Va asosiy xususiyatlari
rasm. Granulometrik tarkib yig’indisini egri shizig’i
Download 190.58 Kb.
|
6-maruza
6.1 rasm. Granulometrik tarkib yig’indisini egri shizig’i (M.A.Jdanov, 1981)
Jinslar tarkibining bir xilligi ularning kollektorlik xususiyatlarini nisbiy baholash imkonini beradi. SHuningdek, granulometrik tarkibni bilgan holda qatlamdan quduqqa qumning kirib kelishini oldini olish yoki uni cheklash maqsadida ishlatish quduqlariga tushirilgan filtrlar teshiklari (yoriqlari) o’lchami tanlanadi. Quvurdan ochilgan teshiklar yumaloq yoki yoriq ko’rinishidagi to’g’ri to’rtburchak teshikchalardan iborat bo’ladi. Filtr yoriqlari o’lchami granulometrik tarkib yig’indisi egri chizig’i va zarralarning taqsimlanishi bo’yicha aniqlanadi. Egri chiziqda elak teshigi diametriga mos keluvchi nuqta belgilanadi, bu elakda 10% yirik fraksiyalar qoladi, qolgan 90% mayda fraksiyalar elakdan o’tadi degani. Ushbu nuqtadan abstsissa o’qiga tushirilgan perpendikulyar chiziq qumning d90 diametriga to’g’ri keladi, bu miqdor orqali filtr teshiklarining o’lchami aniqlanadi. O’rganilayotgan qum uchun d90=0,17 mm ga teng. Filtrning to’g’ri to’rtburchak yoriqlarining kengligini aniqlash uchun d90 qiymati 2 ga ko’paytiriladi, filtrning yumaloq teshiklari o’lchamini aniqlashda u 3 ga ko’paytiriladi. Graviyli filtrlarda graviy diametri d90 qiymatini 10-12 ga ko’paytirib topiladi. Ushbu misolda: filtrning to’rtburchak yoriqlari kengligi h=2·d90=2·0,17=0,34mm; yumaloq teshiklar diametri d=3·d90= 3·0,17=0,51mm; graviy zarrasi diametri D=10d90=10·0,17=1,7 mm bo’ladi. G’ovaklilik Tog’ jinslarining g’ovakliligi deb ulardagi bo’shliqlar (g’ovaklar, kovaklar, yoriqlar) tushuniladi. Tog’ jinslarining g’ovakliligi g’ovaklilik koeffisienti orqali aniqlanadi. Uning qiymati tog’ jinsidagi bo’shliqlar hajmining uning umumiy hajmiga nisbati bilan topiladi (foizda yoki o’nlik birliklarda ifodalanadi). Quyidagi g’ovaklilik turlari mavjud: 1)mutlaq (to’la, umumiy) g’ovaklilik - tog’ jinsidagi umumiy bo’shliqlar (shakli, kattaligi va o’zaro joylashishidan qat’iy nazar); 2)ochiq (to’yingan) g’ovaklilik - o’zaro tutashgan g’ovaklar majmui; 3)foydali g’ovaklilik - suyuqlik siljiyotgan g’ovakliklar majmui; 4) yopiq g’ovaklilik - o’zaro tutash bo’lmagan g’ovaklar majmui (yopiq g’ovaklilik, mutlaq g’ovaklilik va ochiq g’ovakliliklar farqi bilan aniqlanadi).
Download 190.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling