Va asosiy xususiyatlari
rasm. Suvga to’yingan jinslar-ning nisbiy o’tkazuvshanligini kerosin (K
Download 190.58 Kb.
|
6-maruza
Jinslarning g’ovakliligi va o’tkazuvchanligini laboratoriyada aniqlash metodlari maxsus qo’llanmalarda berilgan. Bundan tashqari, jinslarning o’tkazuvchanligi kon-geofizikasi tadqiqotlari orqali ham aniqlanadi. Qatlamning o’tkazuvchanligini, shuningdek, quduqni sanoat miqyosida tadqiq qilish asosida ham aniqlash mumkin. Bu maqsadda quduqdagi bir tarkibli turg’unlashgan (bir tekis harakatlanadigan) oqimdan foydalaniladi va u Dyupyui formulasi bilan aniqlanadi: , bunda Q ― suyuqlik sarfi, sm3/s; Ko’ ― o’tkazuvchanlik, m2; h - qatlamning foydali qalinligi, sm; - qatlam sharoitidagi neftning qovushqoqligi, MPa∙s; R va r - quduqning ta’sir radiusi va quduq radiusi, sm (R qiymati qo’shni ishlatish quduqlarigacha bo’lgan masofalarning o’rtacha qiymatining yarmiga teng, r - neftli qatlamni burg’ilagan doloto o’lchamiga teng bo’lgan quduq radiusi). «Neft konlarini ishlatish» fanida konni ishlatishning turg’un rejimi uchun indikator egri chiziqlarining va noturg’un ish rejimi uchun bosimning tiklanishi ( yoki pasayishi) egri chiziqlarini chizish metodikasidan ma’lumotlar beriladi. Ushbu egri chiziqlar tahlili qatlamning o’tkazuvchanlik, Peyzoo’tkazuvchanlik, harakatchanlik koeffisientlarini aniqlash imkoniyatini beradi. Indikator egri chizig’i va mahsuldorlik koeffisienti yordamida o’tkazuvchanlik koeffisienti qiymatini, quduq tanasi atrofi uchun boshqa parametrlarni hamda bosimning tiklanishi (pasayishi) egri chizig’i orqali o’tkazuvchanlikning o’rtacha miqdorini va quduq drenajlagan zonadagi parametrlarni aniqlash mumkin. Neftli jinslarning mutlaq (umumiy) va foydali o’tkazuvchanligini o’rganish uyumlarini ishlatish sistemasini loyihalashda, qatlamga ta’sir etish tadbirlarini ishlab chiqishda katta ahamiyatga ega. Ma’lumki, neft uyumlarining suvlanishining ortishi neft uchun foydali o’tkazuvchanlikni pasaytiradi, suv uchun ko’paytiradi. SHunga ko’ra quduq to’liq suvlanganda quduq tubi zonasida va qatlamda ma’lum bir miqdorda neft qoladi va uni chiqarish juda qiyin bo’ladi, bunday hollarda neft uchun fazali o’tkazuvchanlik nolga yaqinlashadi. Masalan, bir qator neft konlarining neftlilik chegarasidan (uyumning suvlangan qismi chegarasidan) olingan namunalarning neftga to’yinganligi 25-35% va undan ko’p bo’lgan. Neftli jinslarning o’tkazuvchanligi bir necha o’ndan 5,1-10-12 m2 gacha o’zgaradi, uning o’rtacha qiymati (0,201,02) -10-12 m2 chegarada o’zgaradi. Gil jinslar o’tkazuvchanligi 0,001 va undan kam millidarsi birliklariga ega. Demak, qatlamlarning o’tkazuvchanligi qanchalik katta bo’lsa, ularning mahsuldorligi va neft beraolishi shuncha yuqori bo’ladi. Uyumni ishlatish va qatlamga ta’sir etish jarayonida jinslarning o’tkazuvchanlik qiymati suvni qatlamga haydashda gillarning bo’kishidan, quduq tubi zonasining haydalayotgan suv tarkibidagi mexanik aralashmalar bilan ifloslanishidan, quduq tubi zonasida parafin, smola va sh.k. to’planishidan kamayadi. Bunday salbiy hodisalarni bartaraf etish joiz. Kernni laboratoriyada tadqiq qilish natijalari neftli jinslarning o’tkazuvchanligining turli yo’nalishlarda o’zgarishini ko’rsatdi. Qatlamlanishga ko’ndalang yo’nalishdagi o’tkazuvchanlik qatlamlanishga monand yo’nalishdagisidan bir necha marotaba kam bo’lib, bu qiymat cho’kindi to’planish sharoitiga bog’liq holda o’zgaradi. SHunga ko’ra jinslarning o’tkazuvchanligini ham, qatlamlanishni ham qatlamlanishga perpendikulyar yo’nalishlarda aniqlash maqsadga muvofiq bo’lib, ular natijasidan qatlamni ochish masalalarini hal qilishda foydalaniladi. Qatlam o’tkazuvchanligini to’liq o’rganish uchun kernni laboratoriya tekshiruvlari natijalaridan, elektr va radiokarotaj ma’lumotlaridan hamda quduqning ishlash rejimini sanoat miqyosida o’rganish dalillaridan foydalanish zarur. Download 190.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling