaydi. Lekin konning ishlatishni loyihalash va tahlil qilishda bunday konditsiyalar amaliyot talablarini to’liq qondira olmaydi, shu sababli aniq va mufassal tadqiqotlar natijalaridan foydalanish zarur bo’ladi. Download 190.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling