Va asosiy xususiyatlari


Kollektorlarning konditsiya tavsifi


Download 190.58 Kb.
bet11/16
Sana02.06.2024
Hajmi190.58 Kb.
#1834296
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
6-maruza

Kollektorlarning konditsiya tavsifi
Mahsuldor qatlamlar geologik jihatdan murakkab tuzilgan bo’lsa, quduq kesimida sanoat ahamiyatiga molik qatlam-kollektorni belgilash, uni u yoki bu kollektorlar toifasiga mansubligini va taxminiy mahsuldorligini aniqlash qiyin kechadi. Bunday masalalarni tog’ jinslarining asosiy parametrlarini (g’ovakliligi va o’tkazuvchanligini) aniqlamasdan va asoslamasdan hal qilib bo’lmaydi.
Aniqlangan parametrlarning minimal qiymatiga ko’ra ajratilgan qatlamlar jinslarning ma’lum bir guruhiga kiritiladi va konditsiya qiymatlari yoki konditsiyalar (parametrlar qiymatining ishonchligiga qo’yilgan talab va shartlar) deb nomlanadi. Konditsiyalar g’ovaklilik va o’tkazuvchanlikning minimal qiymatlari bo’lib, bunday qiymatlarda jins neft tutib turish va neft beraolish qobiliyatiga ega bo’ladi.
Ushbu parametrlarning konditsiya qiymatlari geologik omillarga bog’liq bo’lishi bilan bir vaqtda, ular konni ishlatish texnologiyasi va texnikasi talablariga hamda iqtisodiy ko’rsatkichlarga mos kelishi kerak. SHunga ko’ra konditsiya qiymatlarini belgilash eng qiyin masalalardan biri hisoblanadi.
Ma’lumki, kon geologiyasida konditsiya qiymatlari neft zaxiralarini hisoblashda ishlatiladi, shu sababli ushbu qo’llanmada ularning mazmuni geologik nuqtai nazardan yoritiladi. Bunday hollarda jinslarning asosiy mezonlari sifatida ularning mahsuldorligini ko’rsatish mumkin. Mahsuldorlik qiymati solishtirma mahsuldorlik koeffisienti (q) bilan aniqlanadi:
,
bunda Q - quduqdan sutka davomida chiqqan flyuid, t/sut; N -qatlamning foydali qalinligi, m; - bosimlar farqi, m.
Laboratoriyada kernni o’rganib, ochiq g’ovaklilik (m1) va o’tkazuvchanlik qiymatlari aniqlanadi. So’ng har bir quduq uchun o’tkazuvchanlik va solishtirma mahsuldorlik koeffisientlarining bog’liqlik grafigi tuziladi (6.4-rasm). Solishtirma mahsuldorlik koeffisientining eng kam va eng yuqori qiymatlarini bilgan holda konni ishlatishning iqtisodiy jihatdan samaradorligini aniqlash mumkin (masalan, Q = 0,05 (t/sut)/ (MPa-1-m)) bo’lsa, grafikdan o’tkazuvchanlikning mos keluvchi qiymati topiladi (grafikda 15x10-15 m2).




Download 190.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling